Jismoniy tarbiya sport nazariyasi


Harakatlar tarkibi, taktik tarkibiy qismlar va ularning tayyorlanishi va jang davomida qo‘lanilishining individuallashtirilishi


Download 0.78 Mb.
bet5/15
Sana11.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1088748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KURS ISHI Javlon

4. Harakatlar tarkibi, taktik tarkibiy qismlar va ularning tayyorlanishi va jang davomida qo‘lanilishining individuallashtirilishi
Qilichbozlarni yakka kurash vositalari bilan qurollantirish ma’lum bir aniq harakatlarga oid va ruhiy sifatiarning namoyon bo‘lishiga moyillik darajasini, ayniqsa, sportchilar tana tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish asosida amalga oshirilishi nisbatan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu sababli, turli xildagi harakatlar va taktikalardan foydalanish hajmini optimallashtirish va ulardan janglar davomida sportchilarning yakka tartibdagi ko‘rsatkichlari (morfologik, harakatlarga oid va ruhiy) bo‘yicha foydalanish musobaqa faoliyatida nisbatan o‘ziga xos samarali uslublarning shakllanishi jarayonini tezlashtirish imkonini beradi.
5. Yillik sikl tarkibida asosiy hisoblangan musobaqalarda qilichbozlarning ishonchli darajada chiqish qilishlarini ta ’minlash uchun, ularda zahira funksional imkoniyatlarini yaratish
Qilichbozlikda texnik va taktik takomillashish sportchilarning harakatlarga oid va ruhiy jihatlariga turli xilda ta’sir ko‘rsatishi qayd qilinadi.
Shu sababli, talab qilingan funksional tayyorgarlik darajasiga erishishni qaror toptirish, mashq qiluvchilarning holatini yuqori darajada harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan zo‘riqish holatlari qayd qilinuvchi sharoitga moslashtirish imkonini beruvchi yuklamalar turlari va ularning jadalligi darajasi, hajmi o‘rtasidagi ma’lum bir aniq nisbatlami belgilash asosida ro‘yobga oshiriladi. Biroq, ishonchli darajada chiqish qilishni ta’minlash uchun, mashg‘ulotlar yuklamalarini musobaqa yuklamalariga nisbatan qiymati biroz ortuvchi tavsifda modellashtirish sharoitida amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi, ya’ni mashq qiluvchilarda zahira funksional imkoniyatlar yaratilishi qayd qilinadi.
6. Texnik va taktik tayyorgarlik vositalaridan foydalanish sharoitida qilichbozlarga ta’sir ko'rsatishning majmuaviy tavsifi
Qilichbozlikda texnika va taktikani o‘zlashtirish davomida foydalaniluvchi mashqlar sportchilar organizmiga turli xilda ta’sir ko‘rsatishi qayd qilinadi. Shunday qilib, maksimal tezlikda hujum harakatlarini bajarish texnikaga qo‘yiluvchi ma’lum bir aniq talablarni beigilab beradi. Shuningdek, bunda bir vaqtning o‘zida ixtisoslashtirilgan tezlik hisobga olinishi zarur hisoblanadi, maksimal tezlikda ushbu harakatlarni ko‘p marta takroriylikda bajarish sportchilarda chidamlilik va irodaga oid sifatlarning namoyon bo‘lish darajasini oshirishga yo‘naltiriladi. Shu bilan bir vaqtda, murabbiy (hamkor) tomonidan turli xil signallardan foydalanish axborotlar, harakatlarga tegishli reaksiyalarning qabul qilinishi, his qilinishi va anglab yetilishini takomillashtirish imkonini beradi.
Shu sababli, ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lgan tavsiflarga ega mashqlardan foydalanish mashq qiluvchilarning har tomonlama tayyorgarligi darajasi oshirilishini ta’minlaydi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling