Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati


Download 69.5 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1512625
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USLUBIYATI fani bo\'yicha javoblar

Chaqqonlikni yangi harakatlarni tezda o’zlashtirib olish qobiliyati (tez o’rganish qobiliyati), ikkinchidan,harakat faoliyatini to’satdan o’zgarayotgan sharoit talablariga muvofiq tezda qayta moslash deb tushunish to’g’ri bo’ladi. Bu ta`rifimizdan ko’rinib turibdiki, chaqqonlik – bu baholash uchun yagona o’lchovga (kriteriyga) ega bo’lmagan murakkab kompleksli fazilatdir.har bir muayyan holda, sharoitga qarab u yoki bu kriteriyni tanlab oladilar. Chaqqonlik anchagina xususiy fazilatdir. Sport o’yinlarida chaqqon bo’lib, gimnastikada unchalik chaqqonlik ko’rsata olmaslik mumkin. Chaqqonlikning hayotiy muhim harakat sifati tarzida namoyon bo’lishi gavdaning nisbatan kam harakatda bo’lgani holda, qo’llar bilan mohirona harakat qilishda qo’l chaqqonligini namoyon bo’lishi (ajratuvchi, slesarlik, uymakorlik, duradgorlik, stanokda ishlash, kosiblik va boshqalarda) ko’zga tashlanadi. har qanday harakat qanchalar yangi bo’lib tuyulmasin, doimo koordinaciyaviy bog’lanishlar asosida bajariladi.
16. Tashqi ta`sirga qarshi muskul zo’riqishi orqali harakat faoliyati - shaxsning kuchi, uning kuch qobiliyati deb atash qabul qilingan. Shug’ullanuvchi mashg’ulot paytida o’z tanasi tinch turgan holdan sport snaryadiga (uloqtirishda), o’z tanasini harakatlantirish maqsadida (gimnastika mashqlari va boshqalar), aylantirish, siljitish, ko’tarishga intilsa, ayrim hollarda uning teskarisi, tananing o’zi, yoki uni bilagiga tashqi kuch ta`sir etishi bilan uning statitik holatini buzib o’z gavdasini oldingi (dastlabki) holatini ushlab turishga urinadi. Bokschining raqibi mushtining zarbi, kurashchini raqibi tomonidan kuch ishlatib uni tanasini ayrim bo’laklarini egishga dosh berishi tana holatini o’zgartirmaslik orqali ro’y beradi. Bunda shug’ullanuvchi va uning raqibi ma`lum darajada qarshiliklarni, og’irliklarni engish va ko’tarishda ma`lum darajada kuch sifatini namoyon qiladi.
17. Tezkorlik deganda, individ harakatlarining tezlik xarakteristikasi, asosan harakat reakciyasining vaqtini belgilovchi funkcional xususiyatlarning kompleksi tushuniladi. Tezlikni namoyon bo’lishining uchta asosiy shakli bor:
1. Yakka harakat tezligi (kichik tashqi qarshilikni engish bilan);
2. Harakatlar chastotasi;
3. Harakatlar reakciyasi tezligi (yashirin latent davri).
Tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo’lishi bir-biriga aloqador emas. Ayniqsa bu reakciya vaqtiga bog’liq bo’lib, ko’p hollarda harakat tezligi ko’rsatkichlari bilan
Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling