Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Eslatma: Izohlovchi taxallus va o’xshatish ma’nolarini bildirganda, izohlovchi va izohlanmish o’rtasiga tire qo’yiladi: Erk kuychisi – Abdulhamid Cho’lpon
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq
- To’ldiruvchi.
- Vositasiz to’ldiruvchi
Eslatma: Izohlovchi taxallus va o’xshatish ma’nolarini bildirganda, izohlovchi va izohlanmish o’rtasiga tire qo’yiladi: Erk kuychisi – Abdulhamid Cho’lpon she’rlarini sevib o’qiyman.
1-topshiriq: Gaplar tarkibidan aniqlovchilarni toping va ular qaysi gap bo’lagiga tobelanganligini aniqlang. 1.Hunari va odobi bo’lmagan kishidan baxt va davlat ketadi. 2Hunar bilan davlat birikishi barcha nodir narsalardan ham qimmatliroqdir. 3.Kasb ayla nishot mehnat oyinlik aro, kum ishrat umidi keldi g’amginlik aro. 4.Tikansiz gul, sadafsiz dur, mashaqqatsiz hunar bo’lmas. 5. Kissayi purzar emish elga hunar, behunar elni derlar rishi xar. 6.Qaysi ilm va hunar kishining aqliga, ruhiga tarbiya berar ekan, unday ilm va hunar o’z egasini har doim qo’llab-quvvatlaydi. 2-topshiriq: Aniqlovchilarning turlarini va qaysi so’z turkumi bilan ifogalanganligini aniqlang. 1.Nodonlardek otangning kimligini pesh qilma, o’zingga sen hunardin o’zgani ota bilma. 2.Kamol ahli aro, albatta, topg’ay izzati oily, har qaysi kasbida har kimsakim qildi hunar ixlos. 3.Har bir hunarg’a bordur mushkul base mashaqqat, beranj muft davlat bor elga nogahonda. 4.Hojatmand kishini noumid qaytarma. 5.Agar yerga topshirsang bir arpa dona, o’rim payti berar bir yuz dona. 6.Rayimbek dodxoh qilich yalanglab, sipohlar oldida olomonga qarab yugurdi. Biroq uning bu g’ayrati o’zi uchun halokat bilan natijalanib, Usta Mo’minjon ismlik bir miltiq ustasining otgan o’qi bilan ko’kragidan yaralanib yiqildi. To’ldiruvchi. Gapning biror bo’lagiga boshqaruv yo’li bilan bog’lanib,uni to’ldirib kelgan ikkinchi darajali bo’lak to’ldiruvchi deyiladi: Men unga qaradim. To’ldiruvchilar ko’pincha kesimga bog’lanadi: U eshikni sekin yopdi. To’ldiruvchi ikki xil bo’ladi: Vositasiz to’ldiruvchi Vositali to’ldiruvchi Vositasiz to’ldiruvchi. Odatda kesimda anglashilgan harakatni to’g’ridan to’g’ri o’z ustida olgan predmet yo kimsani bildiruvchi va kimni?, nimani?, qayerni? so’roqlariga javob bo’luvchi so’z vositasiz to’ldiruvchi sanaladi. Vositasiz to’ldiruvchilar belgili va belgisiz tshum kelishigi shakllari bilan ifodalanadi va har doim o’timli fe’lga bog’lanadi: Shoirlari she’rin yozadi. Vositasiz to’ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi: 1)ot bilan: Mezbonlar mehmonni ko’rib quvonib ketishdi. 2)olmosh bilan: Hammani o’ynatish shart. 3)harakat nomi bilan:Yozishni yomon ko’raman. 4)ibora bilan: Qo’shnimizning tarvuzi qo’ltig’idan tushganini eshitdim. 5)ajralmas birkma bilan: Bola bir guruh jangchilarni botqoqlikdan o’tkazib qo’yganligini aytdi. 6)modal so’z bilan: Borni yo’q qiladigan axmoq bo’ladi. Otlashganda: 1)sifat bilan:Kattani hurmat qil. 2) son bilan: Birni kessang, o’nni ek. 3)taqlid so’z bilan: Taqir-tuquringni yig’ishtir. 4)undov so’z bilan: Odamlarning dodini eshitdik. Eslatma: Agar vositasiz to’ldiruvchi belgisiz qo’llangan bo’lsa, u har doim fe’l kesim oldida turadi: Shoirlari g’azal yozadi. Vositasiz to’ldiruvchi va fe’l kesim orasiga biror so’z qo’ysak, u holda vositasiz to’ldiruvchidagi tushum kelishigi har doim belgilli qo’llaniladi: G’azalni shoirlari yozadi. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling