Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet95/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

2-topshiriq: Gap tarkibidagi hollarning mustaqil yoki nomustaqillarini aniqlang.
1.Bir kishi quturgan tuyadan jonini qutqarish uchun jar ustiga egilgan ikki shoxga osilib, jar yoqasiga oyoq qo’yadi. 2.Birdan bolaning oq va qora sichqonlar u osilib turgan shoxni kemirayotganligiga ko’zi tushadi. 3.Yigit bu ahvoldan qutilish chorasini o’ylab turganida shunday yonginasida asalari uyasini ko’radi. 4.Mevalarning shirinligi Ahmadning boshini shu darajada aylantirib qo’ydi.
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Hollarning ma’no va vazifasiga ko’ra turlari 8xil:

1.Vaziyat (ravish, tarz) holi 2.O’rin holi 3.Payt holi 4.Sabab holi 5.Maqsad holi 6.Daraja-midor holi

Eslatma: 8-sinf darsligida hollarning asosiy ma’no turlari 6 ta deb berilgan. Shart va to’siqsizlik hollari yo’q. 1.Vaziyat (ravish, tarz) holi ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qay holda? qanday? qay tarzda? qay vaziyatda? qanday qilib? qay ahvolda? kim bo’lib? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. Ravish holi kesimga bitishuv yo’li bilan bog’lanadi va ko’pincha o‘zi ergashgan so’zdan oldin keladi. Ular quyidagicha ifodalanadi: 1.Holat ravishi bilan: Mashina yangi asfalt yo’lda tezda yurib ketdi. 2. Ravishdos bilan: Shoir shamning uchini avaylab kesdi. 3.Sifatdsh+holda ,ravishda, tarzda so’zlari orqali: U qo’lidagi kalitini o’ynatgan holda kelardi.
4.Taqlid so’z bilan: Hayotxon piq-piq yig’lar edi. 5.Ot+bilan ko’makchisi orqali: Bu asarni zavq bilan o’qirdim. 6.Sifat bilan:Qush ko’m-ko’k daraxtlar orasida yoqimli sayramoqda. 7.Ibora bilan:Hamma yoqni yog’ tushsa yalaguday tozaladilar. Eslatma. Gapda ravishdosh o’ziga tobe bo’laklar bilan birga so’z birikmasini hosil qiladi va ular yoyiq (murakkab) ravish holi deyiladi:Eshikni sekin ochib, Behruz kirib keldi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling