Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan “Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik tarbiya turlarini shakillantirish ”


Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida aqliy tarbiyani shakillantirish


Download 52.75 Kb.
bet3/6
Sana21.04.2023
Hajmi52.75 Kb.
#1367777
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
salohiddinova

1.2 Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida aqliy tarbiyani shakillantirish.
Aqliy tarbiya – ta'lim oluvchilarni fan asoslariga oid bilimlar tizimi bilan qurollantiradi. Aqliy tarbiya barkamol inson tarbiyalashning yetakchi tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri haqidagi bilimlarni o‘zlashtirib olishlari, ularda ilmiy dunyoqarash, yuqori onglilik xislatlarini tarbiyalash, fan asoslaridan xabardor qilish, tafakkur va nutq qobliyatlarini o‘stirishni maqsad qilib qo‘yadi.
Bilimlar tizimini ongli ravishda o‘zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, mayillik va iqtidorni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar sanaladi:
- ilmiy bilimlarning muayyan hajmini o‘zlashtirish;
- ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
- aqliy kuch, qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish;
- bilishga bo‘lgan qiziqishlarni rivojlantirish;
- bilishga bo‘lgan faollikni kuchaytirish;
- o‘z bilimlarni muntazam ravishda to‘ldirib borish, umumiy o‘rta ta'lim va maxsus kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantirish.
Muhammad alayhissalom o‘z hadislarida; «Ilmga ilm olmoq yo‘li bilan erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib bo‘lsa ham o‘rganinglar. ... Ilm egallang. Ilm sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘iz damlarda yo‘ldosh baxtsiz daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashishda quroldir» deydi.
Shuningdek, hadisi Sharifda «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» deydilar.
Alisher Navoiy o‘zining «Farhod va Shirin» dostonidan Farhodning aqlu-idrokli, bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va e'tiqodli bo‘lganligini tasvirlaydi.
Demak, yuqorida ta'kidlaganidek, yoshlarni aqliy jihatdan kamol toptirishning birinchi sharti ularni ilm olishga da'vat etishdir
Aqliy tarbiya — shaxsning har tomonlama taraqqiyoti, uni turmush va mehnatga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi. Aqliy tarbiya bilimlarni to’plash, biror narsani tahlil va sintez qilish, narsa va hodisalarni taqqoslash hamda tasniflash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, ularni bir tizimga solishni nazarda tutadi. Aqliy tarbiya vazifasi intellektual ko’nikmalar, ya’ni har qanday fanni o’rganishda qo’llaniladigan umumiy o’quv ko’nikmalari —o’qish, tinglash, o’z fikrini og’zaki bayon etish, yozish, manba bilan ishlash, mustaqil ishlash malakalarini shuningdek biror fanni egallash bo’yicha zarur bo’lgan maxsus ko’nikmalar (chizma, xaritalarni o’qiy bilish, ularning natijalarini chiqara olish) ni egallashdan iborat. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ya’ni bolalarga olam ilmiy manzarasi, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlarini tushuntirish ham Aqliy tarbiyaning muhim vazifasidan biridir. Bunda bolalar hayotining dastlabki yilidayoq atrofni o’rab turgan barcha narsalar bilan tanishtirib borish muhim ahamiyatga ega. Aqliy tarbiya ta’lim, o’yin, mehnat jarayonida, hayotiy vaziyatlarni hal etish, kattalar va tengdoshlar bilan bo’lgan muloqotda, ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan axborotlarni qabul qilish va o’zlashtirishda ro’y beradi.

Download 52.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling