Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati
Download 69.5 Kb.
|
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USLUBIYATI fani bo\'yicha javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi davr
To’rtinchi davr – 19 asrning oxiridan ilmiy va o’quv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va usuliyati shakllana boradi. Bu davrning xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyat hayotining boshqa jabhalariga ham ta`sir ko’rsata boshladi. Jismoniy tarbiya sohasi nazariyasi olimlaridan biri Petr Fransevich Lesgaft (1837-1909) o’zining tarix, anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya metodikasiga oid asarlari bilan hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy-amaliy isbotladi.
Beshinchi davr – rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho’rolar davlati olimlarining izlanishlari davri bo’lib, fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan holda o’sha davrda progressiv hisoblangan usuliyatlarga tayanib amalga oshirildi. 3. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositlariga kiradi: jismoniy tarbiya mashqlari, tabiyatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillar. Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari gimnastika, o’yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, usuliyati to’plandi va to’ldirildi. Tabiyatning sog’lomlashtiruvchi kuchlariga kiradi: quyosh nurlari, suv. havo va to’proq. Gigienik omillar: shaxsiy va ommaviy gigienik omillar bo’lib ajratiladi. 4. Hozirgi davrda texnika taraqqiyoti sharoitida rivojlangan ishlab chiqish organizm funktsiyasining yuqori harakatchanligini talab etadi. Bu aniq va tez javob bera olishni, irodali, chiniqqan, mard, chidamli, qiyinchiliklardan qo’rqmaydigan insonlarni taqozo etadi. Jismoniy tarbiyaning maqsadi Vatan mudofaasiga, xayotga va mehnatga tayyorlashdir. Bu maqsad mamlakatimizda kishilarning jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi hamma muassasa va tashkilotlar uchun yagonadir Ko’rsatilgan maqsad asosida: 1.Sog’lomlashtirish, 2.Ta’limiy 3.Tarbiyaviy vazifalar hal etiladi. 5. Ma`lumki, nazariy tahlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini to’la tahlil qilish va umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini to’liq o’rganib chiqish juda qiyin. U har 4-5 yilda yana shunchadanga ko’payadi. Bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlar haqidagi maqolalar bir necha marotaba ko’paymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet - “bibliografiya” fani tadqiqotchining ishini engillashtiradi. U nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ro’yxatini tuzib chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish ma`lum davr ichidagi mavjud adabiyotlarning ilmiy yo’nalishi bo’yicha yangiliklarga qisqa izoh beradi. Bundan tashqari, tadqiqotchi “bibliografik tavsifnoma”dan ham foydalaniladi. Tavsifnoma yangi chiqqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida (ilmiy ish natijasini qisqartirgan holda) tayyorlaydi, unga izoh beradi. Bibliografik izlanish esa tadqiqotchining adabiyotlar ustidagi birlamchi ishi bo’lib, tadqiqotchi izlanishi orqali topilgan qarama-qarshiliklar ustida nazariy baxs yuritadi, ularni bir-biri bilan taqqoslaydi. Nazariy tahlil va umumlashtirishning yana bir usuliyati hujjat materiallari ustida ishlashdir. Jismoniy tarbiyaning ko’p tomoni amaliy mashg’ulotlar uchun tuzilgan rejalar, kundaliklar, konspektlar, hisobotlar va shunga o’xshashlarda ifodalanadi. Ular albatta amaliyotni nazarda tutgan holda tuzilgan bo’ladi. Ularni ilmiy jihatdan chuqur o’rganish kutilmagan natijalarni berishi mumkin. Masalan, jahonning kuchli sportchilarini tayyorlash va ularning shug’ullanish rejalarini solishtirish, malakali sportchilarning kundaliklari, xaftalik, oylik, yillik jismoniy yuklarning hajmi, miqdori, bajarish intensivligi va boshqalar tadqiqotchiga manba bo’lishi mumkin. İlmiy tadqiqot uchun musobaqa materiallari, ko’p yillik trenirovkalarning natijalarini o’rganish ham tadqiqot ob`ekti bo’lib xizmat qiladi. İlmiy maqsadda tuzilgan turli xil anketalar ham hujjat materiallari bo’lib xizmat qilishi mumkin. Tuzilgan savollarga “ha” va “yo’q ” deb javob berish ham ko’p xulosalarga olib keladi. 6. Musobaqa uslubiyati musobaqalashish, kuch sinashishning xarakterli belgilarini, o’zida aks ettirgan jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishning o’quvchilarga stimul beruvchi alohida shakllaridan biridir. Shuning uchun har qanday jismoniy mashqni musobaqa predmeti qilib, mashg’ulotlarda keng foydalanish mumkin. Masalan: jismoniy tarbiya darsini boshlanishidagi o’quvchilarni saflanishidan tortib to o’quvchilar zaldan chiqib ketgunlaricha, musobaqa usuliyatini qo’llash va undan foydalanish jismoniy tarbiya ta`limi amaliyotida ko’p uchraydi. Download 69.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling