Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Download 141 Kb.
|
3 1 ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА МЕТОДИКАСИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rgazmali metod
- Amaliy metod
- O‘yin metodi
- Musobaqa metodi
Tayanch iboralar:Metod, xususiyat, didaktika, musobaqa, idrok, ko‘nikma, usul, ko‘rgazmali metod, musobaqa metodi.
1. Ta’lim metodlari va usullari tasnifi Ta’lim metodlari o‘quv predmeti, aniq didaktik vazifalar, vositalar va ta’lim shartlarining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq usullar tizimining turli birikmalaridan iboratdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning nerv tizimi va butun organizmi nihoyatda plastik va tashqi ta’sirga beriluvchan bo‘ladi. Shuning uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan mashg‘ulot olib borganda psixik va jismoniy kuch sarflanadigan to‘g‘ri vaqt nisbati va undan sunggi dam olishni belgilash tarbiyachining muhim vazifalaridan biri bulishi lozim. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berishda ularning yosh xususiyatlari va imkoniyatlarini xisobga olgan holda, quyidagi metodlardan foydalaniladi: ko‘rgazmali metod; og‘zaki metod; amaliy metod; o‘yin metodi; musobaqa metodi. Ko‘rgazmali metod - bu hissiy idrok va harakat sezgilarining yorkinligini ta’minlaydi. Ular bolalarda sensor qobiliyatlari rivojlanishini faollashtiruvchi harakat ekanligi xaqida juda tuliq va aniq tasavvurning hosil bulishi uchun zarurdir. Og‘zaki metod - bu metod bolalar ongiga yo‘naltirilgan, ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni tushunib olishga va mashqlar mazmuni va tuzilishini o‘zlashtirib olishda katta rol o‘ynaydigan harakatli mashqlarni ongli ravishda bajarish, bu mashqlarni turli vaziyatlarda mustaqil qo‘llashga yordam beradi. Amaliy metod - bolalarning amaliy harakat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, harakatlarni o‘z mushak motor sezgilarida to‘g‘ri idrok etilishini amalda tekshirishni ta’minlaydi. Amaliy metodlar mashqlarni o‘yin shaklida, musobaqa elementlaridan foydalanish bilan xarakterlanadi. Amaliy metodning xilma-xil turlaridan biri o‘yin metodidir. O‘yin metodi - bolalar bilan ishlashda samarali bo‘lib, ko‘rgazmali obraz va ko‘rgazmali amaliy tafakkur elementlarini hisobga oladi. U turliharakat ko‘nikmalarini, harakatlarning mustaqilligini, o‘zgaruvchan sharoitga nisbatan tezkor javob reaksiyasini bir vaqtda takomillashuviga, ijodiy faollik ko‘rsatishga imkon beradi. Musobaqa metodi - Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berishda u faqat pedagogik raxbarlik sharoitida qo‘llanilishi mumkin. Bu metoddan katta guruhlarda foydalanish mumkin. Musobaqalar bolalar kuchiga mos bo‘lishi, ahloqiy-irodaviy fazilatlarni tarbiyalash, shuningdek, o‘z yutuqlarini va boshqa bolalarning muvaffaqiyatlarini tinglovchilarga ongli munosabatda bo‘lish asosida to‘g‘ri baholash musobaqaning majburiy shartidir. Tashabbuskorlik, qat’iylik, sabotlilik, dadillik, jasurlik, oliyjanoblik, urtoqlik kabi irodaviy hamda ahloqiy xislatlarni tarbiyalashda musobaqa metodining ahamiyati g‘oyat kattadir. Lekin shuni unutmaslik kerakki,birinchilik uchun raqobat qilish, kurashish salbiy xususiyatlarni (xudbinlik, xasad qilish, dagallik va hk.) tarkib topishga imkon berishi mumkin. Shu sababli, musobaqa metodiga moxirona pedagogik rahbarlik qilingan takdirdagina u ma’naviy tarbiya soxasidagi o‘z rolini oqlay oladi. Pedagogik jarayonda ta’lim metodlaridan mujassam holda foydalaniladi. Ko‘rgazmali yoki og‘zaki metodlardan sung darhol bolalar amaliy harakatlarga, harakatlarni mustaxil bajarishga utishlari lozim. Har bir metod vazifalarni hal etishga yordam beradigan bir qancha usullar majmuasidan iboratdir. Download 141 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling