Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Download 141 Kb.
|
3 1 ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА МЕТОДИКАСИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy madaniyat
- 2. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining vazifalari
Jismoniy ta’lim - jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko‘nikma va malakalarini egallashdan iborat bir turi.
Jismoniy mashqlar - harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli o‘yinlar) bo‘lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida tanlab olingan. “Mashq” iborasi harakat faoliyatini bir necha bor takrorlash jarayonini ifodalaydi. Jismoniy madaniyat - umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida tuplangan inson jismoniy kamoloti soxasidagi moddiy va ma’naviy boyliklari majmuasi. Jismoniy harakat - ijtimoiy harakatning o‘z oldiga aholi jismoniy tarbiyasi darajasini oshirish va sportni rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib quygan maxsus turi. U davlat, jamoat tashkilotlari va xalq ommasining jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish soxasidagi maqsadga yunaltirilgan faoliyatini kuzda tutadi. 2. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining vazifalari Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalari mavjuddir. sog‘lomlashtirish vazifalari; ta’limiy vazifalar; tarbiyaviy vazifalar. Sog‘lomlashtirish vazifalari.Hayotni saqlash va sog‘liqni mustaxkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funksiyalarini takomillashtirish, chiniqtirish yo‘li bilan uning turli kasalliklarga nisbatan ximoyalanish xususiyatlarini va chidamliligini, tashki muxitning noqulay sharoitlariga (suv va havoning past va yuqori temperaturasi, quyosh nurining ta’siri) bulgan qarshiligini oshirish. Bundan tashqari bolalarning umumiy ish qobiliyatini oshirish ham muhimdir. Bola organizmi rivojlanishi xususiyatlarini xisobga olgan holda sog‘lomlashtirish vazifalari quyidagilardir: suyaklarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida qotishiga, umurtqa egiklarining shakllanishiga, tovon ravoklarining rivojlanishiga, bug‘im-bog‘lam apparatining mustaxkamlanishiga yordam berish; tana qismlarining (proporsiyalar) to‘g‘ri nisbatda rivojlanishiga, suyaklar usishi va massasini bir tartibga solishga yordam berish; barcha mushaklar guruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qul va elka kamari, panja, barmoqlar, tovon, bo‘yin, kuz, ichki organlar, yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa mushaklar); ko‘proq zaif rivojlangan bukuvchi mushaklar guruhining rivojlanishiga e’tibor qaratish lozim. yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga yordam berish, Yurakka qon oqishini kuchaytirish,uning qisqarish ritmini yaxshilash va tusatdan o‘zgaradigan yuklamaga moslashish qobiliyatini rivojlantiradi. Ko‘krak qafasi harakatchanligini ustirish, chuqur nafas olish, uning ritmi barqarorligiga, o‘pka sig‘imini oshirishga yordam berish, burundan nafas olishni yaxshilaydi. Ichki organlarning (faqat xazm qilish, modda ajralish va boshqalar) to‘g‘ri ishlashga yordam beradi. Termoregulyasiya funktsiyasining to‘g‘ri rivojlanishiga kumaklashish, markaziy nerv sistemasining faoliyatini takomillashtirish, kuzg‘alish va tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga, shuningdek harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam berish. Download 141 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling