Jismoniy tarbiya sport nazariyasi
I.BOB Asosiy tushunchalar
Download 0.78 Mb.
|
KURS ISHI Javlon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sablya
- 1. Qilichbozlarni tayyorlashning tuzilishi 1.1. Qilichbozlikdagi musobaqa faoliyatining umumiy tavsiflari
I.BOB
Asosiy tushunchalar Rapira-uzunligi-110 sm; ogʻirligi-500 g. Musobaqasida elektron, gavda va ko‘krak qafasi yopuvchi nimchaga kiyiladi. Faqat unga sanchilgan ukol haqiqiy deyiladi va hisobga olinadi va yana ikkala ishtrokchilarda ham maxsus chirog‘i yonsa unda faqat hujum (qilichbozlik tilida ataka) qilgan ishtrokchiniki hisoga olinadi. Ko‘p holatlarda bahslar vaqt tugaguncha olib boriladi. Sablya-uzunligi-105 sm; og‘irligi-500 g. Musobaqasida gavdaning beldan yuqori qismiga. Shpaga-Italyan tilidan olingan bolib. Bu sovuq quroldir. To‘g‘ri yassi yoki uchburchakli tutqili tig‘. XVI asrda keng tarqalgan bo‘lib u zodagonlarni ajratin tiruvchi quroli hisoblangan. Uzunligi-110 sm, og‘irligi-770 g, u eng og‘ir qurol. Uning 135 millimetrli gardasi bilan ishtirokchi qo‘lini yaxshi yopib turadi. Shpaga qirralaring kengligi 24 mmdan 3 ta bo‘ladi. Shpaganing uch qismida knopaga o‘xshash murakkab tuzilishga ega moslama bor u agarda raqibga tegsa maxsus chiroq yonadi. Agarda u yerga, maxsus qilichbozlik yolagiga va shpaga gardasiga tegsa yon tomondagi kichik sariq chiroq yonadi va u hisonlanmaydi. Musobaqasida ishtrokchilar raqibining hohlagan joyiga oyog‘idan to boshiga qadar sanchish (ukol) haqiqiy deb hisobga olinadi. Shpaga eng qiyin turdan bittasi hisoblanadi. Shpagada agarda ikkala ishtirokchini ham maxsus chirog‘i bir vaqtda yonsa ikkala ishtirokchiga ham bal hisoblanadi. 1. Qilichbozlarni tayyorlashning tuzilishi 1.1. Qilichbozlikdagi musobaqa faoliyatining umumiy tavsiflari Zamonaviy qilichbozlikda jangni olib borish tizimi rapirada, sablyada va shpagada qurol tig‘i bilan harakat amallari tarkibini va harakatlar usulini shakllantirish tamoyili yagona bo‘lganligi tufayli, ularda jang olib borishni birlashtiradigan umumiy belgilari mavjud. Undan tashqari, qilichbozlarning qarama-qarshi turib kurash olib borishlari, ishtirokchilarnlng psixik va harakat xususiyatlariga ko‘p holatlarda analogik talabiarni qo‘yadi. Shuning uchun, texnika va taktikani baholash mezoniarini belgilovchi ixtboslashgan faoliyat tavsiflarini ajratish qilichbozlikning barcha turlarida ta’lim va trenirovka uslubiyotini takomillashtirisls imkonini beradi. 1. Qurol tig‘i bilan harakat qilishning ko‘p muolajaligi va ularning xilma-xil turlari o‘rtasidagi o‘zaro o‘rin almashish imkoniyatlari. 2. Hujum va hujumga qarshilik ko‘rsatish, ularni tayyorlash usullarini to‘g‘ri tanlash. 3. Jangovar harakatlarni qo‘llashni ta’minlovchi jang ishtirokchilarining psixik xususiyatlari va imkoniyatlarini namoyon qilish xilma-xilligi. 4. Holatlarni katta miqdorda bo‘lishining kutilmaganligi. 5. Taktik niyatlar o‘rtasida izlanishning ayirganligi. 6. Taktik axborot manbalari va usullari o‘rtasidagi farqlar. 7. Qilichboziik turlarida jang olib borish paytidagi texniktaktik ustuvorliklar. Musobaqa faoliyatini takomillashtirish uchun obyektiv shartsharoitlarni hisobga olish, mashqlarni tanlash va ularning yo‘nalganligini texnik-taktik va funksional trenirovkaning alohida komponentlariga ajratish, ularni ancha samarador qiladi. Qilichbozlik turlarida jangni olib borish texnikasi va taktikasi hujumlarning natijaviyligiga erishish va hujumga qarshi harakatlardagi - sanchish yoki zarbani bajarish usullaridagi, o‘zaro hujumlar paytida harakatlarning natijaviyligini baholash mezonlaridagi, ishtirokchilarning zarba beriladigan sohalari kattaliklaridagi farqlar tufayli o‘ziga xos bo‘ladi. Ajratilgan reglamentlar, ularni amalga oshirish uchun taktik niyatlar va texnik usullarni tanlashni belgilaydi. Demak, harakat amallari va trenirovka usullari tarkibini tanlashda, harakatlar va holatlarni bellashuvda, jangda va musobaqalarda qo‘llash uchun ularning samaradorligini tahlil qilish zarur. Texnik-taktik ustuvorliklar ichida qurol tig‘i bilan harakatlarning tipik ko‘nikmalarini va harakatlanishlar usullarini, sportchilarning psixik xususiyatlarini alohida ixtisoslashgan shaklda namoyon qilinishlarini, bazaviy harakatlar va eng ko‘p qo‘llaniladigan holatlarini ajratish zarur bo‘lib, ularning ichida quyidagilar ajratiladi: - qurol tig‘ining dastlabki holati va harakatlari, jangni boshlashdan oldingi masofalar; - hujumlar va hujumlarga qarshi harakatlar; - qilichboziik turi uchun xarakterli bo‘lgan holatlar. Quyidagi holatlarni ham hisobga olish zarur, masalan: - alohida maxsus bilimlarning samaradorligini; - hujumlar va hujumlarga qarshi harakatlar xilma-xilligining qiyosiy ahamiyatini, tayyorgarlik usullarini; - musobaqalar reglamenti bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tanlangan harakatlami (“taktik haqlik”, “oldinroq harakat qilish vaqti”, o‘zaro hujumlami baholash, sanchish yoki zarba sektori va b.) qo‘llash natijaviyligini boshqaradigan omillarning ta’sirini. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling