Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otlashish
- Undovlarning uslubiyati
Eslatma: Ha, xo’p, mayli singari so’zlar tasdiq so’zlar; yo’q, mutlaqo singari so’zlar inkor so’zlar sanaadi. Bunday so’zlar diologik nutqda –mi so’roq yuklamasi orqali ifodalangan so’roq gaplarning javobi bo’lib keladi.(7-sinf darsligi)
UNDOV SO’ZLAR. Undov so’zlar tuyg’u, his-hayajon, haydash-chaqirish, istak kabi ma’nolarni bildiradi. Undovlar leksik ma’no bildirmaydi, gap bo’laklari bilan grammatik jihatdan bog’lanmaydi. Undovlar yasalmaydi, yasalish uchun asos bo’ladi: -la: dodlamoq, -chi: haybarakallachi. Undovlar tuzilishiga ko’ra quyidagicha bo’ladi: 1) yakka holda qo’llaniluvchi: oh, uh, voy, rahmat, dod, chu; 2) juft holda qo’llaniluvchi: oh-voh, voy-dod, oh-uh; 3)takror holda qo’llaniluvchi: bah-bah, tu-tu, pish-pish. Undovlar ma’nosiga ko’ra 2 xil bo’ladi: 1. His-hayajon undovlari. 2. Buyruq-xitob (haydash-chaqirish) undovlari. Eslatma: 7-sinf darsligida undovlarning uchinchi turi ham berilgan: nutqiy odat undovlari. I. His-hayajon undovlari kishilarning kechinmalarini ifodalab keladi. M: Voy-dod, yomonlar dastidan! (nafratni bildiryapti) Iya, siz ham keldingizmi?! (hayron qolish).Quyidagilar his-hayajon undovlari: eh, oh, uh, ho, hey, ey, uff, dod, obbo, tuf, voy, hah, ura, o’bbo’, ho’, hay,iya, bay-bay, voy-bo’, hormang, rahmat, salom, xayr, ofarin. Bular gap bo’lagi bo’la olmaydi va o’zi undov gap bo’lishi yoki gap tarkibida kelib, uni undov gapga aylantirishi mumkin. Bunday gaplarning oxiriga doimo undov belgisi qo’yiladi. M: Bay-bay, ovqat buncha mazali bo’libdi! His-hayajon undovlari gapda ko’pincha vergul bilan ajratiladi. Hoy, hey, ey undovlari ot bilan ifodalangan undalma bilan kelsa, vergul qo’yilmaydi. M: Ey yigit, mana bu gulni ham ol. Agar undovlar kuchli hayajon bilan aytilsa, ulardan so’ng undov belgisi qo’yiladi va keying gap bosh harf bilan yoziladi. Oh! Naqadar omadliman! Otlashish. Undov so'zlar otlashib, gapda ega, qaratqich aniqlovchi, to’ldiruvchi va kesim vazifasida keladi. M: Kampirning dodiga odam tez to’plandi. Ba’zan qani, kel mustaqil so’zlari undov so’z vazifasida kelishi mumkin. M: Qani, dilsiyohlikni yig’ishtiramiz. Shuningdek undovlar demoq, urmoq, tortmoq, solmoq kabi fe’llar bilan birikib qo’shma fe’l hosil qilishi mumkin. M: uh tortmoq, dod solmoq, oh urmoq, voy demoq. Eslatma:1. Undov so’zlar aynan bir xil bo’lsa ham, undov ohangi bilan ajralib turadi. M: Oh, tabiat naqadar go’zal! Oh, tashvishlarni ko’p ko’rdi bu bosh. 2. Undovlardan foydalanishda so’zlovchilarning yoshi, amali ahamyatga ega bo’ladi. M: Balli bolam, sen ertangi kun egasisan, axir. (yoshi katta kishi nutqidan) Hoy bola, o’zingga ko’p ishonma. (amali baland kishi nutqidan) II. Buyruq-xitob undovlari kishilarning diqqatini tortish, jonivorlarni chaqirish, haydash yoki to’xtatish uchun ishlatiladi. Quyidagilar buyruq-xitob undovlariga kiradi:xo’sh,jim, allo,bas, dirr, ishsh, ixx, chu, pisht, kisht, tu-tu, pish-pish, bah-bah, qurey-qurey, chip-chip. Bu undovlar deb, degan so’zlari bilan kelib, gapda aniqlovchi, hol vazifasini bajaradi. M: Qizcha mushukchasiga qarab, pish-pish deb yurib ketdi.Xo’sh undov so’zi kirish so’z vazifasini bajarib kelishi ham mumkin: Xo’sh, ishlar yaxshimi? Undovlarning uslubiyati. Undovlar og’zaki so’zlashuv, badiiy, qisman publitsistik uslubda keng qo’llanilib, rasmiy va ilmiy uslubda qo’llanilish doirasi cheklangan. Ba’zan xatlarda, ma’lum voqea-hodisalar bayoni yuzasidan o’zaro maktublarda yoki ishqiy maktublarda undovlar qo’llanilishi mumkin. Rasmiy doiralarning xatlarida undovlar qo’llanilmaydi. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling