Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport


Download 5.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/125
Sana28.10.2023
Hajmi5.17 Kb.
#1731074
TuriУчебное пособие
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma

Zichlashtirilgan himoya. Bu avallo raqibga shchitga yaqin kelishi va to’pni 
yaqin yoki o’rta masofadan tashlash imkoniyatini bermaslikka qaratilgan. Shuning 
uchun hamn hujumchilar bi9lan kurash odatda himoyaning barcha o’yinchilari 
to’planadigan jarima otish maydonchasi yaqinida bo’ladi. Zichlashtirilgan himoya 
ikkita sistemada tashkil etiladi: shaxsiy va zonali himoyada. Shuningdek, o’z 
ichiga shaxsiy va zonali himoyani, ba’zan esa shaxsiy pressing elementlarini 
oluvchi aralash himoya sistemasi ham bor.
Shaxsiy himoya sistemasi. Himoyaning bu universal sistemasida jamnoaning 
har bir raqibni ta’qib etish topshiriladi. “O’yinchi-o’yinchini” ushlash shaxsiy 
ta’qib prinspi yakka himoya hissini tarbiyalashga yordam beradi, himoyadagi 
o’yinchilarni shaxsiy xususiyatlariga qarab taqsimlash imkonini beradi: baland 
bo’yli hujumchiga qarshi, tezkor o’yinchi tezkorga qarshi, sekin harakatlanuvchi 
qarshi va h/k/ har bir o’yinchi ta’qib qilayotgan o’yinchini o’rganish, kurashga 
moslashish uning nozik tomonlaridan foydalanishga qodir. 
Bu sistemaning kamchiligi shundaki, hujumchilar erkinroq harakat 
qilaoladilar, oldindan o’ynalgan va tayyorlangan hujumchilarni amalga oshirish 
uchun yetarli vaqt va imkoniyatiga ega bo’ladilar. 
Zonali himoya sistemasi. Bu sistema ham himoyalanayotgan jamoa 
o’yinchilarini jarima otish maydonchasi atrofida to’playdi. Har bir o’yinchi shchit 
yaqinidagi ma’lum zonani qurqlaydi, o’yin davomida uning zonasiga kirgan har 
qanday raqib hujumchisini ta’qib qiladi. Bunday himoya asosan nisbatan sekin 
harakat qiladigan markaziy o’yinchilarini shchit yaqinida ishlatishga harakat 
qilayotgan va o’rta va uzoq masofadan to’pni savatga aniq tashlayolmidigan 
hamda to’pni tez va aniq uzata olmaydigan baland bo’yli o’yinchilari ko’p bo’lgan 
jamoaga qarshi qo’llaniladi.
Sistemaning ijobiy tomonlari shundaki, u raqibning orqasidan tinmay 
yugurishni talab qilmaydi, o’zining shchiti yaqinida shchitdan sapchigan to’p 
uchun kurashga yengillashtiradi, rejali ravishda tez qarshi hujumga o’tish imkonini 
beradi, raqibning oldindan o’rganilgan to’siq, to’qnashtirish, kesishib o’tish bilan 
bo’g’liq kombinatsiyalarini amalga oshirishini qiyinlashtiradi.
Sistemaning salbiy tomonlari shundaki, qurqlanayotgan uchastkadan 
tashqarida to’pni egallash uchun kurashning faolligini susaytiradi, tashabbus hujum 
qilayotgan jamoaga o’tadi, to’siqsiz savatga to’p otishga yo’l qo’yiladi va birinchi 
hujumchining bir ikki qatnashuvchi doyrasiga gruppirovka bo’lsa, himoyaning 
balansi ta’minlanmaydi.
Tarqoq himoya. Avvaliga bu himoya raqiblarni o’zini shchitidan uzoqda har 
qanday huqtada kurash olib borishga majbur qiladi, shu bilan birga o’yinchilar 
to’pni olib qo’yishga yoki hujumchilarning rejalangan kombinatsiyali o’yinini 
buzishga, ularni shoshilishiga, ma’lum bir rejasiz harakat qilishga majbur etishadi. 


46 
Tarqoq himoya ikkita sistemada amalga oshiriladi; shaxsiy pressing va zonali 
pressingda. 

Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling