Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatma
- Istak gaplar.
- Undov gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi
- Gapning tuzilishiga ko’ra turlari.
- Gapning bo’laklarga ajratilishi.
Darak gap. Borliq hodisalarini tasdiq yoki inkor yo’li bilan xabar qiluvchi yoki xabar ma’nosini bildiruvchi gaplarga darak gap deyiladi. Darak gapning kesimi xabar maylidagi fe’l bilan ifodalanadi va har doim oxiriga nuqta qo’yiladi: Qush uyasida ko’rganini qiladi. Ba’zan darak gaplardagi gap bo’laklarining me’yordagi tartibi o’zgarishi mumkin: 1.Urug’chilik instituti shahar markazidan xiyla chetda joylashgan. 2. Shahar markazidan urug’chilik instituti xiyla chetda joylashgan. 3. Xiyla chetda joylashgan urug’chilik instituti shahar markazidan uzoqda edi. Darak gaplardagi bunday 3 xil gap bo’laklarining tartibi gapning umumiy mazmuni bir xil ifodalasa ham, lekin uslubiy xoslanishlik va gap bo’laklaridan birining ahamiyatlilik darajasini ifodalashga ko’ra o’zaro farqlanadi: 1-2-gaplar kitobiy uslubga, 3-gap esa so’zlashuv uslubiga xoslangan. Darak gaplarda tasdiq va inkor ma’nolari bo’lishi mumkin. Darak- tasdiq gaplarning kesimi bo’lishi shaklda bo’ladi. M: Bahor kelib, gullar ochildi. Darak-inkor gaplar quyidagicha hosil qilinadi: 1. Bo’lishsiz fe’llardan: Bugun dars qilmadim. 2. Sifatdosh + yo’q, emas: Bu haqda hech kimga aytgan emas. 3. Ot + yo’q, emas: U ko’ringan sharpa odam emas. Ba’zan gapning inkor shakli orqali tasdiq ma’nosi ifodalanadi. Bunday vaqtda ikkita inkor shakl qo’llanilib, gapga tasdiq ma’nosini beradi.M: Shu asarni o’qimay qo’ymayman. Eslatma: Inkor ma’nosi orqali ifodalangan tasdiq ma’nosi tasdiq shakli orqali ifodalangan tasdiq ma’nosidan kuchliroq bo’ladi. So’roq gaplar.So’zlovchiga noma’lum bo’lgan voqea-hodisa haqida axborot olish maqsadida qo’llaniluvchi gaplarga so’roq gaplar deyiladi. So’roq gaplar quyidagicha hosil qilinadi: 1. So’roq olmoshlari yordamida: Nima uchun darsga kech qolding? So’roq olmshlari yordamida ifodalangan so’roq gaplar aniq javobni talab qiladi. M: - Guruhingizda kim yaxshi o’qiydi? - O’ktam. 2. So’roq yuklamalari yordamida: Kecha darsga keldingmi? Bular ha yoki yo’q javoblarini talab qiladi. 3. So’roq ohanggi yordamida: Fotima o’qishga kirdi? So’roq gaplar ma’nosiga ko’ra 3 xil bo’ladi: 1. Sof so’roq gaplar 2. Ritorik so’roq gaplar (so’roq-darak) 3. So’roq-buyruq gaplar Sof so’roq gaplar javob talab qiladi. M: Kecha uyingga kim keldi? Ritorik so’rq gaplar javob talab qilmaydi. Javobi shu gapning o’zida bo’ladi. So’roq gap kesimi bo’lishsiz fe’llar blan ifodalangan bo’lsa, tasdiq darak gap ma’nosini; bo’lishli fe’llar bilan ifodalangan bo’lsa, inkor gap ma’nosini bildiradi. M: Bu daraxtni kesishga kim jur’at qiladi? (Bu daraxtni kesishga hech kim jur’at qilolmaydi.) Eslatma: So’roq gap orqali ifodalangan darak ma’nosi darak gap orqali ifodalangan darak ma’nosidan kuchliroq bo’ladi. So’roq gap shakli orqali buyruq ma’nosi ham ifodalanishi mumkin: Yurmaysizmi? (yuring) Eslatma: So’roq gap orqali ifodalangan buyruq ma’nosi buyruq gap orqali ifodalangan buyruq ma’nosidan kuchliroq bo’ladi. Buyruq gap. Kesimi buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalanib, buyruq-xitob ma’nolarini ifodalagangaplarga buyruq gaplar deyiladi. Buyruq gaplarning kesimi quyidagicha bo’ladi: - II shaxsdagi buyruq-istak maylidagi fe’llar bilan: Oldin o’yla, keyin so’yla. – rasmiy nutqda buyruq gapning kesimi ko’pincha III shaxsda bo’ladi: Ishga qabul qilinsin. – ayrim hollarda III shaxs buyruq maylidagi fe’llar bilan ifodalangan gapning kesimi II shaxs ma’nosida qo’llaniladi. M: Chekilmasin (chekmang). Uyga kirilsin (uyga kiring). Bunday vaqtda iltifot mulozamat bildirish, kesatiq kabi ma’nolarni ifodalaydi. Buyruq gap ba’zan buyruqni kuchaytirish, do’q-po’pisa ma’nolarini ifodalaganda kesim gap oxirida keladi.M: Oling qo’lingizni. Eslatma: Buyruq gaplarning buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesimi ba’zan tushib qolishi mumkin, lekin uning o’rni nutq vaziyatidan bilinib turadi. M: Hamma paxta terimiga. Buyruq gaplarning oxiriga ko’pincha undov belgisi qo’yiladi. Ba’zan gapning ohangiga qarab esa nuqta qo’yilishi mumkin. Istak gaplar. Kesimi –sa shaklidagi fe’llar orqali ifodalangan gaplar istak gap deyiladi. M: Toshkentga borsam, Mustaqillik maydonini ko’rsam. Istak gaplarning oxiriga nuqta qo’yiladi. Gaplarning his-hayajon ishtirokiga ko’ra turlari. Gaplar his-hayajonning ishtirokiga ko’ra ikki turga bo’linadi: a) his-hayajonsiz; b)his-hayajonli Darak, so’roq, buyruq gaplar his-hayajonsizdir.Bular nutqda kuchli his-hayajonga ega bo’lishi bilan his-hayajon gaplarga aylanishi mumkin. His-hayajon gaplar undov gap deb ham nomlanadi. Undov gaplarda kesim ko’pincha gapning oldida keladi, tarkibida ko’pincha eh, oh singari undov so’zlar ishtirok etadi va kuchli hayajon bilan talaffuz qilinadi. Shuning uchun yozuvda undov gapdan so’ng undov belgisi qo’yiladi.M: Nurga to’lsin uyingiz! Eh, bog’larga burkansa Vatan! Undov gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi: Agar his-hayajon so’roq gapga qo’shilib uni undov gapga aylantirsa, avval so’roq belgisi, keyin undov belgisi qo’yiladi. M: Qo’shiqdan kim bahra olmaydi?! Aytsangiz-chi, nima dedi?! Agar his-hayajon ma’nosi kuchli bo’lsa, avval undv, so’ng so’roq belgisi qo’yiladi. M: Bu dardga qanday chidayman!? Agar undov o’ta kuchli bo’lsa, uchta undov belgisi qo’yiladi.M: O’lim terrorchilarga!!! Eslatma: Salomlashish-so’rashish, xayrlashish singari holatlar bilan bog’langan gaplar ham yuqori ohang bilan aytiladi va undov gaplar hisoblanadi. M: To’y muborak! Xayr, do’stim! Gapning tuzilishiga ko’ra turlari. Gaplar tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
1) sodda gaplar - bitta xabarni ifodalovchi gap sodda gap hisoblanadi; 2)qo’shma gaplar - birdan ortiq xabarni yaxlitlashtirib ifodalaydigan gap qo’shma gapdir. (8-sinf darslik) Grammatik asosi bitta bo’lib, ma’lum bir fikrni ifodalovchi gaplar sodda gap deyiladi. Sodda gapda to’liq shakllangan kesim bitta bo’ladi. Ega va hol to’g’ridan-to’g’ri kesimga bog’lanadi.(Ushbu ma’lumot 8-sinf darsligidan. Hol boshqa bo’laklarga ham bog’lanishi mumkin. Faqat ega kesimga to’g’ridan-to’g’ri tobelanadi.) Aniqlovchi ot bilan ifodalangan har qanday bo’lakka bog’lanaveradi. To’ldiruvchi esa fe’l bilan ifodalangan bo’laklarga bog’lanadi. M: Shahnoza o’qidi. Shahnoza kitobni o’qidi. Shahnoza shu kitobni o’qidi. Shahnoza shu kitobni hayajon bilan o’qidi Sodda gap tarkibidagi barcha bo’laklar shu kesim atrofida birlashadi. Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirok etish etmasligiga ko’ra ikkiga bo’linadi: 1)sodda yig’iq: Kamola kirib keldi. 2) sodda yoyiq: Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi. Eslatma: Akademik litsey darsliklarida faqat kesimdan iborat gaplarni sodda yig’iq gaplarga kiritgan. M: Keldi. Bahor. Ikki va undan ortiq grammatik asosdan tashkil topib, murakkabroq fikr anglatuvchi gap qo’shma gap deyiladi. M: Shu payt eshik ochildi va hovliga harbiycha kiyingan bir yigit kirib keldi. Bilimli o’zar, bilimsiz to’zar. Odam borki, odamlarning naqshidir. Gapning bo’laklarga ajratilishi. Gapda bo’laklar o’zaro grammatik munosabatga kirishib, gap bo’laklarini hosil qiladi. Gap tarkibidagi o’zaro tobe bog’lanishda bo’lgan so’zlardan bittasi tobe bo’lak, ikkinchisi hokim bo’lak vazifasini bajaradi. Tobe bo’lak hokim bo’lakka bog’lanib, hokim bo’lak talab etgan sintaktik vazifada keladi. Ana shu vazifa gap bo’lagi nomi bilan yuritiladi. Gap tarkibida tobe bog’lanib ma’lum so’roqqa javob bo’luvchi so’z yoki so’zlar birikmasiga gap bo’lagi deyiladi. Masalan: Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi. Ushbu gapdagi bo’laklarni aniqlaymiz: Dildora (kim?) – ega, kechagi (qachongi?, qaysi?) – aniqlovchi, uchrashuv haqida (nima haqida?) – to’ldiruvchi, zavqlanib (qay tarzda?) – hol, gapirdi (nima qildi?) – kesim. Gapda 4ta tobe bog’lanish bor: 1) Dildora gapirdi. 2) zavqlanib gapirdi; 3)uchrashuv haqida gapirdi; 4) kechagi uchrashuv.(Shulardan 3 tasi so’z birikmasi, bittasi gap.) Demak, gap bo’lagi tobe bog’lanish doirasida, tobe qism vazifasida kelgan bo’laklar hisoblanadi.Uning qaysi bo’lak vazifasida kelayotganligi hokim bo’lakka nisbatan aniqlanadi. Gap bo’laklari 5ta: ega va kesim gapning bosh bo’laklari; aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol gapning ikkinchi darajali bo’laklari sanaladi. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling