Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


-mavzu:Jismoniy tarbiya tamoyillari


Download 141 Kb.
bet16/24
Sana28.12.2022
Hajmi141 Kb.
#1024724
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
3 1 ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА МЕТОДИКАСИ

3-mavzu:Jismoniy tarbiya tamoyillari


Reja:
1. Jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillari.
2. Tizimlilik va izсhillik tamoyili.


Tayanch iboralar:Jismoniy, tamoyil, qobiliyat, mashg‘ulot, didaktik, ta’limiy, frontal, tizimlilik, izсhillik,uslubiyat.


1.Jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillari
Jismoniy tarbiya tamoyillari shaxsni har tomonlama komil insonkilib rivojlantirishga bolalarda jismoniy qobiliyatni, harakat malakalariva ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan, bola shaxsinitarbiyalashni birgalikda va har tomonlama tarbiyalashni amalga oshirishgamujassam holda yondashishni kuzda tutadi. Jismoniy tarbiya tizimidagibunday yondashuv bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari, yosh rivojlanish bosqichlarining xususiyatlari, xayotning u yoki bu davrida asosiy faoliyatsifatida tanlanadigan jismoniy tarbiya faoliyati turlari xususiyatlariga ham bog‘liq buladi.
Jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: Jismoniy tarbiya va sportning hayot bilan bog‘liqlik tamoyili.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi tashkilat bolalarini tegishli dasturasosida jismoniy va sport mashqlariga, o‘yinlarga o‘rgatib, ulardagi buqiziqish qo‘llab-quvvatlab turiladi. Ta’limning maqsadi bolalarda maktabgautish va kelajakda jismoniy tarbiyadan me’yoriy ko‘rsatkichlar majmuasi talablarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun jismoniy tayyorgarlik xosilqilishdan iboratdir, shu asosda, bolalarda O‘zbekistonning mashhursportchilari, ularning vatanparvarligi, ishchanligi, jasurligi,bardoshliligi, mahorati, do‘st-birodarligi va o‘zaro yordam kabi xislatlariga hurmat xissi tarbiyalanadi.
Sog‘lomlashtirishga yo‘nalgan tamoyilining mohiyati bolalar sog‘ligini mustaxkamlash vazifalarini bajarishda namoyon buladi. Shuninguchun jismoniy mashqlarni tanlashda bola organizmini har tomonlama sog‘lomlashtirishga intilish, uning jismoniy sifatlarini xissiy-ijobiy holat, hayotdagi xushchakchak kayfiyat bilan yaxlitlikda rivojlantirish hamkuzda tutiladi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishdasalomatlikni mustaxkamlash qonuniyatlari xisobga olingan jismoniy yuklama,albatta, idora qilinadi. Bu ish tarbiyachi, vrach va mudiraning muntazam vrach-pedagoglik nazorati ostida amalga oshiriladi.
Bolalarga jismoniy ta’lim va tarbiya berish jarayonida quyidagididaktik-ta’limiy tamoyillar qo‘llaniladi:
tizimlilik va izсhillik;
onglilik, mustaqillik va ijodiy faollik;
ta’limning ko‘rgazmali og‘zaki va amaliy usullarini birga qo‘shib olibborish;
tushunarlilik va individuallashtirish tamoyili;
ta’limning frontal, guruh va yakka tarzdagi shakllarining birligi;
talablarning tobora oshirib borish tamoyili.



Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling