Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Download 3.22 Mb.
|
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х
Ikkinchidan – nagruzka bilan dam olishni ratsional almashtirish muammosini xal etishda tiklanish jarayoni fazali ekanligini xisobga olishimiz, navbatdagi nagruzka tiklanish-ning qaysi fazasiga to‘ri kelayotganligini, chunki o‘sha nagruzkaning samarasi qaysi fazaga tushganligiga qarab turlicha bo‘lishini unutmasligimiz kerak. Agar nagruzkalar orasidagi interval cho‘zilib ketsa «tiklanish» fazasiga to‘ri kelmasa, amalda funksional imkoniyatlar oshmaydi. Agar navbatdagi nagruzka qayta tiklanib ulgurmagan fazaga to‘ri kelsa, pirovard natijasi funksional imkoniyatlarning pasayishiga xamda oxir-oqibat charchashga olib keladi. Lekin nagruzka “yuqori tiklanish” fazasiga mos kelib qolsa, uning xajmi va intensivligini oshirish uchun imkoniyat yaratiladi va shu tariqa ish qobiliyati doimiy ortib boradi. Shunga eotibor berish kerakki nagruzka bilan dam olishni o‘rin almashti-rilishi xar bir mashulot davomida olib borilmasligi kerak degan tushuncha paydo bo‘lmasligi kerak.
Qator mashqlarni, ayniqsa, chidamlilikni rivojlanti-rishga yo‘naltirilganini qisman qayta tiklanib ulgurmagan fonda bajarishga ruxsat etiladi, xatto uni maqsadga muvofiq deyish xam to‘ri bo‘ladi, chunki ish qobiliyatining oshishi charchash orqali amalga oshiriladi. Bu fikrni aloxida turkum mashulotlar uchun xam aytish mumkin. Organizm to‘la tiklan-magan sharoitda qator mashulotlar o‘tkazib, biz ularning effektini to‘plagandek (yiqqandek) bo‘lamiz va bu bilan organizmga nisbatan qattiq talablar qo‘yamiz, navbatdagi dam olish davridagi kuchli tiklanish uchun yetarli stimul yaratamiz. Dam olishning intervali bu turkumdagi mashulotlar uchun, albatta, ish qobiliyatining umumiy tiklanishi “yuqori tikla-nishi” uchun yetarli darajada katta bo‘lishi lozim. Qayta tiklana olmaganlik fonida axamiyatli darajadagi yuklamadan shuullanuvchilarning muvofiq ravishdagi dastlabki tayyorgarligidan so‘ng foydalaniladi. Turkumli qayta tiklana olmaganlik fonida o‘tkazilgan mashulotlarning effekti yi-indisiga nisbatan extiyotkorlik zarur. Bu tizimdagi nagruz-kalar asosan sport trenirovkalari uchun xarakterlidir. Yana bitta aniqlik kiritaylik. Amaliyotda nisbatan abstrakt va soddalashtirilgan tiklanish va bir xil tipdagi nagruzka jarayonining grafigiga duch kelamiz. Xayotda, jismoniy tarbiya praktikasida nagruzka doimo xarakteriga ko‘ra (kuch, tezlik, chidamlilik va x.k.) intensivligi xajmiga ko‘ra navbat-lashadi. Tiklanish jarayoni turlicha bo‘lgan organ va sistema-larda bir xilda va bir vaqtning o‘zida bormasligi eotibori-mizda (geteraxron tarzida) bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, xatto bir turdagi funksional tuzum chegarasida xam turli funksional xususiyatlar tiklanishida xam geteroxronlik kuzatiladi, giteroxronlik bilan boliq bioximik jarayonlar-dagi tiklanish xam teng amalga oshmaydi. Masalan, muskulni energiya potensialining tiklanishida avvaliga ATFning miq-dori normallashadi, so‘ngra kreotinfosfat va nixoyat, glikogen o‘z normasiga qaytadi, bu xarakat apparati ish qobiliyati tiklanishining bir vaqtning o‘zida, ayniqsa, turli xarakter-dagi ishni bajargandan so‘ng ro‘y bermasligini ko‘rsatadi. Mashulotlar ketma-ketligi va ularning mazmunini turli tomonlarining o‘zaro boliqligi, mashulotlarning optimal ketma-ketligi muammosi, kuchiga yarashalilik muammosi bilan uzviy boliq. Xaqiqatdan xam jismoniy tarbiya jarayonida bir yo‘lni tanlash bilan biz shuullanuvchilarning imkoniyatlari va ularning rivojlanish qonuniyatlari bilan xisoblashishga maj-burmiz, yaoni shu etap uchun nimani uddalay olamiz-kuchimizga yarasha, keyingisida nimadan iborat bo‘lishi lozimligini belgilab olamiz. Shunday qilib, kuchiga yarashalilik ketma-ketlikni shart qilib oladi. Ketma-ketlilik muammosi kuchiga yarashalilik muammosiga borib taqalmaydi. Ularning qay yo‘sinda borishi, jismoniy tarbiyaning qaysi etapida qanday yo‘l tutish lozimligini aniqlash, nima uchun kuchiga yarashalilik tanlandi, ularni qaysinisini yo‘lidan borish maqsadga oson olib boradi? Mana shu savollarga beriladigan javob orqali optimal ketma-ketlilik muammosi xal qilinadi. Avval aytib o‘tilgandek, taolim va tarbiya jarayoni yo‘lini tanlashda rioya qilinadigan qoidalar – maolumdan nomaolumga, osondan qiyinga, oddiydan murakkabga bo‘lib, bu qoidalar ketma-ketlikning ayrim shartsiz komponentlari ekanligini ifodalaydi va shuning uchun unga kiritilishi lozim bo‘lgan qo‘shimchalar konkretlashtirilishi zarurligi ko‘rsatilib o‘tilgan.Agar jismoniy tarbiya jarayoni to‘laligicha nazarda tutilsa, umumiy materialning asta-sekinligi, biologik yosh rivojlanishi qonuniyatlari va keng umumiy jismoniy maolu-motdan, nisbatan chuqurlashtirilgan, ixtisoslash-tirilgan Mash-ulotlarga o‘tish, keyinchalik umumiy tayyorgarlik bilan birga-likda qo‘shib olib borish mantiqan to‘ri xisoblanadi. Maolumki, jismoniy tarbiyaning turli vositalaridan foydalanish uchun biologik fundament birdaniga vujudga kelmaydi. Xammadan avval xarakat koordinatsiyasi va tezkor-likni belgilovchi funksiyalar xal qilinadi, so‘ngra maksimal kuch sifatlari va undan keyinroq chidamlilik namoyon qila olishning chegaralari vujudga keladi (V.S. Fafelp, N.V. Zimkin, I. Nekker va boshqalar). Shunga muvofiq, jismoniy tarbiyaning dastlabki etapla-rida koordinatsiya talab qiluvchi mashqlar, tezkorlik qobiliyati uchun, so‘ngra kuch talab qiluvchi mashqlarning miqdori va xajmi oshiriladi va oxirida chidamlilikni rivojlantirishga yuqori talab qo‘yuvchi mashqlarni bajarish uchun mashqlar tavsiya etiladi. Albatta, bundan jismoniy sifatlar navbatma-navbat tarbiyalanar ekan, degan xulosa chiqarmasligimiz kerak. Jismo-niy tarbiya jarayoni xar doim xar tomonlama bo‘lishi zarur, gap shuullanuvchi yoshining rivojlanishi qonuniyatlarini qo‘llab, aksentini ketma-ket shu jarayonning turli tomonlariga qara-tish xaqida bormoqda. Umumiy keng jismoniy bilimlar beradiganlardan ixtisoslashtirilgan mashulotlarga o‘tish qonuniydir. Dastlab keragicha asosan amaliy faoliyat turlarining elementar asosini tashkillovchi turli-tuman xarakatlar (eng sodda gimnastika xarakatlari, mashqlari, asosiy xayotiy zaruriy xarakatlar – yurish, yugurish, sakrashlar, to‘siqlardan oshishlar, uloqtirish va x.k.lar) o‘zlashtiriladi. Shu asnoda sport yoki professional faoliyat turi bo‘yicha ixtisoslik tanlanadi. Jismoniy tarbiya jarayonining turli etaplarida materi-alni ketma-ketligi ko‘pincha, konkret shart-sharoitlarga boliq. Nazarda tutilgan xarakat faoliyatlari turlari orasidagi oboektiv boliqlikning mavjudligi, ulardan biri-biriga uzatiladigan, o‘tadigan elementlarning borligi va mos kelishi, o‘zlashtirilishi, mustaxkamlash, takomillashtirishni osonlash-tiradi. Xar qanday konkret xolatda materialni o‘qitish tartibi tizimini shunday tanlash kerakki, ular faoliyatlarning o‘zaro optimal aloqasini tiklashga va ularning ulanishiga yordam bersin. Bu bilan amaliyotda xarakat malakasini va jismoniy sifatlarni “ko‘chishi” deb atalishi qonuniyatidan foydalanish-ning axamiyati ortadi, qaysiki u taolim va tarbiya jarayonida xam ijobiy, xam salbiy bo‘lishi mumkin. Jismoniy mashqlar bilan shuullanish mashulotlar-ning tizimini tuzayotib, xarakat malakasi va jismoniy sifatlar- ning “ijobiy ko‘chishi”ni maksimal darajada bo‘lishini va imkoniyati boricha, “salbiy ko‘chish”ni tormozlovchi taosirini yo‘qotish ustida ishlash lozim. Demak, salbiy effekt beruvchi “ko‘chishdan” umuman yuz o‘girish kerak degan xulosaga kelmasli-gimiz zarur. Jismoniy tarbiyaning mazmuni xayotdan kelib chiqadi, uni turmush talabi belgilaydi, xayotiy amaliyotda esa jismoniy sifatlarning turli darajada rivojlanganligiga, undan xam turlicha bo‘lgan xarakat malakalarini egallagan bo‘lishligimiz, shular qatori, kerakli malakalarga qarshilik ko‘rsatuvchilarga xam ega bo‘lmoimiz lozim. Xarakat malakala-rining mustaxkamlanishi, bir tartibga kirishi natijasida jismimiz va uning turli tizimlarida “salbiy effekt” beruvchi malakalarni xam osonlikcha yenga oladigan imkoniyatlar yuzaga kela boshlaydi, bu o‘z navbatida, umumiy o‘sishni, rivojla-nishni boshqachasiga progressning vujudga kela boshlanayotgan-ligidir. Misol uchun, chidamlilikning rivojlanishi vaqtincha-lik kuch va tezkorlikning susayishi bilan kuzatilishi mumkin. Keyinchalik bu o‘z navbatida u yoki bu sifatning rivoji uchun baza yaratadi boshqacha aytganda, jismoniy sifatning rivoj-lanishi, takomillashishi organizmning funksional imkoniyat-lari oshishining umumiy foni sodir bo‘ladi. Yuqorida qayd qilinganidek, tormozlovchi faoliyatning “salbiy ko‘chishi”ni chegaralovchi va uni ijobiy faktorga aylantirish muammosi xaqida gapirdik. Bu muammoni, eng avvalo, bir-biriga salbiy munosabat ko‘rsatayotgan mashqlarni vaqti-vaqti bilan (ularning xajmini, vaznini va x.k.larini) xamda muvofiq mashqlarni, ularning navbatlashuvini jismo-niy tarbiya jarayonining turli etaplarida, oz bo‘lsada, yaqin-lashtirish, o‘xshash tomonlarini topish bilan xal qilinadi. Mashqlarni navbati (birin-ketinligi) ularning tuzilishi va qiyinligiga muvofiq belgilanadi. Nisbatan murakkab bo‘lma-gan va murakkab mashqlar, qoidadagidek nisbatan ancha qiyin va birmuncha qiyinlari tarkibiga kirib, butunning bo‘lagini (qismini) vujudga keltirib qo‘yilgan maqsad xal qilinishi amaliyotda isbotlangan. Optimal ketma-ketlikdagi mashulotlar va mashqlarni xar bir mashulot chegarasi aynan shu mashulot uchun tanlash xarakteriga ko‘ra turli nagruzkalarning natijasi (taosiri)ni xisobga olishning axamiyati juda kattadir. Tajribada (S.P. Letunov, N.N. Yakovlev va boshqalar) isbotlashganki, tezkorlik xarakteridagi nagruzka, chidamlilikni talab qiluvchi nagruzka-larga qulay fiziologik fonni vujudga keltiradi. Oxirgisi shunday fon qoldiradiki (albatta, nagruzka axamiyatli darajada bo‘lgan bo‘lsa), bir necha soatlar davomida tezkorlik mashqlarini bajarishga salbiy taosir ko‘rsatishi mumkin. Aniqlanganki, tezkorlik nagruzkasi kuch talab qiladigan mashqlar bilan yaxshi navbatlashadi, bu o‘z navbatida ijobiy natijaga olib keladi (N.N. Yakovlev, V.M. Dyachkov va boshqalar), ijobiy natija ol-din kuch talab qiladigan mashqlardan, so‘ng, tezkorlik talab qi-ladigan mashqlar ketma-ketligida bajarilsa sodir bo‘lishi isbotlangan. Yuqorida taokidlanganidek, nagruzkalarning tartibi, ularning quyidagi yo‘nalishiga qarab: kuch, tezkorlik- chidamli-likka yoki tezkorlik, kuch-chidamlilik deb belgilanishi lozim. Bu aloxida mashulotlar ichidagi mashqlar ketma-ketligi uchun xam, xaftalik mashulotlarning yo‘nalishini yoki uzunligiga ko‘ra yaqin bo‘lgan sikllarda mashqlarni, mashulotlarning tartibini o‘zgartirish uchun xam to‘ri keladi. Bunda, chidamli-likni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashulotlardan so‘ng aktiv va passiv dam olishning shunday intervali nazarda tutiladiki, navbatdagi tezkorlik yoki kuch talab qiluvchi xarakteridagi mashqlarga ularning zarur bo‘lmagan taosirlari bo‘lmasligi kerak. Ko‘rsatilgan tartib ko‘p xollarda o‘zini oqlagan, lekin u albatta yagona va maqsadga muvofiq emas. Chunki, mashulotlar va mashqlarning ketma-ketligi qator konkret sharoitlarga, shu qatorda shuullanuvchilar kontingentining xususiyatlari va jismoniy tarbiyaning u yoki bu etapidagi mashulotlarning umumiy yo‘nalishi, qo‘llanilayotgan nagruzkalarning kattaligi va ularning dinamikasi xususiyatlari va shu kabilarga boliqdir. Bunday shart-sharoitlarni xisobga olib, ularni qo‘llash uchun maqsadga muvofiq yo‘lni tanlash albatta, oson emas. Xozircha bu muammoni barcha detallari bilan xal qilish ancha mushkulligicha qolmoqda. Vaqti kelib, so‘zsiz ravishda aloxida mashulotning o‘zini yoki mashulotlar tizimini to‘laligicha programmalash-tirish imkoniga ega bo‘lamiz. Albatta, soxa bo‘yicha katta shijoat bilan programmalashtirish va modullashtirishning asosli ravishdagi kibernetik uslubiyatini yaratish va qo‘llash ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Download 3.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling