Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jism oniy tarbiya tizimining tashkiliy asoslari
Musobaqa nizomi — bu hujjat asosida hamma uchrashuv-
lar (musobaqalar, spartakiadalar va hokazolar) olib boriladi. Unda musobaqani tashkil qilish, o ‘tkazish, qatnashuvchilar soni, qachon kelishi, sinov normalari qachon, qayerda bosh- lanishi ko ‘rsatiladi hamda g ‘oliblarni aniqlash, mukofotlash tartiblari va hokazolar belgilab qo ‘yiladi. Jism oniy tarbiya tizimining tashkiliy asoslari Jismoniy tarbiya shakllari davlat rahbarligida va jamoatchilik asosida birga olib borilishidan iborat. Davlat va jamoatchilik shakllarining birligi jismoniy tarbiyaning ikkala shaklining tashkiliy asosini yaratadi. Jismoniy tarbiyani tashkil etishning davlat shakli, maktab- gacha muassasalarda, um um ta’lim maktablarida, litsey, o ‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlarida va oliy o 'quv yurtlarida, harbiy b o iim va boshqa kategoriyadagi tashkilotlarda jismoniy mashqlar, sport mashg‘ulotlarini davlat dasturi talablariga ko‘ra o ‘tkazilishi majburiydir. D astur talablarini bajarish uchun rahbarlar, jismoniy tarbiya va sport bo ‘yicha mutaxassislar: o ‘qituvchilar, muallimlar, trener-instruktorlar davlat oldida javob beradilar. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning asosiy rahbar organi Madaniyat va sport ishlari vazirligidir. Bunga taalluqli q o ‘mitalar respublikalarda, viloyat, tuman, o ‘lka va avtonom respublikada mavjud. D avlat y o ‘li orqali, jis m o n iy tarbiya m asalalarining formalarini tashkil qilish bilan birqancha vazirlik, qo‘mita va boshqarmalar shug'ullanadi. Ulardan asosiylari: Respublika Xalq t a ’limi vazirligi (bolalar yaslisi, bog‘- chalari, u m u m ta ’lim maktablari, har xil tipdagi m aktab- internatlar, bolalar va o ‘smirlar sport maktablari); Oliy va o ‘rta maxsus kasb-hunar ta ’limi vazirligi (kollejlari, institutlar, bolalar saroylari va boshqalar). Mudofaa vazirligi (harbiy bo ‘linmalar, kollej, litseylar, maktablar, institutlar, akademiyalar). 30 Sog‘Iiqni saqlash vazirligi (meditsina bilim yurtlari va institutlari, davlat fizkultura kabinetlari, shifokor-flzkultura dispanserlari, sog‘lomlashtiruvchi muassasalar). Madaniyat ishlari vazirligi (madaniyat va istirohat bog‘lari, klublar, bilim yurtlari, institutlar). Ichki ishlar vazirligi (boMinmalar, bilim yurtlari, mak- tablar, akademiyalar). Milliy xavfsizlik xiznnati va bosliqalar. Bundan tashqari, jismoniy tarbiya ijtimoiy-ko‘ngilli, jam o atchilik asosida ham olib boriladi. Bu turning asosiy vazifasi, ommaviy jismoniy harakati jarayonini jadallashtirishdan iborat. Aholini jismoniy tarbiya va sport gn jalb etuvehi jamoatchilik shaklining amaliyoti muntazam ravishda takomillashib, uning yangi shakllari vujudga kelmoqda. Masalan, umumiy o ‘rta maktab o ‘quvchilari uchun „Umid nihollari", „Barkamol av lod universiadasi“ . Faqat oxirgi yillarda jamoatchilik jismoniy tarbiya tashki- lotlarining tashabbusi bilan qator tashkiliy shakllari vujudga keldi: „ S a lo m a tlik g u r u h la ri" , „ lla v a sk o r y u g u ruvchilar klubi“ , ,,Aerobika“ , „Salomatlik so‘qmog'i“ , „Hamma brigada bilan stadionga“ , katta yoshdagi aholi uchun „Quvnoq start- lar“ , „Charm to ‘p “ , „Oltin shayba" va bolalar uchun ko‘pgina boshqa m usobaqalar, ayniqsa, om m ab o p m usobaqalardan „Onam, otam va men — sport oilasi" keng yoyilib bormoqda. Ijtimoiy jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, akademik litsey-kollejlari, sanoat birlashmalari, davlat va jamoa xo‘jalik- lari, uy-joy ekspluatatsiyasi o'rtoqliklari (U JE O ‘lar), armiya b o ‘linmalari va hokazolar qoshida tashkil etiladi. K o ‘ngilli — jamoalarning boshlang‘ich tashkiloti, quyi jism o n iy tarbiya va sport jam o alari yoki sport klublari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bularning soni 250 mingdan ortiq bo ‘lib, 75 million shug‘ullanuvchini o ‘zida birlashtiradi. Ijti moiy jismoniy tarbiya va sport harakatini kasaba uyushmalar boshqaradi. Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling