Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet96/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

2.O’rin holi ish-harakatning bajarilish o‘rnini bildirib, qayerga? qayerdan? qayerda?qayoqqa? qayergacha? so’roqlariga javob bo’ladi.O’rin holi o’zi ergashgan so’zga boshqaruv yo’li bilan bog’lanadi va quyidagicha ifodalanadi: 1.O’rin ravishi bilan: Shu yerdan boshlanur daryo va quyosh. 2.Ot bilan: Poyezd bizni Toshkentda qoldirib, Moskvaga yo’l oldi. 3.Ot+ko’makchi orqali: Bu qo’shiq dunyo bo’ylab taraldi. 4.-gacha, -ga qadar, -ga dovur kabilar orqali: Dugonamni uyigacha kuzatib qo’ydim.

3.Payt holi ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? qachondan buyon? qay vaqt? so’roqlariga javob bo’ladi.Ular quyidagicha ifodalanadi:
1.Payt ravishi bilan: Bugun poytaxt mardlar sha’niga salom yo’lladi. 2.Payt ravishdoshi bilan:Qo’llarini yuvgach supaga o’tirdi. 3.-gandan so’ng, -gandan keyin kabi birliklarni olgan so’zlar orqali: O’qishni bitirgandan so’ng ishlayman. 4.Payt bildiruvchi so’z+gacha, -ga dovur, -ga qadar qo’shimchali so’zlar orqali: Ertalabgacha ko’ziga uyqu kelmadi. 5.Payt bildiruvchi so’z+dan beri, -dan buyon kabilarni olgan so’zlar orqali: O’n kundan beri uni ko’rganim yo’q. 6.Ot bilan: Yoshlikda o’qishning izidan qolmadi. Payt holi ko’pincha ot yoki payt ravishi bilan, shuningdek, son birikmalari bilan ifodalansa, murakkab payt holi hisoblanadi: Bundan besh yil ilgari, o’sha kundan beri, shu yildan boshlab.
4.Sabab holi ish-harakatning bajarilish sababini bildiradi, nimaga? nega? nima uchun? nima sababdan? nima sababli? so’roqlariga javob bo’ladi va quyidagicha ifodalanadi:
1.Sabab ravishi bilan:Noilojlikdan hamma gapni aytib berdi. 2. –lik, -sizlik, -ganlik qo’shimchali so’z+chiqish kelishigidagi ot bilan: U uxlamaganligidan darsda mudrab o’tirardi.
3.Sfatdosh + dan qo’shimchasi orqali: U muhim topshiriqni bajarganidan xursand edi.
4. –gani, -ganligi qo’shimchali so’z+ sababli, tufayli, uchun so’zlari orqali: Yer sirpanchiq bo’lganligi uchun yurish qiyin edi.
5.Maqsad holi. Ish-harakatning bajarilish maqsadini bildirib, nima uchun?, nima qilgani?, nima maqsadda?, nega? so’roqlariga javob bo’ladi. Ular quydagicha ifodalanadi:
1.Maqsad ravishi bilan: Qizaloq ataylab antiqa kuyindi.
2.Jonalish kelishigidagi harakat nomi bilan: Kutubxonaga tayyorlanishga ketdi.
3.Harakat nomi + uchun: Ozgina uxlash uchun ko’zini yumdi.
4.Maqsad ravishdoshi bilan: Men sizni olib ketgani keldim.
5.Fe’l + uchun, deb so’zlari orqali: Bu kitobni o’qiyman deb olib kelgan edim.
6.Harakat nomi + maqsadida, maqsadi bilan: Qoravoy do’stining dom-daragini surishtirish maqsadida shaharga ketdi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling