Jismoniy tarbiya va sport to‘G‘risida


-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi ishtiroki


Download 23.47 Kb.
bet5/10
Sana21.04.2023
Hajmi23.47 Kb.
#1370956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nazariya2

11-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi ishtiroki
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar fuqarolarning jismoniy tarbiyasiga davlatning muhim ijtimoiy siyosati sifatida qaraydilar hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari, yoshlar tashkilotlari va boshqa tashkilotlar ishtirokida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshiradilar hamda ular asosida jismoniy tarbiya va sportni boshqarish mahalliy davlat organlari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir o‘z dasturlarini ishlab chiqadilar.
Fuqarolarning turar joylarida va ommaviy dam olish joylarida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari uchun shart-sharoit yaratish va ularni tashkil etish mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
12-modda. Sanatoriy-kurort muassasalarida, dam olish uylari va turistik bazalarda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari
Barcha sanatoriy-kurort muassasalarida, dam olish uylari va turistik bazalarda jismoniy tarbiya moddiy bazasi hamda yakka tartibda va guruh bo‘lib o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari uchun boshqa zarur shart-sharoit yaratiladi.
Sanatoriy-kurort muassasalari, dam olish uylari va turistik bazalarning ma’muriyati dam oluvchilarning sihat-salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish va davolash uchun jismoniy mashqlardan, jismoniy tarbiyaning boshka shakllaridan foydalanishlari shart.
13-modda. Nogironlar uchun jismoniy tarbiya va sport
Nogironlar uchun jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ularning ijtimoiy kamol topishiga hamda jismoniy jihatdan qayta quvvatga kirishiga qaratilgan bo‘lib, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironlar jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun maxsus jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport inshootlari yaratilishini hamda umumiy foydalanishdagi inshootlarda boshqa shart-sharoitlar yaratib berilishini ta’minlaydilar.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.

Download 23.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling