Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan “Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik tarbiya turlarini shakillantirish ”


Download 52.75 Kb.
bet2/6
Sana21.04.2023
Hajmi52.75 Kb.
#1367777
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
salohiddinova

Muammoni o’rganilganlik darajasi.
Kurs ishining maqsadi.Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida bolalarda tarbiya turlarni shakillantirish.
Kurs ishining ob’ekti. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida tarbiya turlarni shakillantirishni o’rganish
Kurs ishning pridmeti. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida tarbiya turlarni shakillantirishni o’rganish jarayoni.
Kusr ishning vazifalari.
-jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida tarbiya shakillantirsh.
- Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida bolalarda tarbiya turlarni tog’ri shakillantirish
- Maktabgacha talim tashkilotlari jismoniy tarbiya mashg’ulotlaridagi tarbiya turlarni o’rganish.
Kurs ishning metodlari. Bliss so ‘rovnomasi , savol-javob, suhbat va munozara, taklif va muhokama , B1B2B3
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi. Kirish, ikki bob , umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan va ilovalardan tashkil topgan.


I BOB. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida jismoniy , aqliy tarbiya turlarini rivojlantirish
1.1 Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida jismoniy tarbiyani shakillantirish
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va o'sishi uzluksiz davom etadigan jarayondir. Bu davrda bolalarning jismoniy tarbiyasini to'g'ri tashkil etish, ilk yoshdan boshlabjismoniy ko'nikma va malakalarini shakllantirish va har tomonlama uyg'un rivojlantirish maktabgacha ta'lim jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy talablaridan hisoblanadi.Bugungi bolalar qaerda yashashidan qat'iy nazar,doimiy ravishda ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ilmiy, texnikaviy va industrial sohalardagi o'zgarishlar bilan to'qnash kelishlariga to'g'ri keladi.Bolaning rivojlanishi va o'sishi uzluksiz davom etadigan jarayondir. Bu davrda uning shaxs sifatida shakllanishi ,ilk bor olamni atrofidagi ashyo va buyumlar orqali anglab, undan o'zicha ma'no topishga intilishi ,qiziqish,hissiyotlari, jismoniy rivojlanishini kuzatamiz. Hayotning har bir davri,rivojlanish xususiyatlari va ehtiyojlariga ko'ra o'ziga xos bosqichlarga ega. Bolaning o'sib, ulg'ayishida maktabgacha bo'lgan davrni shular sirasiga kiritish mumkin. Bolalar ohangraboli olam hisoblanib,juda tez o'sish, rivojlanish va o'zgarishlar ichida yashaydilar. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi 5368-sonli “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida”gi Farmonida ommaviy sportni rivojlantirish va iste'dodli yoshlarni saralash (selektsiya) sohasida ta'lim muassasalarining ustuvor yo'nalishlari belgilangan bo'lib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida boshlang'ich gimnastika va harakatli o'yinlar bo'yicha mashg'ulotlar olib borish orqali jismoniy rivojlantirish hamda salomatlikni mustahkamlash uchun tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlariga qiziqishni shakllantirish belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son qarori, maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk ,jismoniy rivojlantirish ,shu bilan birga maktabga tayyorlangan holda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi.
Jismoniy tarbiya - deyarli butun tarbiya tizimining ajralmas tarkibiy qismi. Yuqori darajada rivojlangan ishlab chiqarishga asoslangan mavjud ijtimoiy sharoit jismonan baquvvat, korxonalarda yuqori unum bilan ishlashga qodir, har qanday qiyinchiliklardan cho‘chimaydigan, shuningdek, vatan himoyasiga doimo tayyor bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash zarurligini ko‘rsatmoqda.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
- o‘quvchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularni to‘g‘ri jismoniy rivojlantirish;
- o‘quvchilarning aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish;
- ularning tabiiy harakatchanligini rivojlantirish va mukammalashtirish;
- o‘quvchilarni harakatning yangi turlariga o‘rgatish;
- ularning irodaviy sifatlari (kuch, chaqqonlik, uquvlilik va boshqalar)ni rivojlantirish;
- o‘quvchilarning gigienik ko‘nikmalarni rivojlantirish;
- ularda ma'naviy-axlohiy sifatlar (dadillik, qat'iyatlik, intizomlilik, mas'uliyatlik, jamoa bilan bo‘lish)ni tarbiyalash;
- o‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy va muntazam shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish;
o‘quvchilarning sog‘lom va baquvvat bo‘lishlariga erishish.
Jismoniy tarbiyani bolalarning maktabgacha yoshidan boshlab muntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tarbiya ta'lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan fanlardan biri sanaladi. Sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda tashkil etiluvchi jismoniy mashg‘ulotlar jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini ta'minlovchi qo‘shimcha tadbir hisoblanadi. Jismoniy tarbiya tarbiyaning boshqa tarkibiy qismlari bilan mustahkam bog‘langan hamda ular bilan birgalikda har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish vazifalarini hal etadi.
Demak, yuqorida ta'kidlaganidek, yoshlarni aqliy jihatdan kamol toptirishning Jismoniy tarbiya-ma'naviy ruhiy kamolotning asosi. Umuminsoniy qadriyatlarning milliy mohiyatlari bolmish sport va jismoniy tarbiya davlat siyosatiga aylangan istihlol zamonida soglom avlodni tarbiyalash va shakllantirish bosh vazifalardan hisoblanadi. Bu-jismoniy tarbiya va sport borasidagi milliy konts е ptsiyaning asos-mohiyatidir. Jismoniy tarbiya va sport barcha yoshdagi fuqarolar uchun suvu havod е k zarur kundalik ehtiyojdir. Xalq ta'limi ushbu qadriyatlarsiz tasavvur qilinmagan va qilinmaydi ham.
Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy masalalari. Jismoniy tarbiya nazariyasi – aqliy, axloqiy, est е tik va m е hnat tarbiyasi bilan chambarchas bogliqdir.«Ta'lim togrisidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi», «Soglom avlod Dasturi» jismoniy tarbiya boyicha bir qancha vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi: Bogcha va maktab yillaridan boshlab farzandlarini oilaviy hayotga ruhan va jismonan tibbiy tayyorgarliklarini yaxshilash va shu maqsadda maxsus qollanmalar asosida dars otish
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar rivojlanishining oziga xos xususiyatlari va jismoniy tarbiya vazifalari. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya b е rishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida Soglom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta'limiga tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim- tarbiya b е rishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma'naviy jihatdan rivojlantirishdan, ularning tugma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta'lim olishga (maktabga) tayyorlashdan iboratdir.

Download 52.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling