Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet93/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Vositali to’ldiruvchi. Vositali to’ldiruvchi o’z hokim bo’lagiga bog’lanib, shu bo’lak orqali ifodalangan harakatning yuzaga kelishida qurol-vosita vazifasini bajaradi.Ular kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kim haqida? nima haqida? kim uchun? nima uchun? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. Vositali to’ldiruvchi o’timsiz fe’lga bog’lanib, quyidagicha ifodalanadi:
1.Ot bilan: Odamlar Mansurov bilan xayrlashdi.
2.Olmosh bilan: Sizga nima bo’ldi o’zi?
3.Otlashgan sifat bilan: Yaxshiga qora yuqmas.
4.Otlashgan son bilan: Beshni beshga qo’ysak, o’n bo’ladi.
5. Otlashgan sifatdosh bilan: Bilmagandan bilgan yaxshi.
6.Harakat nomi: So’rashdan uyalma, bilmaslikdan uyal.
7. Otlashgan ravish bilan: Ko’kka boqma, ko’pga boq.
8.Otlashgan taqlid s’z bilan: Qushlarning chug’ur-chug’uridan boshim og’ridi.
9. Ibora bilan: Ichi qoralardan yiroq yurish kerak.
10. Ajralmas birikma bilan: O’qituvchining mahorati u tarbiylagan shogirdlarining bilimdonligi bilan o’lchanadi.
Eslatma.To’ldiruvchilar kesimga to’g’ridan to’g’ri bog’lanish bog’lanmasligiga ko’ra 2ga bo’linadi:
a)mustaqil to’ldiruvchilar;
b)nomustaqil to’ldiruvchilar.
To’g’ridan to’g’ri kesimga bog’lanib kelgan to’ldiruvchilar mustaqil to’ldiruvchilardir: Odamning aqlini bilim oshiradi.
Kesim vazifasida kelmagan biror bo’lakka bog’langan to’ldiruvchilar nomustaqil to’ldiruvchi deyiladi. Shuning uchun u biron bir ikkinchi darajali bo’lakning tarkibiy qismi – bo’lakning bo’lagi vazifasini bajaradi: Dangasaning non yeyishini ko’r gapida dangasaning non yeyishini birikmasi nimani? so’rog’iga javob bo’ladi va birikmali to’ldiruvchi vazifasida keladi. Bu bo’lak tarkibidagi non bo’lagi nomustaqil to’ldiruvchi, bo’lakning bo’lagidir.
1-topshiriq: Gaplardagi to’ldiruvchilarni tahlil qiling.
1.Arzimagan va befoyda narslarga keragidan ortiqcha vaqt sarflash dono odam uchun nihoyatda og’irdir va bu uni mislsiz tashvishga soladi. 2.Modomiki, vaqt eng qimmatbaho mulk ekan, unda vaqtni talon-taroj qilish eng og’ir gunohdir. 3.Inson boshiga tushishi mumkin bo’lgan eng og’ir yo’qotish vaqtni boy berishdir. 4.Odam tabiatan qiziq yaratilgan: boyigini yo’qotsa, xafa bo’ladi-yu, umri zoye ketayotganiga esa parvo qilmaydi. 5.Vaqtini boy berayotganida xunob bo’ladigan odam eng dono odamdir. 6.Vaqtning qadriga yetmagan ishiga shon-sharaf nasib bo’lmaydi.
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling