Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet77/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

1-topshiriq: Gaplar tarkibidan gumon yuklamasini aniqlang.
1.U musobaqa g’olibidir. 2.Sizni yo’qlab kelgandir. 3.Suv hayot manbayidir. 4.”O’lsa o’lgandir, bung anima janjal!” – deb qo’yadi yana birov. 4.G’afur aka va’da qilgan she’rini yozayotgandir. 5.Hamma bolalarga matnni yozdirsa, bog’dagi ishlarni kim qiladi.


ALOHIDA OLINGAN SO’ZLAR
Alohida olingan so’zlarga quyidagilar kiradi: 1. Modal so’zlar. 2. Undov so’zlar. 3. Taqlid so’zlar. Modal so’zlar. Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildiradigan so’zlar modal so’zlar deyiladi. Modal so’zlar gap bo’laklari bilan grammatik jihatdan bog’lanmaydi. M: Yaxshi o’qigan, albatta, o’qishga kiradi. Modal so’zlar gap mazmuniga hech qanday ta’sir qilmaydi. M: Yaxshi o’qigan o’qishga kiradi. Modal so’zlar sintaktik vazifa bajara oladi, ya’ni gapda kesim, kirish so’z va so’z-gap bo’la oladi. M: Kelajakdan umidlarim bor. Xayriyat, omon qolibsan. Modal so’zlar morfologiyada, kirish so’zlar esa sintaksisda o’rganiladi. Hamma modal so’z kirish so’z bo’lib kelishi mumkin, lekin barcha kirish so’zlar modal so’z bo’la olmaydi. Modal so’zlar gapda vergul bilan ajratiladi. Agar modal so’z gapning boshida kelsa, undan keyin, o’rtasida kelsa har ikki tomonidan, oxirida kelsa, undan oldin vergul qo’yiladi.M: Afsus, o’ylagan niyatiga yeta olmabdi. Umidingizni uzmang, shubhasiz, sog’ayib ketasiz. Hamma harakatlar bekor ketibdi, esiz. Modal so’zlar ikki xil bo’ladi: 1. Sof madal so’zlar: haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, avvalambor, xullas, koshki, masalan, bor, yo’q. 2. Vazifadosh modal so’zlar: chamasi,aftidan, ehtimol (ot); shubhasiz, so’zsiz, tabiiy (sifat); bo’pti, aytganday, aytmoqchi (fe’l). M: Qo’zilarning hammasi topildi, chunki cho’ponning chamasi to’g’ri chiqqan edi. (mustaqil so’z) Chamasi, yig’lish bo’lmaydi.(modal so’z). Eslatma: Modal so’z vazifasida kelgan mustaqil so’zlar tarkibidagi qo’shimchalar ajratilmaydi.Ularga quyidagilar kiradi: so’zsiz, aftidan, chamasi, shubhasiz, aytmoqchi, aytganday. M: So’zsiz, bu harakating bilan maqsadga erishasan. Bu xabarni eshitib, tillarim so’zsiz qoldi. 1- gapdagi so’zsiz yaxlit bitta so’z, ya’ni ma’noli qismlarga bo’linmaydi. 2-gapdagi so’zsiz ma’noli qismlarga ajraladi, ya’ni asos va so’z yasovchi qo’shimchadan tashkil topgan. Modal so’zlarning ma’no turlari. Modal so’zlar bayon qilinayotgan fikrga quyidagicha munosabat bildiradi: 1. Ishonch: albatta, shubhasiz,shaksiz, so’zsiz. M: So’zsiz, omadim keladi. 2. Gumon, noaniqlik: ehtimol, balki, chamasi, shekilli, hoynahoy, aftidan. M: Balki, kechikmasmiz. 3. Tasdiq: darhaqiqat, haqiqatan, tuzuk, bor. M: Hamma ish joyida ekan, tuzuk. 4. Ta’kid, xulosalash, yakunlash: xullas, demak, umuman, madomiki. M: Demak, tog’ga hamma boradi. 5. Fikrning tartibini: avvalo, avvalambor. M: Avvalambor, muammoning yechimini topaylik. 6. Fikrning dalillanishini: jumladan, masalan. M: Men, masalan, boraman. 7. Achinish: afsus, afsuski, attang, esiz. M: To’fon hammasini barbod qilibdi, attang. 8. Quvonch: xayriyat, xayriyatki. M: O’qishga kirdim, xayriyat. 9. Eslatish: darvoqe, aytganday, aytmoqchi. M: Aytganday, bugun xolam kelarmikan? 10. Ma’qullash: durust, bo’pti. M: Bo’pti, hammasini yozib qo’yaman. 11. Maqsad, talab: kerak, lozim, darkor, shart, zarur. 12. Ajablanish: ajabo. M: Ajabo, tabiat uyg’onib bo’pti-ku!

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling