Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy mashqlar ta ’sirini aniqlovchi omillar
Jismoniy mashqlar — jismoniy tarbiyaning asosiy xususiy
manbayidir... Jismoniy tarbiyaning hamma manbalaridan to ‘liq foydalana olganimizdagina, u yuqori natija beradi. Lekin ham m a sistemalar guruhi bir xilda emas: jismoniy tarbiya masalalarini hal etishda jismoniy mashqlar ustiga ko‘proq vazifa yuklatiladi. Bu bir qancha shartli sabablardan iborat: 1. Jismoniy mashqlar harakat faoliyatlari tizimi sifatida b o ‘lib, odamning tuyg‘u-ehtiyojiga, uni o ‘rab turgan borliqqa bog'liq. 2. Jism oniy m ashqlar jism oniy tarbiya jarayonida bu tarbiyaning ilmiy va amaliy yutuqlarini, ijtimoiy-tarixiy tajri- balarini berish usullaridan iborat. 3. Jismoniy mashqlar, organizm ning faqat funksional holatiga ta ’sir qilibgina qolmasdan, ularni boshqaruvchi shaxsga ham ta ’sir etadi. Shunday ekan, jismoniy mashqlarni, hara- katli faoliyatlar sifatida odamning jismoniy va ruhiy faoliyat- larning dialektik birligi qonuni sifatida ко1 rib chiqish zarur. 4. Pedagogik faoliyatlarning hamma turlari orasida faqat jismoniy tarbiya predmeti orqali odamni harakatli faoliyatlarga o ‘rgatish mumkin. 5. Jism o n iy m a sh q la r odam vujudi tabiiy ehtiyojini qondirishi mumkin. Jismoniy mashqlar ta ’sirini aniqlovchi omillar Bizga m a’lumki, bir xil jismoniy mashqlar har xil natija berishi mumkin yoki uning tcskarisi ham boiishi mumkin. Hamma omillar quyidagicha guruhlanishi mumkin: 1. 0 ‘qituvchi bilan o'quvchining shaxsiy xarakteri jismoniy mashqlarning natijasiga ta ’sir ko‘rsatadi. Bu yerda o ‘rgatish 37 jarayoni ikki tom onlam a — o ‘qituvchi o ‘rgatadi, o ‘quvchi o ‘rganadi, shuning uchun jismoniy mashqlarning ta ’sir etishi o ‘rganayotganga va o ‘rgatayotganga bog‘liq: axloq va iroda sifatlari, aqliy bilim darajasi, jismoniy rivojlanganligi, qiziquv- chanlik va faolligi. 2. Ilmiy omillar. Jismoniy mashqlarning qonuniyatlarini bilish darajasi bilan bogiiqlik. Jismoniy mashqlarning peda gogik, psixologik, fiziologik, biomexanik xususiyatlari qancha chuqur ishlangan b o ‘lsa, pedagogik vazifalarni hal etishda ulardan shuncha samaradorlik bilan foydalanish mumkin. 3. Jismoniy mashqlardan foydalanish davrida metodik — uslubiy omillar guruh talabalarini birlashtiradi. Bu davrda eng qulay m e ’yorga erishilgandagina, mukam m al samaradorlik boiishi mumkin. Jismoniy mashqlarni qaytalash m e ’yori qator lahzalarga bog‘liq: a) harakatlarni bajarishning davomiyligi; b) uning jadalligi, y a ’ni alohida harakatlarning bir-biriga bog‘liqligi; d) mashqlarning tez-tez qaytalanishi yoki dam olish oralig‘i- ning soni; e) qaytalash oralig‘idagi dam ning c h o ‘zilishi; f) pauza — damning xarakteri (aktivligi- passivligi); g) dastlabki holat (m asalan, oldinga engashishda q o ‘Ilarning holati). M e’yorni boshqarishda yuqorida ko‘rsatilgan talablarni hisobga olish shart. 4. Jismoniy mashqlarni sog‘lomlashtirishga y o ‘naltirish vazifasini hal etishda sanitariya-gigiyenik omillarning muhimligi (mehnat rejimi, ovqatlanish, davolanish, sanitar normalarini saqlash, yorug‘lik, shamollatish). 5. Meteorologik omillar (havo harorati, namlik, atmosfera bosimi, sham olning kuchi) inson, odatd a, bu guruhdagi omillarni boshqarish imkoniga ega emas. 6. Moddiy omillar. Moddiy ta ’minlash bir guruh omillarni tashkil etadi (sport inshootlari, asbob-anjomlar, sport kiyim- kechaklari va boshqalar). B a’zi guruh mashqlari u c h u n (ertalabki gigiyenik gimnastika) ular hal qiluvchi emas. Sport mahoratlariga erishishning asosiy omili moddiy va anjomlar bilan ta’minlanganlik bilan ham bogiiqdir. Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling