Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet105/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

3-topshiriq: Gaplarda ishtirok etgan uyushiq bo’laklar va umumlashtiruvchi so’zlar orasiga zarur tinish belgilarini qo’ying. Ular qaysi gap bo’lagi ekanligini aniqlang.
1.Najot ikki narsada taqvo bilan niyatdadir. Halokat ham ikki narsada umidsizlik va mag’rurlanishda. 2.Har narsada uch asosga haqiqiy, halol va nafli narsalarga e’tibor berish kerak. 3.Ish bizni uch xil illatdan zerikish qusur va muhtojlikdan xalos etadi. 4.Kelajak bundan buyon ikki xil toifa kishilar aqliy va jismoniy mehnat kishisi qo’lidadir. 5.Insonni butun borliq odamlar, buyum, narsalar, voqea-hodisalar,ammo, eng avvalo va aksar hollarda odamlar tarbiyalaydi. Bular orasida ota-onalar va o’qituvchilar birinchi o’rinda turadi. 6.Insonda hamma narsa yuz ham, kiyim ham, qalb ham, fikr ham go’zal bo’lishi lozim.
4 -topshiriq: Gaplarda ishtirok etgan uyushiq bo’laklar va umumlashtiruvchi so’zlar orasiga zarur tinish belgilarini qo’ying. Ular qaysi gap bo’lagi ekanligini aniqlang.
1.Bu xabarni eshitishi bilan Otabekda ko’riladigan o’zgarishlarni hollarni harakatlarni barchasini birma-bir ko’nglidan kechirar edi. 2.Otabekdagi sukut xayol fikr kabi holatlarni yulib yulqib olib, ular o’rniga chechak donlari ekib, umid suvlari sepmakchi edi. 3.Ammo bu o’zgarishlar uning husnini latofatini bir zarra ham kamitmay, balki o’n qayta oshirg’an edilar. 4.Zol juda nafis ishlangan edi:oltin qandildagi ellilab shamlarning nuri bilan munaqqash devorlarning oltin kumush ko’k-qizil oq-pushti sariq-qora gullari yulduzlardek yashnab, uyga bir xayoliylik berar edi. 5.Majlisning shoirlari o’yinchilari childirma va dutorchilari barchasi ham hozir bo’lib, faqat Kumushbibigina hammomdan qaytmagan edi.

Ajratilgan bo’lakli gaplar O’zidan oldingi gap bo’lagini izohlagan bo’lak ajratilgan bo’lak deyiladi. Gap bo’laklarini ajratish orqali murakkab fikr sodda, ixcham va ta’sirli ifodalanadi. Gapning ajratilgan bo’laklari o’zlari aloqada bo’lgan bo’laklarning ma’nosini izohlab, bo’rttirib, aniqlashtirib yoki ta’kidlab keladi.Ular boshqa bo’laklardan maxsus to’xtam bilan ajralib, gap (mantiqiy) urg’usini oladi. M-n: Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatiga – Roziyani avvalgiday g’zal, shod ko’rish niyatiga – Sattor bir lahzada yetdi. Ajratilgan bo’laklar ishtirok etgan gaplar mazmunan murakkablashadi. Ajratilgan bo’lak doimo o’zi izohlayotgan bo’lakdan keyin keladi: Tursunali akaga, shunday katta olimga, kuyov bo’lish hazil gap emas.Ajratilgan bo’laklar 2 xil tarzda keladi: a)bir bo’lak holida: Bog’chdagi do’stimni- Qodirni ko’rib qoldim. b) birikmali bo’lak holida: Haligina, siz kelmasdan sal oldin, joy-joylariga ketishdi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling