Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport


To’pli hujumchiga qarshi harakatlar


Download 5.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/125
Sana28.10.2023
Hajmi5.17 Kb.
#1731074
TuriУчебное пособие
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma

To’pli hujumchiga qarshi harakatlar. To’pli hujumchiga qarshi kurashda 
himoyachi: 
a) raqibga to’pni savatga aniq otishda yo’l qo’ymaslik; 
b) raqibning shchit tomonga o’tishiga (ayniqsa kuchli, odatda, o’ng 
tomondan); 
v) to’pni xavfli yo’nalishda uzatilishiga (ayniqsa, jamoa lideri yoki markaziy 
o’yinchisiga, aniq otuvchi (snayperga) merganga halaqit berish); 
g) to’pni egallab olishga yo’l qo’ymaslik; 
d) raqibning oldindan tayyorlangan o’zaro harakatlanishiga yoki 
kombinatsiyalariga o’tkazish uchun qilayotgan harakatlarga halaqit berishishga 
erishish uchun harakat qilishi kerak. 
O’zining raqibini ta’qib qilayotgan vaqtda maydondagi umumiy vaziyatni 
ham kuzatib turishi shart. Bu esa o’zgarib borayotgan holatni o’z vaqtida baholash 
va o’z sheriklari bilan muvaffaqiyatli o’zaro harakat qilish imkonini beradi. 
 
1.6.2. Guruh harakatlari 


43 
Himoyadagi guruh harakatlari deganda o’yin vaziyatida hujumchilarga qarshi 
harakat uchun yo’nalgan ikki yoki uch o’yinchining o’zaro harakati ko’zda tutiladi. 
Ikki o’yinchining o’zaro harakati usullariga straxovka qilish, o’yinchi almashish
sirg’anib o’tish, chekinish (sherigiga yo’l berish); uch o’yinchining o’zaro harakat 
usullariga maxsus tashkil etilgan ikki o’yinchiga to’qnashtirishga qarshi qaratilgan, 
ikki basketbolchi qo’ygan to’siqqa qarshi harakatlar, “uchlik”, “kichik sakkizlik”, 
“kesib chiqish”ga qarshi o’zaro harakatlar kiradi. Shchitdan sapchigan to’p uchun 
qarshi taktika masalasi alohida ko’riladi. 
Ikki o’yinchining o’zaro harakati. Himoyachilarning o’zaro yordam 
usullaridan biri – straxovka qilish. O’yinchilar doim bir-biriga yordam berishga 
hamda himoyachini aldab o’tish, savatga xavf solayotgan hujumchini ta’qib 
qilishga tayyor turishlari kerak. Straxovka qilish to’pni savatga aniq ota oladigan, 
tez o’tib keta oladigan, har xil chalg’ituvchi harakatlarni qullay biladigan, tezkor 
hujumchilarga qarshi qo’llaniladi. 
Huddi shunga o’xshash raqibning yaqindagi baland bo’yli markaziy o’yinchisi 
to’pni egallab olmasligi uchun ta’qib etib yurgan himoyachiga ham yordam 
beriladi. 
Agar to’p markaziy o’yinchiga tekkan taqdirda straxovka qilayotgan o’yinchi 
to’pni uning qo’lidan urib chiqarishga yoki to’p bilan oldinga o’tishga, to’pni 
savatga otishga halaqit berishga urinib ko’rishi kerak. Odatda straxovkani savatga 
xavf solaolmaydigan masofada turgan o’yinchini ta’qib qilishni bo’shashtiriboq 
yoki raqibning savatga juda kam va beqaror xavf solayotgan kamroq ta’qib etish 
bilan amalga oshiriladi. 

Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling