Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Amaliy metodga oid usullar
Download 141 Kb.
|
3 1 ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА МЕТОДИКАСИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
2. Amaliy metodga oid usullar
Bolalarni harakatga o‘rgatishda tarbiyachi ko‘rgazmali va og‘zaki usullar bilan o‘z-aro bog‘liq turli amaliy usullar majmuasidan foydalanadi. U mashqlarni, harakatli o‘yinlardagi ayrim rollarni, boshqaruvchi rolini bajarib ko‘rsatadi, bolalarni topshiriqlarga jalb qilib va namuna ko‘rsatib ularni musobaqalarda qatnashishga rag‘batlantiradi. Masalan, kim harakatli topshiriqni tezrok, yaxshirok, to‘g‘riroq bajaradi, u bolalarga uzini qanday tutish va qanday hatti-harakat qilishni ko‘rsatadi. Tarbiyachi bolalarning amaliy faoliyatini tashkil etayotib butun ta’limjarayonini mashg‘ulotning vazifalari, mazmuniga muvofiq rejalab oladi. Bolalarga jismoniy harakatlarni o‘rgatishda hamma metod va usullardan o‘z-aro mujassam holda foydalanish lozim. Jismoniy tarbiya jarayonida bolalar harakat malakasi va ko‘nikmasiniegallab boradilar. Harakat malakasi harakat texnikasini egallash darajasi bilanbelgilanadi. Harakat malakalarining ikki turi farqlanadi: ulardan biriyaxlit harakat faoliyatini amalga oshiradi; ikkinchisi ayrim, murakkabligigakura turlicha harakatlarda ifodalanadi. Birinchi turdagi malakalar o‘yinlar,kurashlar bilan bog‘liq. Ikkinchi turdagi harakat malakalari rivojlanishharakat texnikasini dastlabki egallanishidan to yuksalishi, aniqrogi, takomillashtirilishigacha boradi. Harakat ko‘nikmasi - bu harakat texnikasini egallash darajasi bo‘lib,unda harakatlarni boshqarish avtomatik tarzda kechadi va harakatlar o‘ziningbarqarorligi bilan ajralib turadi. Harakat ko‘nikmasini shakllantirish birinchi va ikkinchi signaltizimlarining o‘z-aro harakatidagi dinamik stereotipning yuzaga kelishjarayonidan iboratdir. Harakat ko‘nikmalarining, bola uchun amaliy ahamiyati juda katta. Hosil qilingan ko‘nikmalar jismoniy va psixik kuchlarni tejamkorlik bilan sarf etish, yaxlit harakat faoliyatiga kiruvchi harakatlarni tez va aniq bajarish imkonini yaratadi. Nazorat savollari 1.Jismoniy tarbiya darslarida ta’limning qanday o‘rgatish metodlaridan foydalaniladi? 2. Ko‘rgazmali metodga deganda nimani tushunasiz? 3. Ta’lim metodlari qanday xususiyatlarga bog‘liq? 4. Og‘zaki metodga deganda nimani tushunasiz? Download 141 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling