Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Gapda uyushiq bo’laklarning bog’lanishi va ularda tinish belgilarining ishlatilishi


Download 388.95 Kb.
bet104/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Gapda uyushiq bo’laklarning bog’lanishi va ularda tinish belgilarining ishlatilishi. 1.Uyushiq bo’laklar biriktiruv bog’lovchilar va bog’lovchi vazifasidagi bilan yordamida bog’langanda ular ko’pincha takrorlanib keladi:
Adol bilan o’yinchi Sora;

Asal bilan quvnoq Ruxsora.

Izoh.Bunday vaqtda shaxs yoki predmetning guruh-guruh ekanligini bildiradi va guruhlar nuqtali vergul bilan ajratiladi: Bog’imizda qovun, handalak; olma, o’rik, shaftolilar pishib yotibdi.
2.Uyushiq bo’laklar fe’llar bilan ifodalanganda va, hamda, -u, -yu o’zaro almashina oladi, lekin “va”ning o’rnida “bilan”ni qo’yib bo’lmaydi:keldi va ketdi / keldi-yu ketdi/ keldi bilan ketdi deb bo’lmaydi
3.Uyushiq bo’laklar o’zaro sanash ohangi bilan bog’lanib, ularning har birining ma’nosi ta’kidlanganda, har bir bo’lak oxirida ham yuklamasi qo’llaniladi: Sen ham, u ham farishta emas.
4.Yo, yo-yo, yoki bog’lovchilari uyushgan bo’laklardan birini tasdiqlab, ikkinchisini esa inkor etib bog’laydi: Yo kitob, yo ruchka olaman. (kitob olsa, ruchka olmaydi)
5.Ba’zan-ba’zan, goh-goh, dam-dam kabo bog’lovchilar yordamida bog’langanda esa uyushgan bo’laklarning navbatma-navbatligi ifodalanadi: Goh o’ynaydi, goh yig’laydi.
6.Uyushiq bo’laklar ifodalagan ma’no inkor qilinib, ularning har biri ta’kidlab ko’rsatilsa, na-na bog’lovchi vazifasidagi yuklama qo’llanadi: Na men, na sen kafolatini olganmiz.
Uyushiq bo’lakli gaplarda umumlashtiruvchi so’z va ularda tinish belgilarining ishlatilishi. Uyushiq bo’lakli gapda so’zlarni jamlovchi, umumlashtiruvchi so’z bo’lishi mumkin. Umumlashtiruvchi so’z uyushuvchi bo’laklar ma’nosini umumlashtiradi. Ular ham uyushgan bo’laklar uchun berilgan so’roqqa javob bo’ladi. Uyushiq bo’laklar gapning qaysi bo’lagi bo’lsa, umumlashtiruvchi so’z ham ana shu bo’lak hisoblanadi. Uyushiq bo’lak va umumlashtiruvchi ko’pincha bir xil grammatik shaklda bo’ladi. Uyushgan bo’laklar narsa va hodisalarni, belgi-xususiyatlarni alohida-alohida ifodalasa, umumlashtiruvchi so’z ularning hammasini jamlaydi: Umrzoq hamma narsani:konvertni ham, qog’ozni ham ko’rdi.
Uyushgan bo’lak bilan umumlashtiruvchi so’z o’rtasida xususiylik-umumiylik ,jins-tur munosabati mavjud bo’ladi.Uyushgan bo’laklar xususiylikni, jinsni; umumlashtiruvchi so’z esa umumiylikni, turni bildiradi: Eshikdan hamma: bolalar, ayollar,keksalar kirib kelishdi.
Ko’oincha belgilash va bo’lishsizlik lmoshlari, jamlikni va umumiylikni bildiruvchi otlar, fe’llar (otlashgan sifatdosh), so’z birikmasi, kengaygan birikmalar umumlashtiruvchi so’z bo’lib keladi.
Umumlashtirvchi so’z uyushgan bo’lakardan oldinham, keyin ham kelishi mumkin. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so’zdan so’ng ikki nuqta (:) qo’yiladi:Kanalning ikki qirg’og’ida turgan odamlar: erkaklar, ayollar, bolalar shod-xurram edi.
Eslatma: Agar umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa va undan oldin kiritma atnashsa, kiritmadan oldin tire, kiritmadan keyin vergul qo’yiladi: Oppoq soqoli bilan farzandlarini ham, nevaralarini ham, qo’shni o’g’il qizlarni ham – xullas, barchani sizlab gapirardi.
Agar umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan oldin kelsa va undan keyin kiritma qatnashsa, kiritmadan oldin vergul, keyin ikki nuqta ishlatiladi: Yurtimizdagi ko’plab pedaggika institutlari, masalan: Jizzax, Namangan va Guliston institutlari-universitetlarga aylantirildi.
Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa, umumlashtiruvchi so’zdan oldin tire qo’yiladi: Yog’liq qo’y go’shti yaxnasi, qaymoq, non, qora mayiz – hammasi dasturxonda qol tegizilmay turadi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling