Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Musobaqalashish mashqlari -


Download 264.24 Kb.
bet143/155
Sana03.02.2023
Hajmi264.24 Kb.
#1149299
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   155
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Musobaqalashish mashqlari - bu sport turiga xos bo’lgan va to’liq muayyan sport turining talablariga binoan bajarila-digan yaxlit xarakat faoliyatidir. Ko‘pgina musobaqalashuv mashqlari xarakat tuzilishi bo‘yicha cheklangan va qisqa yo‘nali-shiga ega bo‘ladi; bular monostrukturali mashqlardir. Bunga tezkorlik kuchini talab qiladigan mashqlari (sakrashlar, uloqtirish, oirlikni ko‘tarish, sprint) va chidamlilikni talab qiladigan submaksimal, katta va o‘rtacha zo‘riqish bilan bajari-ladigan siklik (yugurish, suzish va boshqa) xarakatlar kiradi.
Musobaqalashuv mashqlarining kompleksi - doimiy mazmunga ega bo’lgan ikki kurash va ko’pkurashlardan iborat. Bir turdagi ko‘pkurashlarga konpkida yugurish to‘rtkurashi, to chanisi uchkurashi kirsa, turlari ko‘p ko‘p kurashlarga yengil atletika o‘nkurashi, zamonaviy beshkurash, chani ikki kurashi, «Alpomish» va «Barchinoy» ko‘pkurashlari kiradi.
Trenirovkada musobaqalashish mashqlari asosiy o‘rinni tutadi, chunki ular yordamida sport klassifikatsiyasi bilan belgilangan maxsus talablarning majmuyi yaratiladi. Biroq, bu kompleks mashulotlarda nisbatan kam qo‘llaniladi. Chunki ular organizmni tez charchatadi, xar doim xam samarali bo‘lmagan stereotiplarni mustaxkamlanishiga sabab bo‘ladi va x.k.
Musobaqalashish mashqlari mashulotlarda katta variativ-ligi bilan yajralib turishi zarur. Maxsus tayyorgarlik mashq-lari musobaqalashish xarakatlarini shakli va xarakteriga o‘xshash xarakatlarni o‘z ichiga oladi.
Masalan, yengil atletikachilarda muayyan masofaning ajratilgan qismlari bo‘yicha yugurishi, musobaqalashish kombi-natsiyasining elementlari va bo‘laklarini yoki immitatsiya mashq-larni bajarishi shular jumlasidandir. Mashqlar tanlab olingan musobaqalashish mashqi bilan qandaydir yaxlitlikka ega bo‘lgan taqdirdagina maxsus tayyorgarlik mashqlari daraja-sida bo‘lishi mumkin. Sport mashulotining qayd qilingan vositalari faqatgina jismoniy vositalar bo‘libgina qolmay, balki sportchini texnik, taktik va irodaviy tayyorlash vositasi xamdir.

    1. Sport trenirovkasi usuliyatlari

Yuqori sport maxoratiga erishishga qaratilgan barcha vositalar sport mashuloti usuliyatlariga kiradi. Xarakat faoliyatiga o‘rgatish usuliyatlari jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining umumiy asoslaridan sizga maplumdir. Bu yerda ularni sport mashulotlariga nisbatan aniqlashtirishga to‘ri keladi. Usuliyatlarning asosiy maqsadi xarakat malakalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalashga qara-tilgan. Sport mashulotida belgilangan vazifalariga ko‘ra, qatoiy reglamentlashtirilgan mashq usuliyatlarining turli xil variantlardan foydalaniladi. Trenirovka mashulotlaridagi xarakat malakalarini takomillash-tirish jarayonida standart va almashtirib mashq qilish usuliyati keng qo‘llaniladi.
Xarakat sifatlarini va organizmning funksiyalarini takomillashtirishda maqsadga muvofiq tanlangan mashqlar kompleksi, interval mashq qilish usuliyatini (navbatdagi nagruzkalar orasida belgilangan vaqtda dam olish), uzluksiz mashq qilish (dam olinmasdan mashqlar kompleksi uzluksiz bajariladi) va yuqorida qayd qilingan turli xil usuliyatlar qo‘llaniladi. Bir usuliyatning o‘zi keng vazifalarni xal qilish va sportchini tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin, masalan, yugurishda o‘zgaruvchan mashq qilish usuliyati yordamida bir vaqtning o‘zida chidamlilikni tarbiyalash, yugurish texnika-sini takomillashtirish, masofa bo‘ylab kuchni taqsimlashning taktik variantlarini mashq qilish mumkin va xokazo, yaoni bir usul orqali sportchining jismoniy, texnik va taktik tayyor-garligini amalga oshirish mumkin.
Qatoiy reglamentlashtirilgan usuliyatdan tashqari sport mashulotida musobaqalashish va o‘yin usuliyati, shuningdek, doiraviy mashq qilish metodi keng qo‘llaniladi.
Musobaqalashish usuliyatining asosini faqat raqib bilan kuch sinash emas, balki o‘z-o‘zi bilan xam musobaqalashish mashqlari xamtashkil qiladi. Shuning bilan birga mashulotga kiritilgan o‘yin usullari yordamida yuqori ruxiy ko‘tarinki-likka erishiladi, fikrlash qobiliyati, qo‘yilgan maqsadga erishish, irodasi va qatoiyyati rivojlanadi.

Download 264.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling