Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/126
Sana23.11.2023
Hajmi4.31 Mb.
#1796164
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126
Bog'liq
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Musobaqa nizomi — bu hujjat asosida hamma uchrashuv- 
lar (musobaqalar, spartakiadalar va hokazolar) olib boriladi. 
Unda musobaqani tashkil qilish, o ‘tkazish, qatnashuvchilar 
soni, qachon kelishi, sinov normalari qachon, qayerda bosh- 
lanishi ko ‘rsatiladi hamda g ‘oliblarni aniqlash, mukofotlash 
tartiblari va hokazolar belgilab qo ‘yiladi.
Jism oniy tarbiya tizimining tashkiliy asoslari
Jismoniy tarbiya shakllari davlat rahbarligida va jamoatchilik 
asosida birga olib borilishidan iborat. Davlat va jamoatchilik 
shakllarining birligi jismoniy tarbiyaning ikkala shaklining 
tashkiliy asosini yaratadi.
Jismoniy tarbiyani tashkil etishning davlat shakli, maktab- 
gacha muassasalarda, um um ta’lim maktablarida, litsey, o ‘rta 
maxsus, kasb-hunar kollejlarida va oliy o 'quv yurtlarida, 
harbiy b o iim va boshqa kategoriyadagi tashkilotlarda jismoniy 
mashqlar, sport mashg‘ulotlarini davlat dasturi talablariga ko‘ra 
o ‘tkazilishi majburiydir. D astur talablarini bajarish uchun 
rahbarlar, jismoniy tarbiya va sport bo ‘yicha mutaxassislar: 
o ‘qituvchilar, muallimlar, trener-instruktorlar davlat oldida 
javob beradilar.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning 
asosiy rahbar organi Madaniyat va sport ishlari vazirligidir. 
Bunga taalluqli q o ‘mitalar respublikalarda, viloyat, tuman, 
o ‘lka va avtonom respublikada mavjud.
D avlat y o ‘li orqali, jis m o n iy tarbiya m asalalarining 
formalarini tashkil qilish bilan birqancha vazirlik, qo‘mita va 
boshqarmalar shug'ullanadi. Ulardan asosiylari:
Respublika Xalq t a ’limi vazirligi (bolalar yaslisi, bog‘- 
chalari, u m u m ta ’lim maktablari, har xil tipdagi m aktab- 
internatlar, bolalar va o ‘smirlar sport maktablari); Oliy va o ‘rta 
maxsus kasb-hunar ta ’limi vazirligi (kollejlari, institutlar, 
bolalar saroylari va boshqalar).
Mudofaa vazirligi (harbiy bo ‘linmalar, kollej, litseylar, 
maktablar, institutlar, akademiyalar).
30


Sog‘Iiqni saqlash vazirligi (meditsina bilim yurtlari va 
institutlari, davlat fizkultura kabinetlari, shifokor-flzkultura 
dispanserlari, sog‘lomlashtiruvchi muassasalar).
Madaniyat ishlari vazirligi (madaniyat va istirohat bog‘lari, 
klublar, bilim yurtlari, institutlar).
Ichki ishlar vazirligi (boMinmalar, bilim yurtlari, mak- 
tablar, akademiyalar).
Milliy xavfsizlik xiznnati va bosliqalar.
Bundan tashqari, jismoniy tarbiya ijtimoiy-ko‘ngilli, jam o ­
atchilik asosida ham olib boriladi. Bu turning asosiy vazifasi
ommaviy jismoniy harakati jarayonini jadallashtirishdan iborat. 
Aholini jismoniy tarbiya va sport gn jalb etuvehi jamoatchilik 
shaklining amaliyoti muntazam ravishda takomillashib, uning 
yangi shakllari vujudga kelmoqda. Masalan, umumiy o ‘rta 
maktab o ‘quvchilari uchun „Umid nihollari", „Barkamol av­
lod universiadasi“ .
Faqat oxirgi yillarda jamoatchilik jismoniy tarbiya tashki- 
lotlarining tashabbusi bilan qator tashkiliy shakllari vujudga 
keldi: „ S a lo m a tlik g u r u h la ri" , „ lla v a sk o r y u g u ruvchilar 
klubi“ , ,,Aerobika“ , „Salomatlik so‘qmog'i“ , „Hamma brigada 
bilan stadionga“ , katta yoshdagi aholi uchun „Quvnoq start- 
lar“ , „Charm to ‘p “ , „Oltin shayba" va bolalar uchun ko‘pgina 
boshqa m usobaqalar, ayniqsa, om m ab o p m usobaqalardan 
„Onam, otam va men — sport oilasi" keng yoyilib bormoqda.
Ijtimoiy jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, akademik 
litsey-kollejlari, sanoat birlashmalari, davlat va jamoa xo‘jalik- 
lari, uy-joy ekspluatatsiyasi o'rtoqliklari (U JE O ‘lar), armiya 
b o ‘linmalari va hokazolar qoshida tashkil etiladi.
K o ‘ngilli — jamoalarning boshlang‘ich tashkiloti, quyi 
jism o n iy tarbiya va sport jam o alari yoki sport klublari 
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bularning soni 250 mingdan ortiq 
bo ‘lib, 75 million shug‘ullanuvchini o ‘zida birlashtiradi. Ijti­
moiy jismoniy tarbiya va sport harakatini kasaba uyushmalar 
boshqaradi.

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling