Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Eslatma: Atov gaplar hech qachon yolg’iz o’zi qo’llanmaydi. Undan keyin atov gapning mazmunini ochuvchi boshqa bir gap keladi: Oltinlangan barglar


Download 388.95 Kb.
bet99/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Eslatma: Atov gaplar hech qachon yolg’iz o’zi qo’llanmaydi. Undan keyin atov gapning mazmunini ochuvchi boshqa bir gap keladi: Oltinlangan barglar. Manzara ko’zni naqadar quvontiradi.
1-topshiriq: Atov gaplarni aniqlang.
1.Xazonrezlik payti. Hirot bog’lariga suv beradigan Hirirud daryosi va Injil anhorining qirg’oqlariga za’faron yaproqlar to’kilgan. 2.To’qqizinchi asr. Muhammad al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi. 3. Erta bahor edi. Dam olish kuni edi. Kech turdim. 4.Bola edim… Kuz edi… so’rida dars qilib yotibman. 5.Ilk muhabbat bahor osmonidagi bulutga o’xshaydi. Oppoq. Pokiza. Shaffof.
So’z-gaplar. Bir s’zdan iborat bo’lib, tarkibga ajralmaydigan, boshqa so’zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo’lmagan gaplar so’z-gaplar deyiladi. Ular oldingi gap mazmuniga so’zlovchining munosabatiniifodalaydi. So’z-gaplar modal va his-hayajon munosabatlarni ifoda etgani uchun ham ko’proq diologik va ba’zan monologik nutqqa xosdir. So’z-gaplar tasdiq, inkor, so’roq, taajjb, his-hayajon kabilarni ifoda etib, matn bilan bog’liq bo’ladi:

  • Endi so’zingizdan aynimang.

  • Mayli, - dedi Fazliddin.

So’z gaplar quyidagi turlarga bo’linadi.
1.Modal so’z-gaplar ishonch, taxmin, gumon ma’nolarini ifodalaydi: Shubhasiz, ehtimol, albatta, shaksiz to’g’ri. - Boramizmi? - Albatta. 2. Undov so’z-gaplar his-tuyg’u, haydash-chaqirish ma’nolarini ifodalaydigan so’z-gaplar: Oh, uh,ofarin, balli, hormang, yashang. 3.Tasdiq so’z –gaplar: Ha, mayli, xo’p. 4. Inkor so’z-gaplar: Yo’q,mutlaqo, also, sira, aksincha. 5. Taklif so’z-gaplar tinglovchiga qaratilgan bo’lib, uni biror ishni bajarishga undaydi: Marhamat, ma, mang. Kishilar o’rtasida oddiy muomalada tez-tez ishlatilib turadigan bir so’z yoki iboralar so’z-gaplar vazifasida qo’llanadigan bo’lib qolgan: Assalomu alaykum, yoqimli ishtaha,marhamat, salomat bo’ling, qulluq, osh bo’lsin, yaxshi boring, xush ko’rdik, labbay, jonim bilan, bajonidil kabi.
So’z-gaplarining kengayishi juda qiyin va o’ta chegaralangan. Ba’zan so’z-gaplar takrorlanib qo’llaniladi. – Biror gap eshitdingizmi? - Yo’q-yo’q. Eslatma. So’z-gaplardan, ya’ni ha, yo’q, xo’p kabi so’zlaridan keyin shu so’zlarning ma’nolarini takrorlab kuchaytiradigan ayrim gaplar qo’llanilib, bular so’z-gap hisoblanmaydi, balki gap mazmunini kuchaytiruvchi kirish so’z hisoblanadi.
- Hujjat topshirdingmi? - Ha, topshirdim. Yozuvda so’z-gaplardan keyin nuqt, undov belgisi, ba’zan ko’p nuqta qo’yiladi.So’z-gaplar hech qachon bo’laklarga ajratilmaydi.
2 -topshiriq: Matn tarkibidan so’z gaplarni aniqlang.
Bir kishi qushga qarab o’q uzgan ekan. O’qi xato ketibdi. Yonida turgan o’rtog’i buni ko’rib:

  • Ofarin! – deb yuboribdi.

  • Nima, meni kalaka qilyapsanmi? – debdi mergan.

  • Yo’q, men “ofarin”ni senga emas, qushga aytdim.


Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling