Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet80/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

1-topshiriq: Gaplar tarkibidan so’z qo’shilmalarini aniqlang.
1.Dunyodagi eng og’ir yuk hasad yukidir.Chunki hasadchi butun dunyodagi shod va quvnoq odamlarning qayg’ularini o’z ustiga yuklab yuradi. 2.Boy insonlar pulni qanday topish va jamlashni o’ylasa, kambag’al odamlar uni ko’proq sarflashni o’ylaydi. 3.Olimlar orasidagi hasad, ko’rolmaslik jamiyat uchun ofatdir.
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ So’zlarning tobelanish orqali bog’lanishi so’z birikmalarini hosil qiladi va so’z birikmasi ikki yoki undan ortiq so’zdan iborat bo’lishiga qaramay, bitta tushunchani ifodalaydi. M: qizil qalam, daftarning varag’i. Eslatma: Tobe bog’lanish ikki xil sintaktik birlikni vujudga keltiradi: 1) so’z birikmasi; 2) gap. Agar bog’lanish ega + kesim shaklida bo’lsa bu sintaktik birlik gap bo’ladi.M: Men keldim. Ukam o’quvchi. Suv mo’l. Olma qizil. Agar aniqlovchi+kisim, aniqlovchi+ega, aniqlovchi+to’ldiruvchi, to’ldiruvchi+kesim, hol+kesim kabi bog’lanish bo’lsa, bu sintaktik birlik so’z birikmasi hisoblanadi. M: ko’p o’quvchi edi, chiroyli qiz, katta binoni, kitobni o’qidi, tez yugurdi. So’z birikmasi sintaksisi. Ikki va undan ortiq mustaqil so’z grammatik ma’no jihatdan birikib, so’z birikmasini hosil qiladi. So’z birikmasi hokim so’z va tobe so’zdan tuziladi. Tobe bo’lakning hokim bo’lakka kelishik, egalik qo’shimchalari, ko’makchilar va tobelantiruvchi ohang yordamida bog’lanishi so’z birikmasi deyiladi.Tobe so’z hokim so’zni aniqlab, izohlab, to’ldirib keladi. So’roq har doim hokim so’zga beriladi. So’roqqa javob bo’lgan so’z esa tobe so’z hisoblanadi. M: yashil ko’ylak - qanday ko’ylak? So’z birikmasida tobe so’z oldin, hokim so’z keyin joylashadi. Ba’zan joylashish tartibi o’zgarishi mumkin. M: kitobim mening, o’qidim kitobni. Ularning shartli belgilari quyidagicha: hokim soz: ; tobe soz: So’z birikmasini so’z, gap, ibora va qo’shma so’zlardan farqlash lozim. So’z birikmasi va so’z. So’z predmet, belgi, ish-harakatni umuman ifodalash uchun xizmat qiladi. M: maktab so’zi bir narsaning umumlashgan oti bo’lib, yolg’iz tushunchani ifodalaydi. So’z birikmasi ham so’zlar kabi narsa, belgi, harakatni atashga xizmat qiladi. Lekin so’z leksik hodisa, so’z birikmasi grammatik hodisadir. So’z birikmasida ma’no, tushuncha ancha aniq, ravshan bo’ladi. M: nor-erkak tuya, g’o’nan-uch yashar ot, ezma-sergap odam, olqor-yovvoyi tog’ echkisi, ayg’ir-erkak ot. Eslatma: Lug’atlarda so’zning ma’nosini ochib berish uchun so’z birikmalaridan foydalaniladi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling