Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti


Jismoniy tarbiyaning mehnat va mudofaa amaliyoti


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/126
Sana23.11.2023
Hajmi4.31 Mb.
#1796164
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126
Bog'liq
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Jismoniy tarbiyaning mehnat va mudofaa amaliyoti 
bilan bogMiqligi asosi
Bu asos jismoniy tarbiyaning amaliy ahamiyati, jamiyati- 
mizda uning amaliy o ‘rni bilan izohlanadi.
Jismoniy tarbiyaning mehnat va mudofaa amaliyoti bilan 
bog‘liqligi asosiy jismoniy tarbiya tizimi odamlarni mchnatga va 
mudofaa faoliyatiga tayyorlashda bosh va/.ifani o'taydi.
Zam onaviy harbiy texnikaning rivojlanish darajasining 
yuqori bo ‘lishi inson omilining ahamiyatini oshiradi. Shuning 
uchun harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligiga juda 
katta ahamiyat berilishi kerak.
Jismoniy mashqlar professional tayyorgarlikni almashtira 
olmaydi, ammo yaxshi harakat tayyorgarligi, yaxshi „harakat 
m aktabini“ tez o ‘zlashtirib olish, harakat faoliyatlarini va 
harbiy mutaxassislikni tezroq va yaxshiroq o ‘zlashtirishga 
imkon beradi.
Ilmiy tadqiqotlar ko'rsatishieha, zamonaviy ishlab chiqa­
rish sharoitida, jism o n iy tarbiya m eh n atn in g eng yaqin 
yordamchisi hisoblanadi. Bu —- odamlarning salomatligini 
tiklab, saqlabgina qolm asdan, yuqori m ehnat qobiliyatini 
ham tiklaydi.
3 — T. Usmonxo'jayev va 
boshq. 
33


Jismoniy madaniyat sportchi yoshlarni mehnatga tayyor- 
lashda mehnat jamoalarida ko‘nikma hosil qilishga yordam 
beradi. Awal, fizkultura va sport bilan shug‘ullangan yigit va 
qizlar uchun yangi sharoitda mehnat resurslarini o ‘zlashtirib 
olish uchun 1,5—2 martaba vaqt kam sarflanadi.
Jism oniy tarbiyaning sogiom lashtirishga 
y o ‘naltirilganligi asosi
Jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilganligi 
jismoniy tarbiyaga xosdir. Shunga ko‘ra, har qanday jismoniy 
mashqlar mashg‘ulotning aniq vazifalaridan, metodlari va 
tashkil qilish formalaridan qat’i nazar, aholining salomatligini 
mustahkamlanishiga olib keladi.
Uzoq zamonlardan buyon, shifokorlar va faylasuflar inson 
salomatligi uchun jismoniy mashqlar zarurligini aniqlaganlar. 
H arakatni b iro n -b ir dori alm ashtira olmasligi, aksincha, 
harakat faolligi ko‘pgina dorilarni almashtira olishini belgilab 
berganlar.
Arastu hakim, odam salomatligini zaiflashtiradigan narsa 
bu — bekorchilikdir, deb bilgan. Ibn Sino esa, agar jismoniy 
mashqlar bilan muntazam shug‘ullanilsa, doriga bo‘lgan muh- 
tojlik y o ‘qoladi, deb k o ‘rsatgan. Aflotunning iborasi bilan 
aytganda, „Gimnastika meditsinaning davolash qismi“ . Gippo- 
kratning mediklar uchun ,,Shikastlama“ degan asosiy buyruq- 
lari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va trenerlariga ham taalluqli.
Jismoniy tarbiya aholini sog'lomlashtirishga yo‘naltirilganligi 
asosi bizning jamiyatimiz uchun xos bo ‘lgan ijtimoiy yutuqlar 
bilan birga amalga oshiriladi: xalqning moddiy farovonligini 
oshirish; maishiy sharoitini yaxshilash; ijtimoiy gigiyenani 
rivojlantirish; salomatlikni saqlash tizimini takomillashtirish va 
uning jismoniy tarbiya bilan yaqin aloqasini amalga oshirishdan 
iborat.
34



Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling