Jismoniy tarbiya va sport to‘G‘risida
-modda. Sportchilarning ijtimoiy himoyalanishi
Download 23.47 Kb.
|
nazariya2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-modda. Xalqaro hamkorlik
- 26-modda. Nizolarni hal qilish
24-modda. Sportchilarning ijtimoiy himoyalanishi
Davlat boshqaruv organlari, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar, jamoat birlashmalari, shuningdek jismoniy shaxslar sportchilarga moliyaviy yordam ko‘rsatishlari mumkin. Davlat boshqaruv organlari, jismoniy tarbiya va sport jamoat birlashmalari, sport klublari va markazlari, boshqa ixtisoslashtirilgan sport tashkilotlari va muassasalari sportchilarga zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratishlari hamda ularning sihat-salomatligi muhofaza qilinishini ta’minlashlari shart. Sportchilarning ayrim toifalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozli pensiya olish huquqiga egadirlar. LexUZ sharhi Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji mavjud bo‘lganda, yoshidan qati nazar pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatining VII qismiga qarang. Sport musobaqalarida qatnashuvchi shaxslar sug‘urta polislariga ega bo‘lishlari shart. 25-modda. Xalqaro hamkorlik Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish vakolatli davlat organi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari jismoniy tarbiya va sport muammolari bo‘yicha xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, chet davlatlarning tegishli tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘rialoqalar o‘rnatish, ular bilan jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha qo‘shma birlashmalar tuzish, birgalikdagi sport-sog‘lomlashtirish musobaqalarini, uchrashuvlarni, matchlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazish huquqiga egadirlar. 26-modda. Nizolarni hal qilish Jismoniy tarbiya va sport sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi. 27-modda. Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Download 23.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling