Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet100/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

3 -topshiriq: Eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko’ra gaplarni guruhlarga ajratib chiqing.
Uch buyuk tabib
Bir tabib qattiq kasal bo’lib yotib qoldi. Uning shogirdlari yig’ilib ustodlarini davolashga kirishdilar. Kasal ustod ularga;
- Sevimli shogirdlarim, meni davolash uchun behuda zahmat chekmang, tuzalishdan umid uzganman, o’limim yaqin qolganga o’xshaydi. Vafot topganimdan keyin juda qayg’uriboh-voh qilmang, chunki o’rnimga uchta buyuk tabib qoldirib ketaman. Shu uch zo’r tabibning maslahatlariga hammangiz e’tibor bering va boshqalarni ham shunga da’vat qiling, -dedi. Shogirdlardan biri:
- Bizlarning aziz ustodimiz, sizdan keyin qoladigan uchta tabib kimlar? – deb so’radi. Ustod ko’zlarini ochdi, yonidagi shogirdlariga shunday javob berdi:
- Bu uch tabib - poklik, parhez va badantarbiya. Endi uch tabibning qoidalariga bo’ysunish shart. To’liq va to’liqsiz gaplar
Dialogik nutqda fikr ifodalash uchun kerak bo’lgan barcha bo’laklar ishtirok eta bermaydi. So’zlashish jaroayoni doimo ixchamlikka, ortiqcha so’zlardan qutulishga amal qiladi. Shuning uchun so’zlashish jaroyonida oldingi gapdan yoki so’zlashish vaziyatidan bilinib turgan so’zlar ko’pincha ishlatilmaydi. Gaplar o’z bo’laklarining to’la ifodalangani yoki ifodalanmay qolganiga (tushib qolganiga) ko’ra 2 xil bo’ladi: 1. To’liq gaplar 2.To’liqsiz gaplar Biror gap bo’lagining ifodalanmaganligi sezilmaydigan, fikrni ifodalash uchun zarur bo’lgan hamma bo’laklari saqlangan gaplar to’liq gap deyiladi: Yurtimiz kundan-kun go’zallashib bormoqda. Suhbat nutqida, matn ichida qo’llanilib, biror bo’lagi tushirib qoldirilgan va u nutq sharoitidan anglashilib turadigan gaplar to’liqsiz gaplar deyiladi.To’liqsiz gap uchun zaruriy umumiy qoida, qonuniyatlar xos emas. Qaysi bo’lakning qoldirilishi kerakligi va qaysi bo’lakni tushirish mumkinligini faqat nutq sharoiti belgilaydi: - Gulni kimga terding? - Onamga. To’liqsiz gaplar suhbatda, dialogda, badiiy asarlarda ko’proq qo’llaniladi.Ba’zi qo’shma gap bilan ifodalangan xalq maqollaridagi qo’shma gapning bir qismi to’liqsiz gap shaklida bo’ladi: To’ylining to’yi o’tar. To’ysizning kuni. To’liqsiz gaplarda quyidagi gap bo’laklari tushirilishi mumkin: 1.Kesim va unga oid so’zlar: - Senga ular qanday topshiriq berishdi? - Hech qanday. 2.Ega tushib qolishi mumkin: - Xo’sh, shartingiz bormi? - Bor. 3.Ega va kesim tushiriladi: - Dadam qayerda ishlayaptilar? - Bog’da. 4. Ikkinchi darajali bo’laklar tushib qoladi: - Kim muzeyga bormoqchi? - Hammamiz boramiz.
1-topshiriq:Gap juftliklaridagi birinchi gaplarga asoslanib, ikkinchi gaplardagi tushirib qoldirilgan bo’laklarni tiklang.
1.Bir hakimdan:
- Qaysi taom eng xushbo’y va lazzatli? – deb so’rabdilar.
- Qorin och paytda yeyilgan taom, – debdi hakim.
2.Bir kishi tabibga mazasi qochayotganini aytibdi. Tabib:
- Bugun numa yeganding? – deb so’radi.
- Uch botmon yarmi kuyuk go’ja, - debdi bemor.
Tabib unga:

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling