Usul - metodning bir qismi, uni tuldiruvchi va aniqlashtiruvchi qismi.
Ko‘rgazmali metodga oid usullar
Bolalarni harakatlarga o‘rgatishda ko‘rgazmalilikning turli usullaridan foydalaniladi. Yaqqol kurish usullari harakat yoki ayrim harakat elementlarining tarbiyachi tomonidan to‘g‘ri va aniq namoyish etilishidan; tevarak-atrofdagi hayot kurinishlariga taxlid qilishdan; masofani to‘g‘ri bosib utishda muljal olishdan foydalanish; ko‘rgazmali xullanmalar, tele eshittirishlar, fotografiyalar, suratlar va h k. foydalanishdan iboratdir.
Taktil - mushak ko‘rgazmaliligi bolalarning harakat faoliyatiga jismoniy tarbiya yordamchi vositalarini kiritish bilan ta’minlanadi. Masalan, tizzani baland kutarib yugurish ko‘nikmasini xosil qilish maxsadida ketma-ket xuyilgan yoy shaklidagi darvozachalar xullaniladi.
Yugurish paytida oyoqni bu tusiqlar osha ko‘tarib o‘tish, bolaning tizzani baland kutarish ko‘nikmasini egallashiga yordam beradi.
Yaqqol eshitish usullari harakatlarni ovoz orxali boshqarishga asoslanadi. Cholg‘u musiqasi va ashula eng yaxshi eshitish ko‘rgazmasi xisoblanadi. Ular bolalarda estetik xis va emotsional kutarinkilik ruxini o‘yg‘otadi, harakat xarakterini belgilaydi, uning sur’ati va ritmini boshqaradi. Shuningdek, tarbiyachilar harakat sur’ati va ritmini bashqarishda childirma (buben)dan foydalanadilar.
Ko‘rgazmalilik usullari bolaning harakatlarni to‘g‘ri idrok qilishi va tasavvur etishi, hissiy ongining kengayishiga harakatlarni bajarishda o‘z-o‘zini nazorat qilishning vujudga kelish sur’ati va ritmini eshitish orqali boshqarishga, sensor qobiliyatining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Og‘zaki metodga oid usullari. Harakatlarga o‘rgatishdagi og‘zaki usullar qo‘yidagilarda ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |