Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izohlovchilarning sifatlovchi aniqlovchilarda farqi
Izohlovchi aniqlovchi. Izohlovchi aniqlovchining bir turi bo’lib, u shaxs yoki narsani boshqacha nom bilan aniqlaydi, ya’ni izohlovchi ot boshqa bir otni izohlaydi: Rahim ustoz. Izohlovchi izohlagan ot izohlanmish deyiladi. Izohlanmish shaxsning millati, kasb-kori, nasl-nasabi, unvoni, laqabi, yoshi, qarindoshligi, jinsi va boshqa qo’shimcha belgilarini tavsiflovchi bo’lak izohlovchi deyiladi.M: akademik (izohlovchi) Habib Abdullayev(izohlanmish)
Izohlovchi va izohlanmish bitishuv yo’li bilan birikib, izohlovchili birikma hisoblanadi. Bunda har ikki bo’lak, asosan, ot bilan ifodalanadi. Izohlovchi izhlanmishga tobelanmasligi bilan aniqlovchining boshqa turlaridan farq qiladi. Izohlovchilar quyidagi ma’nolarni bildiradi: Unvonni: kapitan Mansurov Amalni: direktor Xoliqov Mashg’ulot, kasb, mutaxasislikni:oshpaz Shukur jinsi: o’g’il bola Qarindoshlikni: Po’lat tog’a Laqabni: Juman pismiq Taxallusni: Alisher Navoiy O’xshashlikni: ona – Vatan; Sahnaga gul ko’targan gulchalar-qizchalar chiqdilar. Bunda izohlovchi va izohlanmishning orasiga chiziqcha qo’yiladi. Daraxtlarning xivich sochini yaproq-ro’molchalar o’ragandir. Izohlovchili birikmalarda izohlovchi va izohlanmish o’rnini almashtirish ma’noga ham so’z birikmasidagi so’zlararo munosabatlarga ham ta’sir etmaydi.Ayol hamshira birikmasida ayol izohlovchi, hamshira izohlanmish bo’lsa, hamshira ayol birikmasida, aksincha, hamshira izohlovchi, ayol izohlanmish. Izohlovchilarning sifatlovchi aniqlovchilarda farqi: 1.Sifatlovchi sifatlanmishning belgisini bildiradi, sifatlovchi, asosan, sifat bilan ifodalanadi: qizil gul. Izohlovchi esa ot bilan ifodalanib, uni qayta nomlash uchun ishlatiladi: professor G’ozi Olim Yunusov. 2.Sifatlovchi gapda o’zicha alohida so’roqqa javob bo’ladi va mustaqil gap bo’lagi vazifasida keladi. Izohlavchi va izohlanmish bitta so’roqqa javob bo’ladi va gapda bitta bo’lak vazifasini bajaradi. Yaxshi inson farosatli bo’lishi kerak. Shoira Zulfiyaning she’rlari o’qildi. 3.Sifatlovchining gapdagi o’rni qat’iy, ya’ni sifatlanmishdan oldin keladi. izohlovchi esa izohlanmishdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin: mayin(aniqlovchi) shabada (aniqlanmish); usta Olim – Olim usta Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling