Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 141 Kb.
bet20/24
Sana28.12.2022
Hajmi141 Kb.
#1024724
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
3 1 ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА МЕТОДИКАСИ

Nazorat savollari


1. Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi aytib bering?
2. Raqs mashqlari deb nimaga aytiladi?
3. Jismoniy mashqlarga qanday mashqlar kiradi?
2-mavzu:Jismoniy tarbiyaning uslublari


Reja:

1. Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining vazifalari.


2. Yurish mashqlarining turlari va ularni o‘tkazish metodlari.

Tayanch iboralar:Sog‘lomlashtirish, ta’limiy, tarbiyaviy, qobiliyat, apparat, termoregulyasiya, analizator, Yurish mashqlari.


1. Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiyametodikasining vazifalari


Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida jismoniy tarbiyaning kuyidagivazifalari mavjud:
sog‘lomlashtirish vazifalari;
ta’limiy vazifalar;
tarbiyaviy vazifalar.
Sog‘lomlashtirish vazifalari hayotni saqlash va sog‘liqni mustaxkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funktsiyalarini takomillashtirish, chiniqish yo‘li bilan uning turli kasalliklarga nisbatanximoyalanish xususiyatlarini va chidamliligini, tashqi muhitning noqulaysharoitlariga (suv va xavoning past va yuqori temperaturasi, quyosh nuriningta’siri) bo‘lgan qarshiligini oshirish. Bundan tashqari bolalarning umumiyish qobiliyatini oshirish ham muhimdir.
Bola organizmi rivojlanishi xususiyatlarini xisobga olgan holda sog‘lomlashtirish vazifalari kuyidagilardir:
suyaklarning to‘g‘ri va uz vaqtida qotishiga, umurtqa egiklarining shakllanishi, tovon ravoqlarining rivojlanishi, bo‘g‘im-bog‘lam apparatining mustaxkamlanishiga yordam berish;
tana qismlarining (proporsiyalar) to‘g‘ri nisbatda rivojlanishiga, suyaklarning o‘sishi va massasini bir tartibga solishga yordam berish;
barcha mushaklar guruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qo‘l va elkakamari, panja, barmoqlar, tovon, bo‘yin, ko‘z, ichki organlar, yurak-qontomirlar, nafas olish va boshqa mushaklar);
ko‘proq zaif rivojlangan bukuvchi mushaklar guruhining rivojlanishiga e’tibor qaratish lozim;
yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga yordam berish, yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarish ritmini yaxshilash va tusatdan o‘zgaradigan yuklamaga moslashish qobiliyatini rivojlantirish;
ko‘krak qafasi harakat chanligini ustirish, chuqur nafas olish, uning ritm barqarorligiga, upka sig‘imini oshirishga yordam berish, burundan nafasolishni yaxshilash;
ichki organlarning (ovqat xazm qilish, modda ajralish va boshqalar)to‘g‘ri ishlashiga yordamlashish;
termoregulyasiya funksiyasining to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashish;
markaziy nerv sistemasining faoliyatini takomillashtirish, qo‘zgalish va tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga, shuningdek, harakat analizatori, sezgi organlariningtakomillashuviga yordam berish.
Ta’limiy vazifalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida quyidagi ta’limiy vazifalar hal etiladi:
harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko‘z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilikni ustirish;
to‘g‘ri qaddi-qomat, gigiena ko‘nikmalarini tarbiyalash;
jismoniy tarbiya xaqidagi bilimlarni o‘zlashtirish.
Bolalar nerv tizimining plastikligi tufayli ularda harakatko‘nikmalari nisbatan engil shakllanadi. Ularning ko‘pchiligidan (emaklash,yurish, yugurish, chang’ida yurish, velosipedda sayr qilish va hk.) kundalik harakat vositasi sifatida foydalanadilar.
Harakat ko‘nikmalari tashki muhit bilan aloqani osonlashtiradi va unibilishga yordam beradi; bola emaklab uzini qiziqtirgan narsalargayaqinlashadi va ular bilan tanishadi; chang‘ida yura oladigan; velosipedda sayr qila oladigan bolalar qor, shamol xossalarini oson idrok etadilar; suzish chog‘ida esa bolalar suvning xossalari bilan tanishadilar.
Jismoniy mashqlarni to‘g‘ri bajarish mushaklar, paylar, bug‘inlar, suyaktizimini rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi.
Yosh guruhlariga oid harakat ko‘nikmalarining xajmi «Ilk qadam» tayanchdasturida berilgan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda saflanish, umumrivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarinibajarish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim.
Bundan tashqari, bolalarni sport o‘yinlariga (badminton, stol tennisi)va sport o‘yinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol)nibajarishga o‘rgatish zarur.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni utirgan, turgan holatda va yurganda qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmalariga o‘rgatish muhim.
Bu yoshda shaxsiy va ijtimoiy gigienaning boshlangich ko‘nikmalari (qo‘lyuvish, kiyim-kechak, poyabzalni yaxshi tutish, o‘yinchoqlar, xonalarni va h. k.) ozoda tutish ko‘nikmalarini singdirish muhimdir.
Bu yoshdagi bolalarga mashg‘ulotlarning foydasi haqidagi jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o‘tkazish metodikasi haqidagi,harakatli o‘yinlar haqidagi jismoniy tarbiyaga oid bilimlarni berishmuhimdir.
Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yunalishi (yuqoriga, pastga,oldinga, orqaga, ungga, chapga, tula aylanish vah.k.), jismoniy jihozlarning nomi va qay maqsadda ishlatilishi, ularni saqlash va tutish, kiyim-kechak va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari lozim.
Olingan bilimlar bolalarga jismoniy mashqlar bilan juda to‘g‘ri shug‘ullanish va jismoniy tarbiya vositalaridan mustaqil foydalanishimkonini beradi.
Tarbiyaviy va zifalar jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda kuntartibiga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan har kuni shug‘ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida va oilada mustaqil shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o‘ztengdoshlari va kiсhik yoshdagi bolalar bilan o‘tkazish.
Jismoniy tarbiya jarayonida ahloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishning katta imkoniyatlari mavjud.
Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, kungilchanlik va h.k.) va ahloqiy (halollik, urtoqlik hissi, o‘z-aro yordam, topshiriqni ma’suliyat bilanbajarish) fazilatlarni tarbiyalash, irodaviy fazilatlar (botirlik, qadt’iylik, o‘z kuchiga ishonch, chidamlilik)ni namoyon qilish uchun sharoityaratadi.
Jismoniy tarbiya bolalarning aqliy o‘sishiga yordam beradi, bunda nerv tizimi va boshqa organ hamda tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha psixik jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, hayol h.k.)shuningdek, tafakkur operasiyalari (kuzatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish h.k.) rivojlanadi.
Bolalarda ijobiy emosiyalar, tetik, xushchaqchaq kayfiyatni tarbiyalash juda muhimdir, chunki ijobiy emotsiyalar barcha organlar va organizmtizimlarining ishiga yaxshi ta’sir kiladi.
Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavqni xis qilishva idrok etish, guzallikni, harakatlarning ifodaliligini, qaddi-qomatningnafisligini, kiyim-bosh, sport jihozlari, tevarak-atrofning guzalliginitushunish va to‘g‘ri baholay olish qobiliyatini rivojlantirish; estetikjihatdan ma’qul xulqga intilishni, faoliyat, so‘z va xatti-harakatda qo‘pollikka murosasiz bo‘lishni tarbiyalash lozim.
Jismoniy tarbiya jarayonida mehnat tarbiyasi ham amalga oshiriladi.Bolalar sog‘ligi mustaxkamlanadi, harakat ko‘nikmalari shakllanadi, mehnatqilish uchun zarur bulgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalar binoni, uchastkani jihozlash (sakrash uchun qum to‘ldirilgan o‘ralar, qor uyumlari, sirganish uchun muz yo‘lkalar h.k.) kurish, jismoniy tarbiya jihozlarini yasashva ularni tuzatish (uloqtirish uchun qopchalar yasash, nishonlarni buyash h.k.),sport kiyimlari, poyabzalni saqlash, ularga qarash, jismoniy tarbiyamashg‘ulotlarida jismoniy jihozlarni, atributlarni, o‘yinchoqlarni joy-joyiga qo‘yish va yig‘ib olish bilan bog‘liq mexnat ko‘nikmalariniegallaydilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonisog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalardan birgalikda, mujassamholda foydalanishni talab etadi.



Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling