Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Ajratilgan bo’laklarda tinish belgilarining ishlatilishi


Download 388.95 Kb.
bet106/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Ajratilgan bo’laklarda tinish belgilarining ishlatilishi 1. Ajratilgan bo’laklar ikki tomondan vergul (,) bilan ajratiladi: Sizga, o’rta bo’yli qizga, atlas juda yarashibdi. 2. Ajratilgan bo’laklarning o’z ichida verguli bo’lsa, bunday bo’laklar har ikki tomondan tire (-) bilan ajratiladi: Ulardan biri – sersoqol, rangpar va orig’i – o’z mantig’ining kuchini ko’rsatishga tirishardi. 3. Bosh kelishikdagi kishilik olmoshi izohlagan bo’laklardan oldin tire, keyin vergul qo’yiladi: U – Samadov O’tkir, muhandis. Eslarma: Yozma nutqda Otam – Botirov Davron, … kabi hollarda ham ajratilgan bo’lakning oldiga tire, keyin vergul qo’yiladi. 4. Ajratilgan bo’lak kengayib, uyushib gap oxirida kelsa, undan oldin tire qo’yiladi: Paxtakor o’zbekman – zabardast, mag’rur. Bu o’zbek yigiti – tanti, mehribon.
1- topshiriq:Berilgan gaplardagi tushirilgan tinish belgilarini qo’ying. Qaysi gap bo’lagi ajratilayotganligini chizmada ko’rsating.
1.Bu qahramonlar ezgulik izlovchilar, ezgulik istovchilar, sog’inuvchilar, zulm yoki beshafqatlik qarshisida bo’yin egmovchilr bularning barcha-barchasi yozuvchi yuragida tug’ilgandir. 2.Ko’pchilik adiblarga xos odat yomon odamni bulg’ab tashlash O’lmas aka uchun yot narsa. 3.O’lmas akaning Qo’qon sahnasida qo’yilgan birinchi sahna asarlari “Sud”, “Yoz yomg’iri”qissalari zamonaviy detektiv tarzida yozilgan asarlarning dastlabkilaridan biri edi. 4.Shulardan biri O’lmas aka 1934-yilda ulug’ shoir, alloma, siyosiy arbob, diplomat, o’zbek teatrining asoschisi Abdulla Avloniy vafot etgan yili tug’ilgan. 5.Keksalar dunyoni tashlab ketishga tayyorlanayotgan odamlar avlodlariga nimalarni qoldirishyapti? 6.O’lmas akaning ijodlariga xos yana bir narsa nomus, hayo, iffat masalalari turli obrazlarda turlicha yechiladi.
Ajratilgan bo’laklar gapdagi qaysi bo’lakka oid ekanligiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Ajratilgan hollar o’zidan oldin kelgan holning ma’nosiga aniqlik kiritadi, izohlaydi. Ajratilgan bo’lak vazifasida ko’pincha, o’rin, payt hollari keladi: Chindan ham bomba ancha orqaga, o’rmonzorga,borib tushadi. 2. Ajratilgan to’ldiruvchi o’zidan oldin kelgan to’ldiruvchining ma’nosini izohlaydi, unga aniqlik kiritadi. Gapda vositali va vositasiz to’ldiruvchi ham ajratilishi ham mumkin: Men bor joyda senga, chaqimchi bir insonga, nima bor. Eslatma: To’ldiruvchlar tashqari, boshqa, o’rniga, bilan birga, bir qatorda kabi so’zli birikmalar bilan ifodalanganda ajratiladi: Maktabimizda tikish to’garagidan tashqari, musiqa to’garagi ham bor. 3. Ajratilgan aniqlovchilar shaxs yoki narsaning belgisini, kimga yoki nimaga qarashliligini ta’kidlab, ayirib ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Ular ikki xil bo’ladi: a)ajratilgan qaratqich aniqlovchi o’zidan oldingi qaratqich aniqlovchini izohlaydi: Ularning, barcha texnik xodimlarning, maqsadlari aniq. b) ajratilgan sifatlovchi aniqlovchi predmetning belgisini bo’rttirib ko’rsatish maqsadida ajratiladi. Bular, asosan, sifatlovchini sifatlanmishdan keyin keltirish yo’li bilan hosil bo’ladi: Qizlar – go’zal, xushro’y – soy yoqasida chaxchaxlashardi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling