Jismoniy tarbiya sport nazariyasi
Sportga oid takomillashish jarayonida
Download 0.78 Mb.
|
KURS ISHI Javlon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kvalifikatsiya darajasi, yakka tartibdagi texnik, taktik va shaxsiy tavsiflari bo‘yicha o‘zaro farqlanishlar hisobga olinishi sharoitida, sparingda ishtirok etuvchi hamkorlarning tarkibini jamlash
9. Sportga oid takomillashish jarayonida, shuningdek, yosh qilichbozlarning yoshga oid tayyorgarlik bosqichlarida mashqlarning murakkabligi, hajmi va jadalligining ortishi
Qilichbozlarning ta’lim olish yillari bo‘yicha, shuningdek, ularning kvalifikatsiya darajasi ortishi bo‘yicha musobaqalar sonining ham ortishi kuzatiladi va o‘z njavbatida, ushbu musobaqalar ishtirokchilarining harakatlarga oid va ruhiy jihatdan tayyorgarligi tarkibiy qismlariga qo‘yiluvchi talablar darajasi ham ortadi. Shuningdek, usullar va taktik ko‘nikmalarning sifat tarkibi ham o‘zgarishi qayd qilinadi, bu holat mashqlarning hajmi, jadalligi va murakkablik darajasining ortishini belgilab beradi. 10. Kvalifikatsiya darajasi, yakka tartibdagi texnik, taktik va shaxsiy tavsiflari bo‘yicha o‘zaro farqlanishlar hisobga olinishi sharoitida, sparingda ishtirok etuvchi hamkorlarning tarkibini jamlash Qilichbozlarning texnik va taktik jihatdan takomillashtirilishi o‘z tarkibiga mashg‘ulotlarga va musobaqaga tegishli janglarni o‘tkazish uslubiyatini qamrab qoladi, bunda muhim tarkibiy qimslardan biri - bu mahoratning alohida bo‘limlarini o‘zlashtirish jarayonida faol tarzda ta’sir ko‘rsatish maqsadida, sparingda ishtirok etuvchi hamkorlarni tanlab olish bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Bundan tashqari, turli xil hamkorlardan foydalanish raqiblarning jang manyovrlarini modelhshtirish asosida va o‘tkaziluvchi rasmiy turnirlarda ular ustidan g‘alabaga erishishga olib keluvchi ruhiy qaror topishlarni shakllantirish maqsadida, ma’lum bir aniq raqiblar bilan jang olib borishga tayyorgarlik ko‘rishni osonlashtiradi. 11. Qilichbozlarning muvofiqlikdagi yoshi va jinsiga bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari, ularning kvalifikatsiya kо‘rsatkichlari asosida mashg‘ulotlarda pedagogik ta’sir ko‘rsatish vositalari turlari ustuvorligini belgilash Ayniqsa, boshlang‘ich ixtisoslashtirish davri davomida yosh qilichbozlarni mashq qildirish jarayonida o‘yin uslublari va hamkor bilan bajariluvchi mashqlardan doimiy ravishda foydalanish zaruriyati yuzaga keladi. Chuqurlashtirilgan mashg‘ulotlar bosqichida va sportga oid takomillashtirish davrida esa - yakka tartibdagi saboqlar hajmi oshiriladi, shuningdek, mashg‘ulotlar janglari va boshqa turdagi musobaqa mashqlari tashkil qilinishiga katta e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, qilichbozlik usullarini o‘zlashtirishda turli xildagi pedagogik qaror topishlarni tanlab olishga bevosita, sportchilarning rivojlanishida sezgir (sensitiv) tavsifga ega davrlar hisobga olinishi asosida, erishilgan ixtisoslashtirilgan harakatlar va ruhiy sifatlar orqali aniqlik kiritilishi talab qilinadi. Mashg‘ulotlar yuklamalarini va musobaqalarda ishtirok etishni (shuningdek, mashg‘ulotlar vositalari va uslublarini tanlab olishda) me’yoriylashtirishda yuqorida sanab o‘tilgan tamoyillarni hisobga olish qilichbozlarda ixtisoslashtirilgan musobaqaga oid faoliyatning jadallashtirilishi, ularda sport kvalifikatsiyasining ortishi tezlashtirilishi imkonini beradi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling