Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport


Download 5.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/125
Sana28.10.2023
Hajmi5.17 Kb.
#1731074
TuriУчебное пособие
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma

 
1.6. Himoya taktikasi 
Yaxshi tashkil etilgan himoya nafaqat hujum tufayli erishilgan muvaffaqiyatni 
mustahkamlaydi, balki jamoaning keyingi harakatlari xarakteriga ham ta’sir qiladi. 
Ishonchli himoyaga ega bo’lgan jamoa o’yinni keskinlashtira borishga, o’rtacha va 
oils masofalardan savatga to’p otishni dadillik bilan qo’llashga qurmaydi hamda 
shchitdan qaytgan to’p uchun astoydil kurashadi. 
Himoyalanuvchi 
jamoaning 
harakatlari 
hujum 
qiluvchi 
jamoaning 
harakatlariga javob bo’lib, raqib taktikasining xususiyatlariga qarab tashkil etiladi. 
Himoyalanayotgan jamoa oldida to’rtta asosiy vazifa turadi: 
1) raqib savatga aniq, to’siqsiz to’p tashlashiga yo’l qo’ymaslik; 
2) raqibdan to’pni olib qo’yish va qarshi hujum uchun sharoit yaratish; 
3) raqibning ba’zi bir aloqalarini va o’yin liniyalari orasidagi aloqa va 
o’yinchilar o’zaro harakatlarini buzib, hujum qilish uchun tayyorlov 
operasiyalarini o’tkazishga qarshilik ko’rsatish; 


42 
4) raqibni tez qarshi hujumga o’tishga yo’l qo’ymaslik. 
 
1.6.1. Yakka harakatlar 
To’pli yoki to’psiz hujumchiga qarshi harakatlar turlicha, garchand, ikkala 
holda ham raqibning kuzatish va u bilan faol kurashish kerak. 
To’psiz hujumchiga qarshi harakatlar. To’psiz hujumchini ta’qib qilganda, 
himoyachi: 
a) hujumchiga savatga hujum qilish uchun qulay pozisiyaga chiqib ishga yoki 
shu pozisiyada to’pni qabul qilib olishga yo’l qo’ymaslik; 
b) raqib hujumchisi yoki lideriga yo’naltirilgan to’pni olib qo’yish; 
v) raqibning o’zaro harakat qilish uchun siljishlarga, ayniqsa maydonning 
o’rtasidan shchit tomonga keskin qo’yiladigan blokirovkaga e’tibor bergan holda 
qarshilik ko’rsatish kerak.
Himoyachi o’zi ta’qib qilayotgan hujumchilar va o’zining savati ostida 
shunday joylashishi kerakki, bunda u hujumchini ham, to’pni ham ko’rishi lozim. 
Himoyachining hujumchiga nisbatan holati va ular orasidagi masofa har qanday 
aniq vaziyatga raqibning tezligi, bo’yi va og’irligi hisobga olingan holda 
aniqlanishi kerak. Raqibning markaziy o’yinchisini ta’qib qilayotgan himoyachi, u 
bilan qulay pozisiya va to’pni olish uchun kurashishi kerak. Markaziy o’yinchiga 
to’pni shchitdan uzoqlashib, u qo’shimcha harakat qilgan holdagina to’pni 
egallashiga yo’l qo’yish mumkin. Agar u shchitning yaqinida bo’lsa, himoyachi 
uning oldida to’pni uzatishiga halaqit berish uchun turadi. 

Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling