Jismoniy tarbiya sport nazariyasi


Qurol tig‘i bilan harakatlanishlar texnikasi


Download 0.78 Mb.
bet3/15
Sana11.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1088748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KURS ISHI Javlon

Qurol tig‘i bilan harakatlanishlar texnikasi. Asosiy talablar tajribani umumlashtirish asosida ajratiladi va qurol tig‘ini boshqarish uchun mashqlarning mazmunini va yo‘nalganligini belgilaydi.
Masalan, pozitsiyalar va biriktirishlami takomillashtirish, pozitsiyalami va biriktirishlarni (sanchishlar yoki zarbalami, zarbani urib qaytarishni, sanchish yoki zarbani ko‘rsatishni, batmanlar va ushlab qolishlarni) o‘zgartirishlar orqali, ularni bajarishning quyidagi detallarini o‘zlashtirishga e’tiborni qaratish kerak:
- qurollanganlar bajarishning quyidagi detallarini o‘zlashtirishga e’tiborni qaratish kerak: mashqlarning mazmunini va yo‘nalganligini belgilaydi. Masalan, pozitsiyalar va biriktirishlami takomillashtirish;
- sanchishlar (zarbalar)da, himoyalanishda, qurol tig‘ini pozitsiyaga qaytarishda qurollangan qo‘l harakatlarining to‘g‘ri chiziqliligiga;
- sanchishlami (zarbalarni) amalga oshirish, fintlar, batmaniar va ushlab qolishlar, himoyalanishlar paytida qurol tig‘i bilan harakatlarning tezkorligiga;
- sanchishlami (zarbalami) amalga oshirish momentida, oppozitsiyalarni bajarish paytida gavdaning standart final holatlariga;
-zarbalarni (qilich) amalga oshirish paytida tig‘ni zarba beriladigan yuzaga yo‘naltirilishiga;
- yelka bo‘g‘imidagi erkin harakatlarga;
- sanchishni (qilich) amalga oshirish paytida momentni fiksatsiya qilinishiga;
- sanchishlarni (zarbalami) amalga oshirish, himoyalanishlarni, o‘tkazishlarni (olib o‘tishlarni), batmanlarni, ushlab qolishlarni bajarish momentida qo‘l kafti va barmoqlarining ma’lum darajadagi kuchlanishlari bilan rapiraning (qilichning, shpaganing) dastasini ushlashga;
- sanchishlarni (zarbalarni) amalga oshirishdan oldingi qo‘shimcha harakatlarning bo‘lmasligiga.
Texnik usullar va jangovar harakatlarni bajarishning yuqorida nomlari qayd qilingan elementlarining har biri aniq e’tiborni, davriy nazoratni va takomillashtirishni talab qiladi.
1.2. Mashg‘ulotlarni tuzib chiqishning tamoyillari
Zamonaviy qilichbozlikda sport mashg‘ulotlari tizimining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘z tarkibida mashg‘ulotlarning struktura tuzilishiga tegishli qonuniyatlar va har bir qurol turi bo‘yicha musobaqa faoliyatini amalga oshirishning o‘ziga xos jihatlarini o‘zida ifodalovchi aniq turdagi nazariyalar va uslubiy tartib-qoidalarning mashg‘ulotlar jarayonida ro‘yobga oshirilishi darajasi bilan belgilanadi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling