Jismoniy tarbiya va sport to‘G‘risida


-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi pedagogik faoliyat


Download 23.47 Kb.
bet9/10
Sana21.04.2023
Hajmi23.47 Kb.
#1370956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nazariya2

21-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi pedagogik faoliyat
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi pedagogik faoliyat bilan tegishli ma’lumot va kasb-hunar tayyorgarligiga ega bo‘lgan shaxslar shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yiladi.
Davolash jismoniy tarbiya sohasida pedagogik faoliyat bilan tegishli ma’lumot va kasb-xunar tayyorgarligiga ega bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yiladi.
22-modda. Aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish
Aholiga jismoniy tarbiya-sport va sog‘lomlashtirish pullik xizmatlari jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun “O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari to‘g‘risida”gi Nizomning 17-bandiga (ro‘yxat raqami 1550, 06.03.2006-y.) qarang.
Jismoniy tarbiya-sport va sog‘lomlashtirish pullik xizmatlari turlarining ro‘yxati jismoniy tarbiya va sportni boshqarish vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
23-modda. Imtiyozli jismoniy tarbiya-sport xizmatlari
O‘n olti yoshga to‘lmagan bolalarga, nogironlarga, etim bolalarga, pensionerlarga, 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlariga hamda ularga tenglashtirilgan shaxslarga jismoniy tarbiya-sport va sog‘lomlashtirish xizmatlari bepul ko‘rsatiladi. Jismoniy tarbiya-sport va sog‘lomlashtirish xizmatlaridan bepul yoki imtiyozli shartlarda foydalanuvchi fuqarolar boshqa toifalarining ro‘yxati, shuningdek imtiyozlar ko‘lami, ularni berish tartibi va tegishli xarajatlarni qoplash manbalari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1550, 06.03.2006-y.)ning 22-bandiga muvofiq sport inshootlarida, 5 kategoriyali sport inshootlaridan tashqari, o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalarga, nogironlarga, etim bolalarga, pensionerlarga, ulug‘ vatash urush qatnashchilari va nogironlariga hamda ularga tenglashtirilgan shaxslarga jismoniy tarbiya-sport va sog‘lomlashtirish xizmatlari — bepul ko‘rsatiladi.

Download 23.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling