25
harakatda yaqin masofalardan va bevosita shchit tagidan
savatga hujum qilish
uchun foydalaniladi.
Tayyorlov qismi: to’pni o’ng oyoq ko’tarilganda tutiladi (o’ng qo’llab
tashlash paytida). To’pni tutilgan tomondagi qadam kattaroq (uzunroq) tashlanadi.
Keyingi
qadam qisqartirilgan, to’xtatadigan bo’lishi kerak o’yinchi
tezroq va
kuchliroq depsinishi va yuqoriga deyarli tikka ko’tarilishi kerak.
Maydondan
depsinilgan paytda to’pni yelka ustiga chiqariladi va o’ng qo’lning
burilgan
panjasiga qo’yiladi.
Asosiy qism: sakrashning yuqori nuqtasida to’pning
halqaga iloji boricha
yaqinlashish uchun qo’l to’g’rilangan, to’p barmoq panjasining yumshoq harakati
bilan itarib chiqariladi, unga qarama-qarshi (teskari) aylanish beriladi.
Yakunlovchi qism: o’yinchi halqaga yaqin joyda bukilgan oyoqlar bilan yerga
tushadi, muvozanat holatini qabul qiladi va to’p tushmagan holda sapchish uchun
kurashga tayyorlanadi.
16-rasm. Yuqoridan bir qo’llab (“kryuk” usuli bilan otish).
Do'stlaringiz bilan baham: