Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Download 264.24 Kb.
bet53/155
Sana03.02.2023
Hajmi264.24 Kb.
#1149299
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   155
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Tanishtirish etapida so‘zdan foydalanish va ko‘rgazmali xis qilish usuliyatlari nisbatan xarakterlidir. Xarakat fao-liyatini to‘la yoki bo‘laklarga ajratib o‘qitish usuliyatidan xam foydalanish mumkin (keyingi boblarda o‘rganamiz).

    1. Xarakat faoliyatini o‘zlashtirish etapi va uning mazmuni

Taolim jarayonining bu etapining asosiy vazifasi - xarakatni bajara olish (o’rganish), uni takomillashtirish va ko‘nikmani vujudga keltirishini o‘z ichiga oladi.
Bu etapning asosida xarakat faoliyati tarkibida ajratib olingan ayrim xarakatlarni va xarakat faoliyatini to‘laligicha, ko‘p marotalab takrorlash, mashq qilish jarayoni yotadi. Xar bir takrorlash tashqi tomondan bir xilday ko‘rinsa-da, xar safar-gisining mazmuni oldingisidan «takrorlash-takrorlashsiz», «mashq qilish-mashq qilishsiz» takrorlangandek bo‘ladi. Aynan shundagina yangi xarakat faoliyatining shakllanishi mezoni, poydevori yashiringandir.
Takrorlash jarayonini shartli ikki bosqichga ajratish maqsadga muvofiqdir:

  1. xarakatni bajara olishning malakasini vujudga keltirish;

  2. xarakatni bajara olishni takomillashtirish.

Malakaning vujudga kelishi bosqichi malakaning asosiy variantining, birlamchi shakllanishni taominlasa, faoliyat-ning bajarilishi esa xarakat malakasi paydo bo‘lishining texnikasining belgilari bilan boliq. Shu sababli o‘qituvchini xarakat texnikasining asosini va yetakchi xarakatlarni o‘rga-tishi, bajarishda muskullarning ortiqcha taranglashishi, kerak-siz xarakatlarning paydo bo‘lishini oldini olishi, ogoxlan-tirishi lozim bo‘ladi.
Agarda yangi xarakat faoliyati oldin o‘zlashtirilganlarga o‘xshash bo‘lsa, uni o‘zlashtirish uchun bir yoki ikki urinishning o‘zi kifoya. Chunki stabil, muxim koordinatsiyaviy mexanizmi-ning fondi, boyligi qancha keng va ko‘p bo‘lsa, o‘quvchining xarakat tajribasi shuncha yuqori bo‘ladi va osonlik bilan yangi xarakat faoliyatini o‘zlashtirib oladi.
Xarakatni bajarishning takomillashgan pallasi xarakat malakasining asosiy variantlarini shakllanishi bilan xarak-terlanadi va xarakat malakasining ayrim xususiyatlari xisobiga ro‘y beradi.
Nisbatan murakkablik (qiyinchilik) bilan bajariladi deb xisoblanadigan ayrim xarakatlar, ularning fazodagi aniqligiga qarab va bajarish vaqtining davriga qarab bir oz buzilishi mumkin. Shuning uchun o‘qitishning asosiy vazifasi xarakat texnikasi asosini mustaxkamlash bo‘lib, uning ijro-sida stabillikga erishishdan iboratdir.
Xarakat faoliyatini o‘zlashtirish etapida taolimning barcha metodlaridan keng foydalaniladi:

  • so‘zdan foydalanish (tushuntirish, vazifa, ko‘rsatma berish, buyruq kabi);

  • ko‘rgazmali xis etish (vositali, vositasiz ko‘rsatmali-lik);

  • amaliy metodlar: bo‘laklarga ajratib yoki xarakatni bir butunligicha o‘rgatish bilan mashqlarni bajarish, o‘yin va musobaqa metodlari.

Bular orasida amaliy metodlar asosiy o‘rinni egallaydi. Bu etapda asosan xarakatlardagi xatolarni aniqlash va ularni tuzatish muximdir. Taolimning yutui xam ana shu muammoni xal etilishiga boliq.

Download 264.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling