Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet69/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

10-topshiriq:Gaplar tarkibidagi fe’llarning qaysi vazifa shaklida ekanligini aniqlang.
1.Men go’yo tabiat bilan qo’shilib ketayotgandekman. 2.Jo’yakda cho’zilib dam olishga nima yetsin? 3.Bolalar har kuni tushdan keyin bog’da ashula aytishni odat qilishdi. 4.Yigit vazifalarni o’z vaqtida bajargan, uyiga ham o’z vaqtida yetib kelgan. 5.O’sha kuni kechasiyoq qahramonliklar ko’rsatib, shon-u shuhrat taratib, o’qituvchilarimni hayratda qoldirdim. 6.Kutubxonagacha ancha uzoq yuribdi. To’liqsiz fe’llar. Edi, ekan, emish, esa, emas to’liqsiz fe’llar hisoblanadi. Bulardan emas bo’lishsiz shakli, esa bog’lovchiga aylangan. To’liqsiz fe’llar fe’l va fe’l bo’lmagan so’zlarga qo’shilib turli ma’nolar ifodalaydi. To’liqsiz fe’llar lug’aviy ma’noga ega bo’lmaydi.To’liqsiz fe’llardagi e tovushi ba’zi hollarda tushib qolishi yoki bashqa tovushga o’tishi mumkin.M: o’qigandi, borganakan, aytganmish. To’liqsiz fe’llar uyushiq bo’laklar uchun umumiy bo’lganda oxirgi kesim tarkibida qo’llanadi. M:U qizni tanir, bilar, ko’rar edi. Fe’llarning yasalishi.Fe’llar 2 xil yo’l bilan yasaladi; 1. Morfologik (affiksatsiya)usulida so’z yasovchi qo’shimcha orqali fe’l yasaladi. M: gulla (Hozirgi o’zbek adabiy tilida eng faol fe’l yasovchi qo’shimcha –la qo’shimchasidir. Bu qo’shimcha sondan boshqa barcha so’z turkumlariga qo’shilib fe’l yasay oladi), suvsa, vizilla (-illa qo’shimchasi u unlisi yoki v undoshi bo’lgan bir bo’g’inli so’zlarga qo’shilganda –ulla aytiladi va yoziladi: lovulla, shovulla, gurulla ). Eslatma: -la qo’shimchasida omonimlik ham, sinonimlik ham bor.Omonimlik: ishla, savala, qo’l-la(qo’li bilan, bilanning qisqargan shakli). Sinonimlik: izla – ista(shevada), hidla – iska.
2. Sintaktik (kompozitsiya) usulida qo’shma fe’llar yasaladi. Ularning tarkibi quyidagicha bo’ladi: - fe’l+fe’l: tortib olmoq, ishlab chiqarmoq, sotib olmoq, bilib yozmoq; - fe’l bo’lmagan so’z + fe’l(bunday fe’llarning ikkinchi qismini bo’l, ayla, qil, et kabi yordamchi fe’llar tashkil qiladi): sayr qilmoq, bunyod etmoq, shunday bo’lmoq, yangi bo’lmoq; - undov yoki taqlid so’z+ fe’l: dod soldi, uh tortdi, yalt etdi, tiq etmadi. Eslatma: Qo’shma fe’llar har doim ajratib yoziladi. Fe’llarning tuzilishiga ko’ra turlari. Fe’llar tuzilishiga ko’ra 4 xil bo’ladi: 1. Sodda fe’llar: a)tub – ketmoq, yozmoq; b)yasama – tezla, gapir, guvulla. 2. Qo’shma fe’llar ot, sifat, son, olmosh, taqlid va undov so’zlarga qil, et, bo’l, ber, sol, ayla singari fe’llarni qo’shish bilan hosil bo’ladi. M: tarbiya qilmoq, eski bo’lmoq, bir bo’lmoq, chirs etmoq. Har ikkala qismi ham fe’llardan tashkil topgan fe’llarning har ikkala qismi o’zining lug’aviy ma’nolariga ega bo’ladi: kirib chiqdi, borib keldi. 3. Juft fe’llar ish-harakatning tez va kutilmaganda ro’y berishini ifodalaydi. M: Yangi mavzuni ko’chiraman-qo’yaman. Eslatma: oldi-berdi, bordi-keldi, keldi-ketdi, qo’ydi-chiqdi ot turkumiga; kuydi-pishdi, oldi-qochda sifat turkumiga; ag’dar-to’ntar, uzil-kesil ravish turkumiga o’tgan so’zlardir. 4.Takroriy fe’lar: kuta-kuta, ishlay-ishlay.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling