Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati


Download 69.5 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1512625
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USLUBIYATI fani bo\'yicha javoblar

Musobaqa uslubiyatining o’ziga xos belgilari:
1. U yoki bu harakat faoliyatida faoliyatni vazifaga bo’ysundirish oldindan belgilanganligi, o’rnatilgan qoidalar bilan muvofiqligi. Bunday vazifalar o’quvchilar ijodiy aktivligini stimullovchi faktorlardan bo’lib, ularning tayyorgarligini baholash va taqqoslashning o’lchovidir. 2. Yuqori sport natijasi uchun jismoniy va psixologik quvvatni maksimal namoyon qilish. Musobaqalashish usuliyati orqali organizmning funkcional imkoniyatlarini to’la ochish uchun sharoitni yaratilishi. 3. O’quvchilarning uchun belgilangan nagruzkalarini boshqarish imkoniyatlarining chegralanganligi. Bu usuliyat o’quvchilardan harakat faoliyatini bajarish davomida vujudga kelgan vazifalarni bajarishda, hal qilishda, o’ziga xos mustaqillikni talab qiladi.
Shuningdek, musobaqa usuliyati harakat faoliyatini takomillashtirishda nisbatan samaralirokdir, lekin ular birlamchi o’zlashtirishda kutilgan samarani bermasligi mumkin. Musobaqa usuliyati harakat sifatlarini deyarli yuqori darajada rivojlanganligini talab qiladi, ayniqsa ularni kompleksli namoyon qilishda bu usuliyatiga ehtiyoj o’ta yuqoridir. Musobaqa usuliyati pedagogika nuqtai nazaridan o’quvchilar g’alabasi va mag’lubiyatiga turg’un psixologik tayyorgarlikni tarbiyalashga yo’naltirilishi, shundagina ta`lim jarayonida u o’zini oqlaydi, boshqa tomondan esa turli sharoitda har tomonlama jismonan tayyorgarligini to’la namoyish qilish imkonini beradi hamda uni darajasini oshirish vositasi bo’lib xizmat qilishi mumkin.
7. Jismoniy yuklama – bu shuullanuvchi organizmiga jismoniy mashqni belgilangan xajmidir. Yuklama meoyori – bu uni belgilangan miqdori bo‘lib, xajmning va intensivlikning parametri bilan o‘lchanadi.
Yuklamaning xajmi – bajarilgan mashqlarning soni, mashulot uchun sarflangan vaqt, bosib o‘tilgan masofani kilometraji va boshqa ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi.
Intensivlik – xarakatning surati (tempi), tezligi ko‘rsatkichlari, o‘ta tez yugurish, yurak qisqarishining chastotasi bilan tavsiflanadi.
Jismoniy mashqlarni bajarishdagi o‘zaro munosabat teskari proporsionalpnikga ega: Yuklamani xajmi qancha katta bo‘lsa uni intensivligi shunchalik past bo‘ladi yoki uni teskarisi. Muskul ishi xarakteriga ko‘ra yuklama standart va o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin.
Yuklamani ta’siri organizmni bajarilgan ishga reak-siyasi xisoblanadi. Uni ko‘rsatgichlar yurak qisqarishi chastotasi va o‘quvchilarni tolishining tashqi alomatlaridir. Jismoniy yuklamada tolishni darajasining tashqi alomatlari gradatsiyasi tablitsada ifodalangan.
8. Jismoniy tarbiya nazariyasida amal qilinadigan «jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqligi», «jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirishga yo’naltirilganligi», «shaxsni har tomonlama rivojlantirish» principlaridan tashqari ta`lim jarayonining uslubiy principlaridan ham mavjud. Tarbiya jarayonidagi barcha tamoillar jismoniy tarbiya uchun qo’llanilishi mumkin, lekin inson tarbiyasining bu yo’nalishining xususiyligi o’qitishning principlariga aloxida mazmun va talablar qo’yadi. İnson faoliyatining biologik, fiziologik, bioximik, biomexanik qonuniyatlari esa fikri-mizning dalilidir.
Onglilik va faollilik (aktivlik)”, “Ko’rgazmalilik”, “Munatazamlilik”, «Kuchiga yarashalik va individuallashtirish», “Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish”dek uslubiy principlar va qoidalarga tizimli rioya qilish orqaligina o’qitish jarayonida kutilgan muvoffaqiyatlarga erishish mumkin.
9. Jismoniy barkamolliktarixan o’zgarib turadigan har qanday tarixiy davr uchun o’zining ideal tasnifiga ega bo’lgan tushuncha tarzida turlicha talqin qilingan, chunki bu idealda aholining iqtisodiy sharoiti, ijtimoiy hayoti dunyo qarashi ifodalangan. Lekin asrlar davomida jismoniy barkamol avlod tarbiyasi mavjud jamiyatda ob`ektiv imkoniyatlar va sharoitni yuzaga kelmaganligi sababli, abstrakt g’oyaligicha qolib real haqiqatga aylanmay qolgan.
Jismonan barkamollik salomatlikning me`yori va har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni darajasi haqidagi tarixan shakllangan tasavvur, ular mehnat, jamoatchilik, harbiy va odamlarning ijodkorlik faoliyatlarini uzoq davom etishi talablariga nisbatan optimal javob beradi.
10. «Harakat faoliyatini (yoki jismoniy mashqni) o’rganish», nisbatan qisqa pedagogik vazifadir. «Harakat faoliyatini o’rganish» (yoki jismoniy mashqni o’qitish) atamasi harakat faoliyati aniq bo’lib uning nazariy bilimi ham berilganda qo’llaniladi. Harakat faoliyatini o’qitishda harakat malakasi shakllanadi, ko’nikma vujudga keladi, bir vaqtning o’zida muvofiq jismoniy harakat sifatlari: kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, muskullar egiluvchanligi va bo’g’inlar harakatchanligi rivojlanadi. Shu sababli pedagogik jarayonda e`tibor aniq bir narsaga, ta`limga malakani shakllantirishga yoki harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim.
11. O’quvchiga bilim berishda jismoniy tarbiya ta`limi muhim o’rinni egallaydi. Bu jarayonda harakat faoliyatini yoki uning ma`lum bo’lagini bajarishga o’rgatiladi, jarayon mashq qilish takrorlash orqali amlga oshiriladi va shug’ullanuvchida shu harakat haqida nazariy bilimning shakllanishiga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish tarbiyalashga olib keladi. Demak, jismoniy tarbiya jarayonida ta`lim maxsus bilimlarni va harakatni bajara olishni o’zlashtirish va uni o’quvchiga, shug’ullanuvchiga uzatishni uyushtirilishini yo’lga qo’yishdan iboratdir.
O’qitish praktikasida «harakat faoliyati ta`limi», «harakatga o’rgatish», «harakat malakasi», «harakat ko’nikmasi», «nazariy bilim», «qila bilish», «tarbiyalash», «rivojlantirish» vahokazodek atamalardan foydalaniladi hamda yuqorida qayd qilinganidek jismoniy ma`lumot berishdek maqsadni amalga oshiradi.

Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling