Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
So’z birikmasi va qo’shma so’z
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otli so’z birikmasi . 2. Fe’lli so’z birikmasi
- BOSHQARUV
So’z birikmasi va qo’shma so’z. So’z birikmasida ham, qo’shma so’zda ham qismlar bir xildagi so’z turkumlariga oid bo’lishi, har ikkalasi ham bir xil grammatik shaklga ega bo’lishi mumkin. Masalan, oq qush – oqqush (har ikkisi ham sifat+ot). Bu ularning shakily o’xshashligidir. Lekin so’z birikmasidagi qismlar ma’no mustaqilligini saqlagan bo’ladi. Qo’shma so’z tarkibidagi qismlarning ma’nosi esa saqlanmagan bo’lib, qo’shma so’zning umumiy ma’nosi orqali anglashiladi.
So’z birikmasidagi qismlar orasida grammatik aloqa sezilib turadi, qo’shma so’z qismlari orasidagi grammatik aloqa esa yo’qolgan bo’ladi. So’z birikmasini tashkil qilgan qismlarning har biriga alohida-alohida so’roq berish mumkin: kitobni o’qimoq; kitobni (nimani?) o’qimoq; kitobni o’qimoq (nima qilmoq?) Qo’shma so’zlarga esa yaxlit bir so’roq berish mumkin: kungaboqar (nima?), kamquvvat (qanday?). Bular urg’u olishida ham farqlanadi. So’z birikmasida har bir so’zga, qo’shma so’zda esa faqat o’ziga urg’u tushadi. Masalan: oq qush – oqqush 3-topshiriq: Berilgan birliklarning har birini so’z birikmasi va ibora sifatida qo’llab ikkitadan gap tuzing. 1)bo’yniga ilmoq; 2)ko’zi ochilmoq; 3)to’nini teskari kiymoq; 4)ustidan chiqmoq; 5)tosh otmoq. ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Hokim so’zning ifodalanishiga ko’ra so’z birikmalarining turlari. Bu jahatiga ko’ra so’z birikmasi ikkiga bo’linadi: 1. Otli so’z birikmasi. 2. Fe’lli so’z birikmasi. Otli so’z birikmasida hokim so’z ot, sifat, olmosh, son, ravish va otlashgan so’zlar bilan ifodalanadi. M: shaharning ko’chlari, chumchuqning chug’ur-chug’uri, o’quvchilarning beshtasi, beqiyos o’lka. Fe’lli so’z birikmasida hokim so’z mustaqil fe’l bilan ifodalanadi. M: daftarga yozmoq, ohista gapirish, zavq bilan o’qigan, sekin keldi, ta’sirli so’zlab. Tobe so’zning ifodalanishiga ko’ra so’z birikmalarining turlari 3 xil: 1) aniqlovchili birikma: go’zal tabassum, ko’p odam, beshta olma. 2)to’ldiruvchili birikma: daftarga yozmoq, televizorni yoqmoq, sayrga chiqmoq. 3) holli birikma: shoshib yurmoq, to’satdan boshlamoq, kulib gapirmoq. Tobe va hokim qismlarni bir-biriga bog’lovchi vositalar. Gap tarkibida uchraydigan so’z birikmalari bir-biri bilan kelishiklar, ko’makchilar, ohang va egalik qo’shimchalari yordamida bog’lanadi. Bunda kelishiklar, ko’makchilar, ohang tobe qismga, egalik qo’shimchalari esa hokim qismga qo’shiladi. M: beshta olma (ohang), ruchka bilan yozmoq (ko’makchi), radiodan eshitmoq (kelishik), bizning bog’imiz (kelishik, egalik). Eslatma: Tobe bog’lanishdan so’z birikmasi ham, gap ham hosil bo’lishi mumkin. Tobe bog’lanishda kelishiklar, ko’makchilar,shaxs-son, ohang va egalik qo’shimchalari ishtirok etadi.Shulardan faqat shaxs-son qo’shimchalari yordamida bog’langan tobe bog’lanish gap hisoblanadi. M: Gul ochildi (gap). So’z birikmasida so’zlarning o’zaro birikish usullari. Ular 3 xil: 1. Moslashuv 2. Boshqaruv 3. Bitishuv MOSLASHUV. So’z birikmalari qaratqich kelishigi orqali bog’lanishi moslashuv deyiladi. Bunda qaratqich kelishigi har doim tobe so’zda, egalik qo’shimchasi esa har ikkalasida bo’lishi mumkin.M: mening kitobim, ukamning kitobi Qaratqich kelishigini olgan so’z, ya’ni tobe so’z qaratqich, qaratqich kelishigini olmagan so’z, ya’ni hokim so’z qaralmish deyiladi. Moslashuvda tobe so’z avval, hokim so’z keyin keladi. Ba’zan she’riyatda ularning o’rni almashishi mumkin. M: mening Vatanim, Vatanim mening BOSHQARUV. Boshqaruv 2 xil bo’ladi: 1. Kelishikli boshqaruvda tobe so’z hokim so’zga tushum, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklari orqali bog’lanadi. M: kinoni ko’rdi, uyga bordi, ko’chada uchratmoq, mashinadan tushmoq 2. Ko’makchili boshqaruvda tobe so’z hokim so’zga ko’makchilar orqali birikadi. M: g’alaba uchun kurashmoq, sharoitga ko’ra yondashmoq Boshqaruvda kelishiklar va ko’makchilarni almashtirish mumkin. Lekin ma’nosida o’zgarish bo’ladi. Kelishiklar yordamida bog’langan bo’lsa, hokim bo’lak ifodalagan harakat aniq bo’ladi. Ko’makchilar yordamida bog’langanda noaniq bo’ladi. M: maktabga keldi – maktab tomon keldi Eslatma: Boshqaruvda hokim so’z, ko’pincha, fe’l, ba’zan ot, sifat, ravish va boshqa so’z turkumlari bilan ifodalanadi. Boshqaruvda tobe so’z avval, hokim so’z keyin keladi. Ba’zan esa ularning o’rni almashishi mumkin. M: gulni terdim – terdim gulni BITISHUV. Tobe va hokim so’zning hech qanday grammatik vositalarsiz faqat ma’no va ohang yordamida birikishi bitishuv deyiladi. M: tez termoq, chiroyli gapirmoq, ishchan o’quvchi, mehribon murabbiy. Bitishuvda ham tobe so’z oldin hokim so’z keyin keladi. Ammo bitishuvda hamma hollarda ham ularning o’rnini almashtirib bo’lmaydi. Ba’zi holatlarda o’rni almashtirilsa, gap hosil bo’ladi. M: tez termoq – termoq tez (almashtirilsa bo’ladi, so’z birikmasi); katta uy – Uy katta. (almashtirib bo’lmaydi, gap) Eslatma: Birga bormoq, birdan aytmoq, yolg’ondan gapirmoq, tezda xabar bermoq, qunt bilan o’qimoq, zavq bilan kulmoq bular bitishuvli birikmalar hisoblanadi. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling