Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport
Download 5.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘yin taktikasi
2.10. Voleybol to’pini o‘yinga kiritish To’pni o’yinga kiritig muhim texnik usullardan hisoblanib, nafaqat o’yin boshlashga va ochkoni yutib olishga imkon beradi. Zamonaviy voleybolda standart holatdan ijro etiladigan to’p kiritish nafaqat o’yinni boshlash maqsadida qo’llaniladigan vosita, balki borgan sari ochkoga erishadigan o’ta salmoqli hujum usullaridan biriga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham yetakchi trenerlar to’p kiritish mahoratini raqib o’yinchilarini maydonda joylashishi holatiga qarab shartli ravishda yaratiladigan modellashtirilgan o’yin vaziyatlari ta’sirida muayyan o’yin vaziyatlariga muvofiq mashqlantiradilar. To’p kiritish faol hujum vositasi sifatida ochko olish yoki raqib hujumini maqsadli tashkil qilishga yo’l bermaydigan texnik-taktik usuldir. Bunday O‘yin taktikasi Hujum taktikasi Himoya taktikasi To‘p uzatish va birinchi to‘pdan hujum qilish tizimi Orqa zonalarda chiqib to‘p uzatish va undan ko‘p hujumchi o‘yini To‘p uzatish va ikki hujumchi o‘yini Raqibni to‘p kiritishda o‘yinchilar joylashuvi Raqib hujumida o‘yinchilar joylashuvi O‘z hujumchisini qo‘riqlashda o‘yinchilar joylashuvi Taktik kombinatsiyalar O‘yin vaziyatiga qarab o‘yinchilar joylashish variantlari 101 natija to’p kiritish aniqligi, seryo’nalishligi va kuchliligi bilan ahamiyatga molikdir. To’p kiritish mahoratini shakllantirish jismoniy yuklanganlik va ruhiy zo’riqqanlik darajasini e’tiborga olga holda amalga oshiriladi. Bu borada ustunlik to’p kiritish usullarining ikki turi bilan ta’minlanadi. Ulardan biri, xatto katta yuklama ta’sirida ham kuchli va ishonchli to’p kiritish bo’lsa, ikkinchisi - aniq nishonga (bo’sh yoki qaltis joyga, to’pni zaif qabul qiladigan o’yinchiga) to’p kiritish turidir. To’p kiritish texnikasini takomillashtirishda quyidagi holatlarni nazarda tutish muhim; - avval aniqlik, keyin kuch; - orqa chiziq ortining turli joylaridan to’p kiritish; - bir urinishda ketma-ket 5-10 marta to’p kiritish; - raqib tomonidan to’pni qabul qilish xususiyatini e’tiborga olish; Ma’lumki, to’p kiritish voleybolda muhim o’rin egallaydi, uni muvaffaqiyatli kiritish ochko olish imkoniyatini yaratsa, yo’qotish (xatoga yo’l qo’yish) raqibga ochko "sovg’a" qilish bilan yakunlanadi. To’p kiritish raqibni to’pni qabul qilishga yoki uni taktik rejasiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Har qanday to’p kiritish usuliga o’rgatishda yondashtiruvchi va texnik shakllantiruvchi mashqlarni tanlash hamda ularni qo’llash ketma-ketligi bir xil tartibda amalga oshiriladi 7 . To’pni o’yinga kiritishni pastdan va yuqoridan, shuningdek to’g’ridan va yondan to’pni o’yinga kiritishga bo’linadi. Ko’pchilik o’yinchilar to’pni o’yinga kiritishni to’pni aylantirish va aylantirmasdan bajaradilar. To’pni uchish tezligi oshirish bilan keng diapazonda o’zgaradi. Pastdan uzatganda to’p sekin uchadi, yuqoridan esa tez uchadi. Download 5.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling