Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Download 264.24 Kb.
|
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modulli eksperiment
- Laboratoriya eksperimentida
- Matematik xisoblash ilmiy tadqiqot uslubiyati
Tabiiy eksperiment xayotiy sharoitda olib boriladi. Undan tajriba ishtirokchilar butunlay bexabar (samaraligi xam shunda) bo‘lishi xam mumkin. Masalan, bir maktabning ikki sinfidagi jismoniy tarbiya darslarida dastur materialini o‘zlashtirilishi anoanaviy o‘qitish uslullari bilan, boshqasida esa maxsus tanlangan usuliyatlar bilan olib borilib, natijani taqqoslash orqali qaysi sinfda samaradorligni yuqori bo‘lganligini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Modulli eksperiment metodidan kuzatuvchi xayotda uchray-digan oddiy sharoitdan bir oz o‘zgargan muxitda tajriba o‘tkaziladi. Masalan, muskul kuchini o‘stirishda sportga yangi kelganlar bilan ish olib borilib, ular xaftada uch marta, aloxida guruxlarga bo‘linib, birinchi guruxi yotgan shtangada mashq qilish, ikkinchi guruxi esa o‘zining tanasi oirligidan foydalanib, uchinchi guruxi faqat gantel ko‘tarish bilan maolum belgilangan muddat davomida mashq qiladi. Xar qaysi guruxning moduli aloxida (shtanga, gavdasi oirligi, gantel) mashqlar faqat yelka kamar muskullarining kuchini ortirishga yo‘nalti-rilgan. Eksperimentdan so‘ng natijalar taqqoslanib samara bergan modul va uning mashqlari, uslubiyati effekti eolon qilinadi. Laboratoriya eksperimentida shuullanuvchilar kundalik xayotiy sharoitda amaliyotida kam uchraydigan xolatda tajriba o‘tkazadi. Masalan, jismoniy tayyorgarligi teng ikki gurux olinib, ulardan birining mashuloti laboratoriyada, ikkinchi-siniki esa oddiy tabiiy sharoitda olib boriladi. Bu tajribaning qulayligi tajribaning laboratoriya sharoitida yangitdan takrorlay olish mumkin ekanligidadir. Usuliyatni salbiy tomoni tajriba o‘tkazuvchining tajribada aynan ishti-roki bo‘lib, oboektiv bo‘lmagan yakuniy xulosalarga xam olib kelishi mumkin. Matematik xisoblash ilmiy tadqiqot uslubiyati Keyingi yillarda biologiya va pedagogika fanlarida tadqiqotning matematik xisoblsh usuliyatlaridan keng foydala-nilmoqda. Xamma voqyealarning, atrofimizni o’rab olgan xar qanday jarayonlarning ikki tomoni - sifat va miqdor tomoni bo‘ladi. Maolumki, matematika voqyelarning abstrakt shakldagi miqdor tomonini o‘rganadi. Shuning uchun xam matematik usuliyatlardan foydalanishdan voz kechish tadqiqotchini masalaning faqatgina bir tomonini - sifat tomoninigina o‘rganishga, uni to‘la o‘rgana olmaslika maxkum etadi. Bunday yarim-yorti yondashish tadqiq etiladigan muammoni aniqlab tadqiqotni boshlanish etapida yo‘l qo‘yilishi mumkin xolos. Ilmiy tadqiqot xali aniqlnmagan taqdirdagina mumkin, lekin olib borishda voqyealarning barcha tomonlarini, jumladan miqdor tomonla-rini xam tadqiq etish muammosi turadi. «Fan matematikadan foydalanishga muyassar bo‘lgandagina takomiliga yetadi»- degan edi Polp Lafarg. Shunga ko‘ra jismoniy tarbiya nazariyasining tadqotlarida keyinga yillarda matematika fanlaridan foydalanilmoqda, lekin xozirgi paytda asosan matematik statistika ilmiy tadqiqot jarayoniga muxim axamiyat kasb etmoqda. Matematik statistikadan biologiya masalalarini xal etishda o‘ziga xos ravishda qo‘llanilib bometriya yoki variatsion statistika orqali amalga oshiriladi. Tadqiqot natijasida olingan materiallar tadqiqotning son va miqdor jixatlarini mujassamlashtiradi. Raqamlar, ko‘rsatkichlarni aniqligi tadqiqotchiga matematik jixatdan to‘ri va aniq fikrlar, muloxazalar chiqarishga, tadqiqot jarayoni bo‘yicha taqqoslash, umumlashtirish, aniq xulosalar chiqarishga yordam beradi. Agarda suzuvchilar yoxud basketbolchilarning eksperimental va kontrol guruxlarni yiib ularni kuch talab qiladigan mashqlar bilan shullanish mashulotlarining samaradorligi tadqiq qilinsa, shuullanuvchilarning jinsi, yoshi, sport maxo-rati darajasiga qarab nazariy fikrlarni amaldagi xolati xaqida aniq maolumotlar tayyorlash mumkin. Shuning uchun matematika fanining matematik statistikasi jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati xamda qator sport fanlarining nazariyasi va usuliyatida ilmiy amaliy masalalarni ijobiy xal qilish, o‘quv tarbiya va sport trenirovkasi jarayoni takomil-lashtirishda muxim axamiyat kasb etmoqda. Ilmiy tadqiqot usuliyatlari doimiy bo‘lmay ular o‘z o‘rinlarini yangi va progressiv tadqiqot uslubiyatlariga bo‘shatib beradi. Barcha fanlar qatori jismoniy tarbiya fanining rivoji ko‘p jixatdan ilmiy tadqiqot usuliyatla-rining rivojlanganligi natijalariga boliqdir. Download 264.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling