Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet103/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Uyushiq aniqlovchilar. Narsa-buyumlarning bir turdagi belgilarini bildirgan birdan ortiq aniqlovchilar uyushiq aniqlovchilar hisoblanadi: Bog’imizda oq, qizil, pushti atirgullar qiyg’os ochilgan. Bundan tashqari, bir narsa-buyumning turli belgilarini bildirgan birdan ortiq sifatlovchilar ham uyushiq aniqlovchilar sanaladi: Chaqaloq kichkina, oppoq, dumaloq qo’llarini cho’zib menga talpinar edi. Uyushiq aniqlovchilar o’zaro sanash ohangi bilan teng bog’lanadi va aniqlanmishga baravar tobe bo’ladi.Qaratqich aniqlovchilar ham uyushiq kelishi mumkin: O’riklar, olmalar, teraklarning bargi oltinlashgan.
1-topshiriq: Gaplarda qaysi gap bo’lagi uyushgan?
1.Haqiqiy olimning so’zi, o’yi, fikri va ishi bir xil bo’ladi. 2. Nazariy bilimlardan hosil qilinadigan tushunchalar uzoq va chuqur tushunish, tekshirish, kashf – ijod , ta’lim olish va boshqalarg ta’lim berish yo’li bilan qo’lga kiritildi. 3.Er kishiga zeb-u ziynat hikmat va donishdir. 4. Har bir kishi kasb-korini mukammal bilmog’i, yaxshi tarbiya olmog’i va yaxshi xulq-atvor, fazilatlarga ega bo’lmog’i kerak. 5.Olgil mendin nasihat, o’g’lim, ilm-u adab o’rgangin, bo’lub bilimli
Uyushiq bo’laklarda son, egalik, kelishik qo’shimchalarining qo’llanilishi.
Bu qo’shimchalar 3 xil qo’shiladi:
1.Uyushgan bo’laklarning har birida takrorlanadi:

Yam-yashil vohalarga,
Badiiy lavhalarga,
She’riy sarlavhalarga,
Boy ekansan, Farg’ona.
Izoh.Bunday holatlarda uyushgan bo’laklarning har biri ta’kidlangan bo’ladi.
2.Uyushgan bo’laklarning eng oxirida qo’llanib, hammasi uchun tegishli bo’ladi: Sayyohlar Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo’lishdi.
Izoh. Bunday vaqtda sanalayotgan bo’laklarnng har biri ta’kidlanmaydi, balki sanab ko’rsatiladi.
3.Son, egalik, kelishik qo’shimchalari uyushiq bo’laklarda har xil ishlatilishi mumkin: Uyning to’riga amakim, beriroqqa xolam, men va Dilshoda o’tirdik.
2 -topshiriq: Gaplardagi uyushiq bo’laklarga shakl hosil qiluvchi qo’shimchalarning qo’shilish usulini izohlang.
1.Donishmandlik haqiqatni so’zlamoq va tabiatga quloq tutib, unga bo’ysunmoqlikdan iboratdir. 2.O’zini angash va fikrlash hamma odamlarga xosdir. 3.Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidurlar. 4.Adolatli, fanni sevuvchi aqlli hukmdor insonparvarlik munosabatlarini adolat talablariga moslashtirib turishi kerak. 5.Ulamolar suhbatida bo’l; pok, sof niyatli kishilarga talpin. 6.Ustoz va muallimlar hurmatini o’rniga qo’yinglar, bu dunyoda ham, oxiratda ham savob bo’ladi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling