Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti


Jismoniy tarbiyadagi asosiy yo‘nalishlar


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/126
Sana23.11.2023
Hajmi4.31 Mb.
#1796164
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   126
Bog'liq
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Jismoniy tarbiyadagi asosiy yo‘nalishlar
Jismoniy tarbiyada uchta asosiy yo'nalishni ajratish m um ­
kin: u m um iy jism oniy tayyorgarlik, professional jism oniy 
tayyorgarlik, sport tayyorgarligi.
Umumiy jism oniy tayyorgarlik salomatlikni m ustahkam - 
Iashga, harakat qila bilish va malakalarni keng doirada 
o ‘zlashtirib olishga, asosiy harakat sifatini rivojlantirishga, ke- 
yingi maxsus tayyorgarlikni tezroq o'zlashtirib olishga qara- 
tilgandir. Umumiy jismoniy tayyorgarlik maqsadida, jismoniy 
ta rb iy a n in g x ilm a-xil m a n b alarid an : jis m o n iy m ash q lar, 
tabiatdagi tabiiy sogMomlashtirish kuchlaridan va gigiyenik 
faktorlardan foydalaniladi.
U m um iy jismoniy tayyorgarlikda, jismoniy tarbiyaning 
ham ma bosqichlari amalga oshirilib boriladi, ammo maktab 
jism oniy tarbiyasida, ommaviy jism oniy tarbiya ishlarida 
guruhli va alohida jismoniy mashqlar shakllaridan ko‘proq 
foydalaniladi.
P ro fessio n a l jis m o n iy ta yyo rg a rlik bu — jis m o n iy
tarbiyaning maxsus jarayonidir, ya'ni yoshlarni aniq mehnat 
turiga va mudofaa faoliyatiga tayyorlashdan iborat. Bu yerda faqat 
professionallikka qaratilgan jismoniy mashqlar berib boriladi. 
Um umiy va professional jismoniy tayyorgarlikni bir-biridan 
ajratish shartlidir, chunki ular bir-birini o ‘zaro to ‘ldirishga, 
kengaytirishga, boyitishga qaratilgan (XII bobga qaralsin).
Sport tayyorgarligi — jismoniy tarbiyada asosiy y o ‘na- 
lishdan iborat. Uning vazifasi odam tanlab olgan sport bo ‘yicha 
yuqori mahoratlarga erishuvini ta’ininlashdir. Jismoniy tarbiyada 
sport tayyorgarligi keng qo'llash bosqichiga ega. Bu organizm­
ning funksional imkoniyatining takomillashuvi bilan bogliq.
Jismoniy tarbiya yana bir spetsifik yo‘nalishga ega — bu 
ham b o ‘lsa, davolash jismoniy mashg‘ulot reabilitatsiyasi, 
ya’ni sog‘liqning tiklanishidir. Uning vazifasi — ba’zi ish fao­
liyatini yo'qotgan kasal a'/.olarni jismoniy mashqlar orqali 
sog‘aytirish, tiklashdan iborat.
Jismoniy t a ’lim — jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi 
hamda pedagogik jarayon bo'lib, mazmuni harakatga o ‘rgatish 
va jismoniy madaniyat bilimlarini o ‘zlashtirishdir. Atamani 
birinchi marta P. F. Lestgoft (1837—1909) kiritgan.
Sobiq Ittifoq davrida, ya’ni 30- yillarning boshida jismoniy 
tarbiya b o ‘yicha m etodik q o 'llan m alarn i ishlab chiqarish 
bosqichi bo‘ldi. И.М.Кариконский tahriri ostida (1940- y.)
27


„Методика физического воспитания11 q o ‘Hanmasi chiqdi. 
1945-yil jism oniy tarbiya haqidagi fan, ayniqsa, gurkirab 
rivojlandi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bo‘yicha nashr 
etilgan katta darsliklar, qo ‘llanmalar vujudga keldi. V.V.Belino- 
vicli, K.X.Grantin, A.D.Novikov, L.P.Matveyev, fiziologiya 
b o 'y ic h a A .N .K restovikov, A .G .G a n d e ls m a n , V.S.Farfel, 
psixologiya bo ‘yicha A.S.Puni, P.A.Rudik. Abdulla Avloniyning, 
„Turkiy Guliston yoxud Axloq“ , Abdurauf Fitratning, ,,Oila“ 
asarlarida ham jismoniy tarbiyaga katta e ’tibor berilgan.
J is m o n iy ta rb iy a t i z im in in g d a s t u r - n o r m a t i v asosi, 
jismoniy tarbiya bo ‘yicha davlat dasturi ishlab chiqildi.
Jismoniy tarbiya dasturi maktabgacha tarbiya yoshidagi 
m u assasalarda (yasli, b o g ‘ch a), u m u m t a ’lim va maxsus 
maktablarda, o ‘rta maxsus va oliy o ‘quv yurtlari, mudofaa 
qurolli kuchlari va boshqalar mavjud.
Davlat dasturi muntazam ravishda takomillashib borib, 
har xil guruhlar uchun jismoniy tayyorgarlik darajasini bel- 
gilab boradi.
1935- yilda sobiq SSRI da birinchi bor jismoniy tarbiya' 
tasnifl yaratildi, uning mazmuni va tarkibi m a’lum darajada 
o ‘zgartirildi, takomillashib bordi, uning normalari har to ‘rt 
yilda o ‘tkaziladigan olimpiada o ‘yinlaridan so‘ng a n ’anaviy 
ravishda o ‘zgarib kelmoqda. Oxirgi to ‘rt yilda m o‘ljallangan 
tasnif xalqaro sport turlarining mavjudligi bilan birga, M DH
da yashayotgan xalqlarning a n ’anaviy milliy sport turlarining 
mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Yagona sport tasnifining talablari va normalariga asosan, 
sportchilarga quyidagi sport razryadlari va unvonlari beriladi: 
o ‘smirlarning (uchinchi, ikkinchi va birinchi) bosqichlari. Katta 
sportchilar oliy kategoriya bo‘yicha klassiflkatsiyalanadi: „III 
razryadli sportchi“ , „II razryadli sportchi“ , „ I razryadli 
s p o rtc h i“ , „Sport ustasiligiga n o m z o d “ , „Sport ustasi“ , 
„Xalqaro toifadagi sport ustasi“ , ,,Grossmeyster“ (shaxmatda).
Sport unvonlari yuksak faxrli unvonlar bo ‘lib, umrbod bir 
marta beriladi (prinsip, qoida buzilsa , olib ham tashlanadi). 
Razryad norm alari esa, har yilda bir m arta takrorlanib 
turilishi kerak, agarda takrorlanib turilmasa, u holda razryad 
o ‘z kuchini yo‘qotadi.
28


Musobaqaning turlari quyidagilar: a) territorial (chegara- 
langan) musobaqalar — bu musobaqaga tashkilotlar bosh- 
chilik qiladi; b) maxsus idoralar (mahkamaviy) musobaqalar
— bunga ko‘ngilli sport jamiyatlari boshchilik qiladi.
Territorial musobaqada — sportchi o ‘z shahri va tuma- 
nining shon-sharafini himoya qiladi. Masalan, sportchilar bir 
shaharda yashab turib, biri yoshlar va o ‘smirlar sport mak- 
tabida, ikkinchisi, boshqa jam oada, uchinchisi ,,Paxtakor“ 
yoki ,,Jar“ sport majmuyida va hokazolarda shug‘ullanadilar; 
musobaqada esa bir-birlariga qarshi bellashadilar.
Majmuiy musobaqa bu — spartakiadadan iborat. Muso­
baqalar yutish xarakteriga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
a) 
ochiq musobaqalar (bunda xohlagan sport tashkiloti 
qatnasha oladi); b) berk musobaqalar (bunga musobaqani 
tashkil etgan tashkilotdan tashqari hech kim qatnasha ol- 
maydi).
Jismoniy tarbiya tizimining ilmiy asosi ijtimoiy va tabiiy 
fanlardan iborat jismoniy tarbiya haqidagi fanni shartli ravishda 
bir necha bosqichga b o ‘lish mumkin.
20- yillar ilmiy g‘oyaga qarshilar bilan g‘oyaviy kurash 
bosqichi, tarixiy-ijodiy merosni o'zlashlirish bosqichi bo ‘ldi.
Har bir o ‘tkaziladigan musobaqa o 'z oldiga vazifa va 
maqsad qo ‘yadi: tashviqot tartibida, o'rtoqlik uchrashuvlari, 
saralab olish, tekshirish, tasnifli hamda ko'rgazmali boMadi.
Natijalarni aniqlash uchrashuvlari uch sistemada olib 
boriladi: doiraviy sistema, olimpiya sistemasi, aralash sistema.
Musobaqani o ‘tkazish ucluin tashkiliy komitet (komis- 
siya) tuziladi, bu komissiya m usobaqa nizom ini tuzadi, 
musobaqaning maqsad, vazifasini, qachon, qayerdaligini va 
boshqa komissiyalarning vazifalarini belgilaydi.
I. Xo‘jalik komissiyasi — musobaqaga joy, asbob-anjom- 
larni tayyorlaydi va qatnashchilarni yotoq, oziq-ovqat bilan 
ta ’minlaydi.
II. Tashkilotchi komissiya — musobaqa to ‘g‘risidagi afisha, 
e ’lonlarni tarqatadi. Musobaqa dasturini, taklif 
biletlarini 
tayyorlaydi. Musobaqa natijalarini, matbuot orqali ommaga 
yetkazadi.
III. Mandat komissiyasi — musobaqa qatnashchilarining 
soni va hujjatlari bilan birm a-bir tanishib chiqadi, s o ‘ng 
sportchiga musobaqada qatnashishiga ruxsat beradi.
29


IV. 
Shifokorlar komissiyasi — musobaqa qatnashchilarini 
doimo tekshirib, nazorat qilib boradi.
Bu komissiyalar musobaqa davomida va undan so'ng bosh 
hakam kollegiyasiga axborot beradi.

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling