Jismoniy tarbiya va sport universiteti
Boshlang‘ich professional ta’lim
Download 2.09 Mb.
|
ЖТ ва СП ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rta maxsus professional ta’lim
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta’lim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi.
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi. Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi. Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunda asosiy prinsiplar belgilab berildi. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: ta’lim ustuvorligining tan olinishi; ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi; ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi; ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi; ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi; ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan etti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi; davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi; jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi; ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi; ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflikdir. Bu qonunning qabul qilinishi ta’lim jarayonida yosh avlodning ta’lim olish imkoniyatlarini keng ochildi. Hozirgi davrga kelib mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama hisobga olishni, shu asosda davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etayotganligini e’tiborga olgan holda, shuningdek “Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoevning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlanirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida bugungi kunda “Jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan sog‘lom, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy, hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyasi, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida, ularning faoliyatini oshirish”2, - lozimligi ta’kidlangan. Shuning uchun ham Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatdagi hayotni erkinlashtirish, ijtimoiy turmushning barcha sohalarni shu jumladan ta’lim sohalarini ham takomillashtirishdan iboratdir. Buning uchun oliy ta’lim jarayonlaridagi ta’lim jarayonlarining sifatini yanada oshirish uchun ta’lim-tarbiya jarayonlarini pedagogik diagnostika qilish hamda korreksion jarayonlarni oqilona amalga oshirish lozimdir. Inson hayotning murakkab so‘qmoqlaridan yura bilishi, turli xil qiyinchiliklarni enga bilishi, chuqur bilim ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishida ustoz va murabbiylarning xizmati beqiyosdir. Ushbu ulug‘ insoniy fazilat, ulkan sabr hamda vatan taraqqiyoti uchun fidoyilik tuyg‘usiga ega bo‘lgan ustozlarimiz zamonamizning har qaysi vaqtida chuqur hurmatga loyiq va sazovor bo‘lgan kelajakning haqiqiy bunyodkorlari hisoblanadi. Millatning ravnaqi, voyaga yetayotgan yosh avlodning har tomonlama komil shaxs sifatida shakllanishini ta’minlashdek ulkan mas’uliyatni o‘z zimmalariga ola bilgan ustoz va murabbiylarimiz haqida qancha yaxshi fikr-mulohazalar bildirsak ham ushbu fikrlarning nihoyasini topa olmaymiz. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyot, madaniyat, sport hamda ta’lim sohalaridagi muvaffaqiyatlari bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan birdek e’tirof etib kelinmoqda. Bunday yuksak marralarga erishish zamirida ustoz va murabbiylarimizning butun umrini o‘z ichiga olgan mashaqqatli mehnat yotadi. Yurtimizda ustozlarimizning hurmat-ehtiromi, ularga qaratilayotgan e’tiborning yuqori darajada ekanligini vatanimizning buyuk kelajagini bunyod etayotgan kasb egalarini rag‘batlantirishning bir ko‘rinishi sifatida baholashimiz mumkin. Ustoz va murabbiylarimizning bir umrlik mehnatlarini munosib qadrlash va ularga ehtirom ko‘rsatish maqsadida yurtimizda 20 yildan buyon 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbbiylar kuni” sifatida ko‘tarinkilik bilan umummilliy bayram sifatida nishonlanib kelmoqda. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev asarlarida ham ustoz degan ulug‘ kasbning mas’uliyatli tomonlari, xalqimiz ustoz va murabbiylarimizga bo‘lgan faxr tuyg‘usi o‘z aksini topgan. “Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoyilik, va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga bag‘ishlagan ustoz va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanamiz” .3 Shuningdek, yurtboshimizning asarlarida barkamol avlod tarbiyasi hamda yurt kelajagi uchun juda muhim soha hisoblangan maorif tizimini takomillashtirishni ustuvor vazifalardan biri sifatida o‘qituvchilarimiz tajribasini oshirish hamda yetuk pedagoglar faoliyati masalasiga qaratgan e’tibori orqali zamirida ustoz va murabbiylarmizga yordam berish masalasiga e’tibor qaratilgandir.“… pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy-ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga ko‘mak beradigan muhitni yaratish zarur”.4 Yurtboshimizning yuqoridagi fikrlari orqali yoshlar tarbiyasi hamda kamolotini ta’minlashda asosiy ishtirokchi hisoblangan o‘qituvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sifatida ko‘rilayotgani ham ustoz va murabbiylar jamiyatimiz bunyodkorlari vazifasini bajarib berishini anglab etishimiz mumkin. Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish orqali Vatanimiz kelajagi, yoshlarning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida 2017-yil 20-aprelda qabul qilingan “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli Qarorida ham ustuvor vazifalardan birinchisi sifatida e’tibor qaratilgani diqqatga sazovordir. Jumladan, “Har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o‘quv pedagogik faoliyatiga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish”. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, Oliy ta’lim tizimini takomillashtirishda professor-o‘qituvchilarning malakasi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, aynan ushbu kasb egalari tomonidan Vatan, millat, milliy qadriyat, milliy mafkura kabi hayotimiz davomida o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘lgan tushunchalarning mohiyati ustozlarimiz tomonidan yosh avlod ongiga singdirib boriladi. Hozirgi globallashuv jarayonida yurtimizda tinchlikni saqlash, iqtisodiy, siyosiy va madaniy oshishni ta’minlash nafaqat hukumatimiz, balki yoshlarning ham asosiy vazifalari hisoblanadi. Bu borada hukumat va yoshlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarib beruvchi ustoz va murabbiylarga juda katta mas’uliyat yuklatilgan. Insoniyat jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ta’lim-tarbiya muassasalarini yaratish, yosh avlodlarni o‘qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tadbiq qilish jarayonida pedagogika fani shakllandi. Yoshlar jamoasida pedagogika tarixi fani nazariy jihatdan to‘g‘ri shakllantirilganda jamiyatning har bir a’zosi ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirishda, mafkuraviy immunitet hosil qilishda, ularning o‘zlarini anglashda, vatanparvarlik va fidoiylik tuyg‘ularini, millatlararo totuvlikni, diniy bag‘rikenglikni, tolerantlikni shakllantirishda hamda komil insonga xos bo‘lgan fazilatlarni: sofdillik, to‘g‘ri so‘zlik, adolatparvarlik, sahovatlilik, or-nomuslik, tantililik sifatlarini tarkib toptirishda ijobiy samaralarga erishish mumkin. “Pedagogika” atamasi yunoncha bo‘lib, “bola yetaklovchi” degan ma’noni bildiradi. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinining bolalarini sayr qildirgan, maktabga olib boradigan qullarni “bola yetaklovchi”, ya’ni tarbiyachini “pedagogos” deb atashgan. Keyinchalik esa bolalar ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanishga maxsus tayyorlangan o‘qimishli donishmandlarni “pedagog” deb atay boshlaganlar. Shuningdek, Yunonistonda bolalarning “donishmand”lar bilan suhbatini esa “maktab” deb atashgan. Garchi “maktab” yunon so‘z bo‘lib, “bo‘sh vaqt, mehnatdan dam olish” ma’nosini anglatgan bo‘lsa-da, hozirda “maktab” esa ta’lim-tarbiya muassasasi sifatida xizmat qilmoqda. Pedagogika tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hozirgi O‘zbekiston hududidan topilgan eng qadimgi asori atiqalar, o‘zbek xalq pedagogikasi,zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”, turkiy xalqlarning eng qadimgi yozma ma’rifiy yodgorliklari Urxun – Enasoy yodgorliklari” va “Irq bitiklari”, islom “ta’limotining asosiy manbalari “Qur’oni Karim” va Hadislarda, shuningdek, tasavvuf ta’limotida ilgari surilgan komil inson tarbiyasi va ta’lim-tarbiyaning mazmuniga oid g‘oyalar ma’rifiy-pedagogik ahamiyatga ega bo‘libgina qolmasdan, balki pedagogikaning fan sifatida shakllanishida, ta’lim va tarbiya mazmunining boyib borishida hamda komil insonni tarbiyalashda muhim manba ekanligi namoyon bo‘ladi. Al-Jome’ as-sahih”, Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig”, Kaykovus “Qobusnoma”, Zamaxshariy “O‘git va nasihatlarning oltin shodalari”, Najmiddin Kubro “Odob qoidalari”, So‘fi Olloyor “Sabot ul-ojizin” Burxoniddin Zarnudjiy “O‘quvchiga ta’lim yo‘lida yo‘llanma”, Ahmad Yugnakiy “Hibat ul -haqoyiq”, Amir Temur “Temur tuzuklari”, Ulug‘bek “Zij” va “Tarixi arba’ ulus”, Alisher Navoiy “Hamsa” va “Maxbub ul-qulub”, Abdurazzoq Samarqandiy “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn”, Abdurahmon Jomiy “Bahoriston”, Sa’diy “Guliston”, Davoniy “Axloqi Jaloliy”, “Husayn Vaiz Koshifiy, “Axloqi Muhsiniy”, Bobur “Boburnoma”, Abdulg‘oziy “Shajarai turk” va “Shajarai tarokima”, Munis Xorazmiy “Munis ul-ushshoq”, va “Savodi ta’lim”, Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy “Odob as-solihin” (“YAxshi kishilar odobi”), Muhammadrizo Ogahiy “Ta’vizul-oshiqin”, Furqat “Ilm hosiyati”, “Ko‘rgazma” va “Gimnaziya”, So‘fi “Ustod”, “Mudarris” va “Dars”, Ahmad Donish “Navodirul vaqoe” (“Nodir voqealar”), Saidrasul Saidazizov “Ustodi avval”, Ali Askar Kalinin “Muallimi Soniy”, Munavvar Qori “Adibi avval”, Abdulqodir SHakuri “Rahnamoi savad”, Abdulla Avloniy “Adabiyot yohud milliy she’rlar” (“Adabiyotdan xrestomatiya”), “Adibi avval”, “Ikkinchi muallim” va “Turkiy guliston yohud axloq”, Mahmudxo‘ja Behbudiy “Bolalar uchun kitob”, “Islomning qisqacha ta’rifi”, “Amaliyoti islom”, Sadriddin Ayniy “Taxzib us-sibyon” (“Bola tarbiyasi”), Abduxoliq Usmon Qori “Tahsil ul-tavjid”, “Engil adabiyoti”, Muhammadjon Qori Naimjon “Odobli bola”, Rahimov Muhammadjon Mirza “Ta’limiy hisob” (“Arifmetika ta’limi”), Saidahmad Siddiqiy “Mir’ati adab” (“Odob ko‘zgusi”), Abdurauf Fitrat “Rahbari najot” va “Sayyohi hindi bayonoti”, H.H.Niyoziy “Qiroat” (“Engil adabiyot”, “O‘qish kitobi” kabi ma’rifiy-pedagogik asarlarida, G‘arbda esa Platon “Davlat”, Aristotel “Siyosat”, Yan Amos Komenskiy “Buyuk didaktika”, Iogann Genrix Pestolotssi “Gertruda o‘z bolalalarini qanday qilib o‘qitadi”, Iogann Gerbart “Tarbiya maqsadlaridan kelib chiqqan umumiy pedagogika”, “Psixologiyani pedagogikaga tatbiq qilish to‘g‘risidagi xatlar”, “Pedagogikaga doir leksiyalar ocherki”, Adolf Distverg “Nemis o‘qituvchilarini o‘qitish uchun qo‘llanma”, Konstantin Dmitrievich Ushinskiy “Bolalar dunyosi”, “Muallimlar uchun qo‘llanma”, “Kishi – tarbiya predmeti sifatida” (“Pedagogik antropologiyadan tajriba”), Lev Nikolaevich Tolstoy “Alifbe” va “O‘qish kitobi”, Anton Semenovich Makarenko “Pedagogik poema”, “Ota-onalar kitobi”, “Bolalar tarbiyasi to‘g‘risida leksiyalar”, “Ta’lim-tarbiya tajribasidan ba’zi xulosalar”, Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy “Pavlish maktabi”, “Bolalarga jonim fido” kabi asarlarida va o‘zlarining ijodiy pedagogik faoliyatlarida pedagogikaning bosh masalasi – tarbiya muammosi va ta’lim mazmuniga turlicha munosabat bildirib, pedagogika ta’lim-tarbiya haqidagi fan ekanligini asoslab berdilar. Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta shunday ta’rif bergan edi: “Ta’lim, - degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir5. Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishni, o‘rganishidir”. Ma’rifat darg‘asi A.Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq” asarida esa pedagogika fanini aniq va tushunarli qilib ta’riflaydi: “Tarbiya “pedago‘giya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur... “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir...” Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, pedagogika tushunchasini tarixiy taraqqiyotiga quyidagi umumlashgan ta’rifni bersak bo‘ladi: Pedagogika jamiyatning ta’lim va tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan ilm – fan va amaliy faoliyat sohasidir. Hurriyat - boy ma’naviyat va ruhiyat ilmidan oqilona, odilona va omilkorlik bilan foydalanishni taqozo etmoqda. Mamlakatimizdagi mavjud barcha o‘quv yurtlari ta’lim - tarbiyani to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil etish uchun bu jarayonning o‘ziga xos psixologik qonuniyatlarini, uning mexanizmlarini, shuningdek, faol, mustaqil hamda ijodiy tafakkur jarayonini zamonaviy bilimlar asosida tarkib toptirishning samarali usullarini bilishi lozim bo‘ladi. Bu borada, jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi - hozirgi zamon rivojlangan sohalaridan bo‘lib, bu o‘rinda muhim o‘rin egallaydi. Hozirgi kunda, murabbiyning jismoniy tarbiya sohasidagi pedagogik faoliyatini o‘rganuvchi, “Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi” fani va predmeti nisbatan yoshroq maxsus bilimlar sifatida keng tarqalmoqda. Uning paydo bo‘lishi va tez rivojlanishida Germaniya, Shveysariya, AQSh, Yaponiya, Shvetsiya, Rossiya olimlarining qiziqishi va hissasi katta bo‘ldi. 1975 yilda sport pedagogikasi bo‘yicha Xalqaro qo‘mita tuzildi va shu vaqtdan boshlab mana shu ilmiy muammoga qaratilgan masalalar bo‘yicha olimlarning doimiy xalqaro kongressi o‘tkazib kelinadi. Ko‘pchilik G‘arbiy Evropa mamlakatlarida, masalan Germaniya va Shveysariyada, sport pedagogikasi bo‘yicha institut va kafedralarning yaratilishi uning juda muhimligiga yaqqol misol bo‘la oladi. Mana 20 yildan buyon sport pedagogikasi bo‘yicha xalqaro jurnal chop etiladi. 1973 yildan esa “Gyumnazion” nemis nashriyotida “Sport pedagogikasi” xalqaro jurnali chop etiladi R.Xel`man (1975), U.Noyman (1975), X.Shvidman (1976), G. Ryors (1979), O.Grupp (1979), Yu.Lange (1983) X.Xaag (1988), E.Maynberg (1995)larning ko‘pdan ko‘p maqolalari sport pedagogikasi fani va predmeti jamiyat ehtiyojiga aylanganligini ko‘rsatadi. X. Shvidman va R. Xelmanning ta’kidlashicha, sport pedagogkasi predmeti bu sport faoliyatidir (ayniqsa, sport yutuqlariga erishish faoliyati). Bu sportchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish maqsadida qilinadigan qiyin va serqirrali jarayon bo‘lib, maktab ishlab chiqarish va oiladagi tarbiyaviy jarayonlardan farqli, u xususiyatlariga egadir. Sport pedagogikasi mana shu xususiyatlarni ko‘rsatib, nazariy tomondan ifodalaydi. Sport pedagogikasining hozirgi holati uning muammolarini rivojlantirishga turli xil yondashuvlar bilan ajralib turadi. Ilmiy va amaliy bilimlarni rivojlantirishning yangi yo'nalishi sifatida sport pedagogikasi uchun ikkita yo'nalish xarakterlidir: birinchisi tadqiqot mavzusining doimiy torayishi bilan bog'liq; ikkinchisi olimlarning turli ilmiy sohalarda olib borilayotgan sa'y-harakatlarni birlashtirishga intilishini aks ettiradi.6 Sportning pedagogik muammolarini tadqiq etishning murakkabligi ushbu fanni rivojlantirishning ijtimoiy va biologik tomonlarini integratsiyalash zarurati tufayli ortib bormoqda. Jahon ilm-fani sport pedagogikasi o'rtasidagi munosabatni uchta asosiy yo'nalish bo'yicha ko'rib chiqadi. Birinchisi falsafa, tarix va sotsiologiya bilan aloqalarni amalga oshiradi. Ushbu yo'nalishdagi dolzarb mavzularga “Sport va umumbashariy madaniyat pedagogikasi”, “Sport pedagogikasi va ilmiy-texnik taraqqiyot”, “Sport va jamiyat pedagogikasi”, “Sport va dam olish pedagogikasi”, “Sport va ommaviy pedagogika” kiradi. Ikkinchisi biologiya, biomexanika, fiziologiya va tibbiyot bilan o'zaro bog'liqlikni amalga oshiradi; Ushbu yo'nalishdagi “Bolalar sporti”, “O'smirlar sporti”, “Ayollar sporti” va “Nogironlar uchun sport” kabi mavzular, shuningdek, turli sport turlari inson tanasi va a'zolarining hayotiy funktsiyalariga ta'sirining ko'plab masalalari. Uchinchisi o'ziga xos korrelyatsion munosabatlar va domen munosabatlarini amalga oshiradi. Ushbu yo'nalishning tegishli mavzulari: “Sport va shaxsning aqliy rivojlanishi”, “Sport va axloqiy tarbiya”, “sportda etika va estetika”, “Sportchining shaxsiyati va ma'lumotnoma guruhi” va boshqalar. Shunday qilib, aytish mumkinki, sportning pedagogik muammolarini ilmiy rivojlantirish g'oyaviy, biotibbiyot, ijtimoiy-psixologik, harbiy maxsus va boshqa lavozimlardan kelib chiqadi. AQSh, Germaniya va Yaponiya olimlari sport pedagogikasining mafkuraviy pozitsiyasiga quyidagi fikrlarni kiritish zarur deb hisoblashadi: Qadimgi jamiyat odamlarining sport ta'limi sohasidagi faoliyati ongsiz, e'tiborsiz, instinktiv edi; Sport ta'limi tarixiy bo'lmagan hodisa, u jamiyat ehtiyojlari bilan bog'liq emas; Sport ta'limining kelib chiqishi diniy (diniy) xususiyatga va mazmunga ega. Sportga ham, uning ilmiga ham pul to'laydigan bepul kapital nafaqat nazoratni amalga oshiradi, balki insoniyat madaniyatining ushbu sohasidagi mafkuraviy va siyosiy iqlimning holatiga ta'sir qiladi. Biroq, zamonaviy sport siyosatdan tashqarida va mafkura jamoatchilik ongiga ta'sir qiladi. AQSh va Germaniya sotsiologlari quyidagi pozitsiyalarni tasdiqlaydilar: • sport - xatti-harakatlarning instinktiv komplekslarini ifoda etish shakli; • jismoniy - jismoniy faoliyatga bo'lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda sport-sog'lomlashtirish faoliyati; • sport - tajovuzkorlik, o'zini jazolash va o'zini himoya qilishning dastlabki reaktsiyasi; • sport - odamda harakatsiz tajovuzkor kuchlarni aniqlash vositasi; Sport - ijtimoiy adolatsizlikdan himoya qilish va ijtimoiy muammolardan qochish usuli; • sport jamiyat modelidir. AQShda sport pedagogikasi Amerika hayot tarzi afzalliklarini targ'ib qilishda muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda. Sport bazalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan, jismoniy tarbiya ilg'or usullari bo'yicha tadqiqotlar moliyalashtirilmoqda, sport va pedagogik jarayonni takomillashtirish choralari ko'rilmoqda - moliyaviy foyda, mafkuraviy va siyosiy ta'sirga erishish uchun hamma narsa qilinmoqda. R. Tompson (1978) G'arbiy mamlakatlarda sportning kapitalistik sanoat kompleksining ehtiyojlari bilan aloqasini ochib beradi. Chet el sotsiologlari ishlarining tahlili shuni ko'rsatadiki, AQShda sport mafkuraviy mashinaning yaxshi ishlaydigan mexanizmi. Amerikalik maktab o'quvchilarining ta'lim tizimida sportning o'rni katta. Masalan, X. Nikson (1976) boshqa o'quv fanlari bilan taqqoslaganda talabalar orasida juda mashhurligini va sevgisini ta'kidlaydi. Bahor (1974) AQShda sportning rivojlanishini rag'batlantiruvchi mafkura keng aholi uchun “giyohvand” rolini o'ynashini ta'kidlaydi. Rafferti (1971) ta'kidlaganidek, Amerikada tashqi aralashuvga yoki ichkaridagi kelishmovchiliklarga toqat qilmaydigan ikkita asosiy ijtimoiy institut - qurolli kuchlar va sport mavjud. Amerika Qo'shma Shtatlaridagi dengiz piyodalarida sport tajovuzkorlikni kuchaytirish, refleksli javoblarni ishlab chiqish va jangovar texnikani bajarish ko'nikmalarini avtomatlashtirish uchun ishlatiladi. Olimpiya o'yinlari tizimida sportni rivojlantirish tahlili mezbon davlatlarning sport natijalari bevosita siyosiy va moliyaviy manfaatlarga bog'liqligini ko'rsatmoqda. Shunday qilib, umumiy ma'noda, sport pedagogikasi siyosiy, mafkuraviy va moliyaviy maqsadlarda samarali bo'lishi mumkin. Maxsus holatlarda, sport pedagogikasi orqali millatchilik, shovinizm va irqchilikni tarbiyalash mumkin. Sportdan tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin. Bunday hollarda havaskor sport professional arena uchun inson resurslarini yetkazib beruvchi sifatida qaraladi. Sport pedagogikasining kelib chiqishi va roli to'g'risidagi yana bir nuqtai nazarni olimlar A. Vol (1961), F. Trogsch (1964), N.I. Ponomarev (1970). Ularning tadqiqotlari natijalarini quyidagi lavozimlarda umumlashtirish mumkin: Sport - jamiyatning ongli hayotida ishlab chiqarishning ob'ektiv ehtiyojlarining aksi; Sport musobaqalarining paydo bo'lishi ob'ektiv ravishda jamiyat ehtiyojlari, ishlab chiqarishning tabiati va darajasi bilan bog'liq; Mehnat jarayoniga tayyorgarlik sifatini oshirish uchun individual jismoniy harakatlar sport intizomiga aylantiriladi; Sport musobaqalarining inson hayotida paydo bo'lishi zarurligini anglash (ijtimoiy-ob'ektiv hodisa sifatida) ishlab chiqarish va mehnat jarayoniga ta'sir qilishning sifati va samaradorligini oshirish imkoniyatlari haqida o'ylash bilan belgilanadi; Ongli sport tajribasini (bilimlarini) uzatish - bu meros, ishlov berish, an'analar va innovatsiyalar bo'yicha ijtimoiy-tarixiy uzluksizlik; Sport pedagogikasi (maqsad, vosita va faoliyat natijasining o'zaro bog'liqligi nuqtai nazaridan) - bu insonning mehnat qobiliyatini rivojlantirish uchun jamiyatning ijtimoiy, aqliy va jismoniy tabiatiga maxsus, oldindan rejalashtirilgan ta'siri tizimi. Tarixan sportning rivojlanishi umumlashtirish va mavhumlashtirish yo'nalishida o'tdi. Sport fanlarining to'plangan qimmatli jamg'armasi ob'ektiv ravishda paydo bo'ladigan qo'shimchalar orqali yaxshilanib, avloddan avlodga o'tdi. Bularning barchasi, o'z navbatida, odamning o'zini takomillashtirdi. Insonning mavjud bo'lish uchun kurashishi bilan birlashtirilgan har qanday ko'nikmalarning to'planishi ishlab chiqarish tizimidan ajratilgan va undan ajratilgan jismoniy mashqlar majmualarida shakllangan, birlashtirilgan, takomillashgan va uzatilgan. Bu jarayon umumlashtirish va texnik-iqtisodiy asosda ketmoqda. Jismoniy tarbiya muammolarini kompleksli hal etishda butun bir olimlar jamoalari, mutaxassislashtirilgan ilmiy va o‘quv muassasalari samarali mehnat qildilar. Amaliy materiallarning mo‘lligi, yangi qonuniyatlarning ochilishi, dastlabki yagona jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining differensiyalanishiga olib keldi. Yangi maxsus fanlar “Jismoniy madaniyatni tashkillash va boshqarish”, “Jismoniy mashqlar biomexanikasi”, “Sport psixologiyasi”, “Sport metrologiyasi”, “Sport fiziologiyasi”, “Davolash fizkul’turasi”, “Jismoniy mashqlar gigienasi”, “Valeologiya” “Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi ”va boshqalar ajralib chiqdi. Yuqoridagi fanlarning ayrim sohalari jismoniy tarbiya jarayonida bir necha aralash fanlarning bilimlaridan keng foydalanish lozimligini ilmiy-amaliy isbotladi. Masalan, bolalarning sport mutaxassisligi muammosi – bu faqatgina sport pedagogikasi muammosigina bo‘lib qolmay, ijtimoiy, psixologik, sotsiologik va biologik muammolardir. “Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi” kursi pedagogik jarayon muammolarini “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”, “Umumiy psixologiya”, “Fiziologiya”, “Anatomiya” va boshqa fanlarning dalillarsiz to‘la izohlab olishni isbotladi. O‘quv muassasasidagi o‘quv jarayonida ta’lim, tarbiya va ma’lumot o‘zaro bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. Har qanday fan o‘rgatilishi mobaynida pedagog tarbiyalanuvchilar dunyoqarashini shakllantiradi, madaniy xulq - atvorini tarbiyalaydi. Ko‘p vaqtlar pedagogika ilmiy fan sifatida faqat o‘sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasini o‘rganadi, deb qaralgan. Ammo hayot amaliyoti tarbiyasiga emas, balki kattalar tarbiyasiga ham taalluqli ekanligini ko‘rsatdi. Shuning uchun ham keyingi paytlarda pedagogikani yosh avlodni va katta yoshdagi odamlarni tarbiyalash va o‘qitish, ularga ma’lumot berish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan, deb belgilash odatga aylandi. Oldiniga tarbiya jarayoni kattalar tomonidan bevosita mehnat faoliyatida amalga oshirilgan bo‘lsa, jamiyat rivojlana borgan sari bunday yo‘l talabga javob bermay qo‘ydi. Endi tarbiya bilan bilimdon, tajribasi etarli odamlar shug‘ullana boshladi. Mashg‘ulotlar tobora tashkiliy shakllarga, ko‘rinishlarga ega bo‘lib bordi va sekin-asta o‘quv muassasalari paydo bo‘ldi. Pedagogika uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib, hozirgi vaqtda ilmiy bilimlarning yaxshi shakllangan, katta nazariy va amaliy materiallarni o‘z ichiga olgan tarmog‘iga aylandi. Bularning barchasi pedagogikaning tabaqalanishi, ya’ni uning alohida tarmoqlarga ajralishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek “Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi” tarmog‘i har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodik asosiga ega bo‘lgani kabi fan sifatida shakllanib, o‘z predmetiga ega bo‘ldi. Barcha ijtimoiy fanlar kabi jamiyatdagi o‘zgarishlar, inqiroz, yuksalishlar “Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi” fanining metodologiyasi, o‘qitish jarayoni, g‘oyalar rivojiga ham o‘z navbatida ta’sirini ko‘rsatadi. Download 2.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling